Savob istab...  ( 33462 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


maknuna  29 Iyul 2006, 05:13:47

Dildor Rustamova:
Bismillohir Rahmonir Rahiym.

 (Alloh bilguvchiroqdir, xato qilgan bo’lsak o’zing mag’firat qilgaysan) Al Faqix Abu Lays  As Samarqandiy kitoblaridan olindi.

Butun olamlar xojasi, yakkayu yagona, ulug’ Alloh taologa hamdu sano bo’lsin! Bizni shu kunga, shu ne’matlarga  yetkazgan barokotli va buyuk zotga hamd bo’lsin. Qiyomat kuni mo’min bandalarini  o’z rahmati soyasiga olguchi va ostlaridan daryolari oqib turguchi jannatini nasib etguch bo’lgan Allohni zikr (hamisha yodda tutishni va hamd aytishni )etishni Parvardigor qalbimizga bog’lab qo’ysin.

Anas ibn Molik(raziyollohu anhumo) Payg’ambardan(s.a.v.) rivoyat qiladilar: Payg’ambarimiz aytdilar: "Allohni zikr qilish imonni alomati  va nifoqdan ozod bo’lish, shaytondan qo’rg’on va do’zahdan to’suvchidir"

Taqvodor shunday zotki , u ham Allohdan qo’rqadi, ham gunohlaridan qo’rqadi.
Molik ibn Dinor(r.a) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo’rqinch va umid alomatini bilsa , u ishonchli ishni ushlabdi.Qo’rqinch alomati-Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. Umid etish alomati-Alloh taolo buyurganlarini qilish " Aytilishicha , xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati-amalingizningAllohni rozi qiladigan bo’lishi, qo’rqinch alomati_Alloh man qilgan narsalardan qaytishingizdir.

Qayd etilgan


maknuna  29 Iyul 2006, 05:14:06

"œLa-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati

Faqih Abu Lays Samarqandiy(Aloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abdulloh ibn Amr ibn Osdan(r.a) rivoyat qilinishicha, Payg’ambar (s.a.v.) aytadilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So’ngra to’qson to’qqizta metin daftari chiqariladi.Har daftarning uzunligi ko’z nuri yetgunchadir.Unda xatolari, gunohlari yozilgan bo’ladi.Ular tarozining bir pallasiga qo’yiladi, so’ng barmoqning uchidek bir varaq chiqariladi.Unda shahodat kalimasi-"œla-a ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluh" yozilga bo’ladi. Uni tarozining ikinchi pallasiga qo’yiladi va u xatolardan og’ir keladi"

Qayd etilgan


maknuna  29 Iyul 2006, 05:14:16

Anas ibn Molik(r.a) aytadilar:
Payg’ambar(s.a.v) huzurlariga Jabroil(a.s) kelib:"Yer boshqa yerga, osmonlar (o’zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda(barcha odamlar) yolg’iz va qudratli Allohga ro’baro’ bo’ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" oyatini tilovat qildi.

Payg’ambar(s.a.v.) aytdilar:"Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo’ladilar?".Jabroil aytdi:"Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo’ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar.

Har bir farishta:"Ey Alloh, faqat o’zimizning nafsimizni Sendan so’raymiz(qiyomatning qo’rqinchi farishtalarning ham faqat o’zlarining qayg’ulari bilan band qilib qo’yarkan".Tog’lar esa titilgan jundek bo’lib,jahannamning qo’rqinchidan osmaonda uchib yuradi. So’ngra jahannam keltiriladi.U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, ahr bir arqonda yetmish mingta farishta bo’ladi, keyin Alloh oldida to’xtaydi.

Alloh taolo:"Ey jahannam, gapir",deydi.Jahannam aytadi:"La-a ilaha illalloh,Sening izzating va pokliginggaqasamki,bugun sen berga rizqni yeb,boshqaga ibodat qilgan kishidan,albatta , o’ch olaman.Mening xuzurimdan faqat o’tish huquqi bo’lgan kishilgina o’tadi".Payg’ambar(s.a.v.):"Ey Jabroil,qiyomat kunidagi o’tish nima?"dedilar.

Jabroil(a.s):"Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib , guvohlik bergan bo’lsa,jahannam ko’prigidan o’tadi,"dedi.Payg’ambar(s.a.v.)aytdilar:"Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasibilan ilhomlantirganZotga hamdu sano bo’lsin""

Qayd etilgan


maknuna  29 Iyul 2006, 05:14:24

Ey birodar,qarang,o’lim kelmasidan oldin ishalringizni isloh qilib oling.Chunki siz qachon o’lim kelishini bilmaysiz.Bilingki,umr ozgina,hasrat esa uzoqdir.Sizga la-a ilaha illalloh so’zini ko’paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim.Shukr ulug’ ne’mat uchundir.Chunki ne’mat shukr bilan boqiy.

Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir"

Qayd etilgan


maknuna  29 Iyul 2006, 05:14:33

Bir sahobiydan rivoyat qilaindi:"Kim ixlos bilan(butun vujudibilan) la-a ilaha illalloh desa,ulug’lab ovozini ko’tarsa,Alloh uning to’rt mingta katta gunohini kafforat qiladi"Aytildiki:"Agar unda 4000 ta gunoh bo’lmasachi?",deb.Aytdilar:"Unda ahli(oilasi) va qo’shnilarining gunohlari kechiriladi"

Ey,birodar, Allohni zikr qilish qalbdan shaytonni ketkazadi, qalbni iymonga—islomga yumshoq qilib, uni xotirjam qiladi,keling shuning uchun kuni tun xech bo’lmasa La-a ilaha illalloh kalimasini aytib yuraylik.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:31:37

Rasulloh salolohu alayhi vasallam namozdan so’ng:
"œAstag’furilloh" deb orqasidan :
"œAlohumma antas salam va minkas salam tabaroka ya zal jalali val ikrom"
Ma’nosi:
Allohim Salom Sensan va salom sendandir. Ey ulug’ va hurmatli zot, Sen barokatlisan" deb aytar edilar.
So’ngra:
"œSubhanollohi valhamdilullohi va la ilaha ilollohu vallohu akbar va la havla va la quvvata illa billahil Alliyil Aziym" deb so’ngra 33 martadan Subhanolloh , Alhamdilulloh va Allohu Akbar deganimizdan so’ng:
"œLa ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah lahul mulku lahul va lahul hamdu va huva a’la kulli sha’in qodiyr"
Ma’nosi:
Allohdan boshqa iloh yo’q.Uning jufti va sherigi yo’q. Mulk unikidir. Hamd unga hos. U har narsaga qodirdir"
Shunda 33martadan zikr qilinganda 33*3=99 va shu duo bilan 100 bo’lib . Har bir namozdan so’ng ushbu amalni qilgan inson oladigan savob haqida Rasulloh salolohu alayhi vasallam hazratlari :"Ey Abu Zarr, har namozdan so’ng 33marta Subhanolloh, Alhamdilulloh va Allohu Akbar deb zikr qilib , orqasidan La ilaha ilollohu duosini o’qisang, gunohlaring dengizning ko’pigi qadar ko’p bo’lsa ham Alloh avf etadi(InshaAlloh)"

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:31:46

Kim bomdod va shom namozlaridan keyin o’rnidan turmasdan 10 marta :
"œLa ilaha ilollohu vahdahu la shariyka lah lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr"
Ma’nosi:
"œBir va sherigi bo’lmagan Allohdan boshqa iloh yo’q. Mulk Unikidir. Hamd Unga hosdir. Tiriltirguvcha va o’ldirguchi Udir. U har narsaga qodirdir"
Desa Alloh unga 10ta savob yozadi, 10ta gunohini o’chiradi, 10marotaba darajasini yuksaltiradi. Butun kun davomida o’zi xohlamagan barcha narsalardan yiroq bo’ladi. Shayton ham unga yaqinlasha olmaydi. Shu kuni xech qanday gunoh qilmaydi. Allohga sherik qo’shish bundan mustasno"(Termiziy)

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:31:57

1/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kalima borki, ular tilga yengil, tarozida og’ir va Rahmonga mahbubdir. Ular:  «Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil ‘aziym», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohni hamd aytish va ulug’lash bilan poklayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari

2/2. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh menga: «Alloh taologa eng mahbub bo’lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi «Subhanallohi va bihamdihi», deb aytishingdir», dedilar».
Boshqa rivoyatda aytiladi: «Rasulullohdan: «Qaysi kalom afzal?» deb so’rashdi. U zot: «Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan «Subhanallohi va bihamdihi», kalimasidir», dedilar», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari

3/3. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa kalomlarning eng yaxshisi to’rttadir: «Subhanallohi, valhamdu lillahi, va la ilaha illallohu, vallohu akbar». Ularning qaysi biridan boshlasang, zarari yo’q», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:32:07

4/4. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdu lillah» kalimasi tarozini to’ldiradi. 
«Subhanallohi valhamdu lillahi» yer bilan osmonni to’ldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

5/5. Ummul mo’miniyn Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o’qiydigan xonasida edi. So’ngra zuho namozini o’qib bo’lib qaytib kelsalar, Juvayriya onamiz hali ham o’tirgan edilar. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda o’tiribsanmi?» deb so’radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdilar. «Men sendan keyin to’rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o’lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og’ir keladi, — dedilar Rasululloh. — Ular: «Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi». (Ma’nosi: Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo’lgunicha, arshning vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman.) Imom Muslim rivoyatlari

Boshqa bir rivoyatda:
«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. (Ma’nosi: Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo’lguncha Allohni poklayman, arshning og’irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni poklayman.)

"Al-Azkor"dan

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:32:23

6/6. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadislarning lafzi quyidagicha:
«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi».

7/7. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha  illallohu vallohu  akbar», deyishim men uchun quyosh chiqib, nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari

8/8. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to’rt kishini ozod qilgandek bo’ladi», dedilar». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q, U yolg’iz, Uning sherigi ham yo’q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan