Maxsus bo'lim > Turk tili va adabiyoti

Turkiya haqida savollar bo'lsa marhamat!

(1/75) > >>

Ansora:



A.alaykum aziz forumdoshlar. Forumdosh ukalarimizdan İbrohimjon bu mavzuni ochilishiga sabab bo'ldilar. U kishiga rahmat:)
Bu mavzuda Turkiya bilan bog'liq butun qiziqqan sohangiz (shaharlari, o'qishlari, ovqatlari, kutubxonalari vhk) haqida savol berishingiz mumkin.
Men ham qo'limdan kelganicha sizlarga javob berishga harakat qilaman inshalloh. Bir Davlatning butun sohalari haqida birma-bir ma'lumot berish qiyin bo'lganligi uchun ham savollar orqali ma'lumot berib borish osonroq bo'ladi, deb o'yladim. Balki vaqti bilan alohida mavzular ochilar, hayirlisi Allohdan.




Shoxjahon12:

Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

Ansora:

--- Iqtibos: Shoxjahon12  20 May 2010, 12:12:20 ---
Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

--- End quote ---

Turk Lirasi o'tgan yili adashmasam, 6 dona nollni tashladi, shuning uchun bundan keyin faqat 1 Turk lirasi, bo'lib qoldi.

Eski 1 million, yangi 1 liraga- ancha narsa olsa bo'ladi, asosiysi 2 dona non beradi : )

muhibb:
1. Turkiya aholisning necha foizini "toza" turklar tashkil qilishadi?
Kurdlarning ulushi qancha?

2. Kuzatsam, chet eldagi turklar bir-biri bilan tanishayotib, "hangi memleketdensiniz?" (ya'ni bizdagi qaysi viloyatdansan?) deb so'rashadi. Turklarda bizdagi kabi mahalliychilik kuchlimi?

3. Turkiya krizisdan chiqib keta oldimi?

muhibb:

--- Iqtibos: Kapalak  20 May 2010, 12:14:30 ---
--- Iqtibos: Shoxjahon12  20 May 2010, 12:12:20 ---
Turkiyada 1 million liraga nimalar xarid qilsa bo'ladi? (Turk seriallarida ko'rib qolamiz: 100 million, 200 million deyishadi. Shunga qiziqdim-da)

--- End quote ---

Turk Lirasi o'tgan yili adashmasam, 6 dona nollni tashladi, shuning uchun bundan keyin faqat 1 Turk lirasi, bo'lib qoldi.

Eski 1 million, yangi 1 liraga- ancha narsa olsa bo'ladi, asosiysi 2 dona non beradi : )

--- End quote ---

o'rinsiz tiqilganim uchun uzr.

nollar olinganiga kamida 3 yildan oshdi shekilli?
Chunki 3 yil oldin turklar bizga "sizlar ham nollarni olib tashlasangiz bo'lardi...." deyishardi. :)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version