Savob istab...  ( 32996 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:06:57

Bismillahir rohmanir rohiym.

Duo ham bir ibodat bo'lib, u inson bilan Allohning orasini bog'laydi. Inson o'z hayotidagi hodisalar va mushkulliklar oldida ojiz qolib, duoga qo'l ochadi va shu orqali Allohga iltijo qilib, Undan madad so'raydi. Bu bilan Alloh huzurida bandalikni, qullikni bo'yniga oladi. Duo qilmoqlikni, Allohning zikr etmoqlikni fazilatlari haqida Alloh taolo Qur'oni Karimning "Baqara"surasining, 152-oyatida shunday marhamat qiladi:
"Fazkuruniy azkurkum vashkuruliy vala takfurun".
Ma'nosi:"Bas Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Meni inkor qilmangiz!"
Yana bir oyati karimada Alloh taolo shunday amr qiladi:
"Vad'uhu xovfav vatoma'an inna rohmatallohi qoriybun minal muhsinin".
Ma'nosi:"Qo'rquv va umid ila Robbingizga duo qiling. Shubhasiz muhsinlarga Allohning rahmati yaqindir".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:16:42

Rasululloh s.a.v.dan duo qilishning fazilatlari va qoidalari haqida vorid bo'lgan hadisi sharidlar.
"Albatta Alloh taolo sahiy va hayo egasidir. U O'zi uchun ko'taribduo qilib turgan kishini umidsiz, qup-quruq qaytarmoqlikdan hayo qiladi".

"Alloh taolo duolarimni qabul etadi, deb ishingan holingizda duo qiling, chunki Alloh taolo g'ofil va mashg;ul qalbning duolarini qabul qilmaydi".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:20:59

"Kimniki g'am tahsvish, mashaqqt paytida duosi Alloh taolo tarafidan ijobat qilinmog'i hursand qilsa, farovonlik va hushbaht holida duolarni ko'paytirsin".

"Muhammad s.a.v. va uning ahli baytiga salovot aytilmaguncha duo Allohdan to'silgan bo'ladi".

"Kaftlaringizni ichini qilib duo qiling, ustini qilib duo qilmang va duodan forig'bo'l;sangiz qo'llaringiz yuzga surting".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:27:37

Salovot.

"Ey Rabbim, Sayyidimiz Muhammad s.a.v.ga va sayyidimizning ahli baytlariga duo-yu salovatlar yuborgil-ki, u salovot sababidan bizga barcha qo'rquv va ofatlardan najot bergaysan. Hamma hojatlarimizni ravo qilgaysan, bizni jamiki yomonliklardan poklagaysan, shu salovottufayli bizlarni oliy darajaga ko'targaysan, u sababli bizga hyotda ham, o'limdan keyin ham barcha yahshiliklarni bergaysan".
Ushbu salovot odatda, bomdod namozidan keyin o'qiladi, shuningdek boshga biror kulfat tashvish tushganida ko'p marta o'qish mumkin.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:32:04

Salovotdan keyin va hamma holatlarda o'qiladigan duo.
"Robbana atina fid-dunya hasanatav va fil ohirati hasanatav va qina azaban nar".

Ma'nosi:"Allohim, bizga bu dunyoda ham, ohiratda ham yahshilik ato qilgin va bizni do'zax azobidan asragin".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:37:04

Jamiki duolarni qamragan duo.

"Allohim, men Sendan Rasulimiz Muhammad s.a.v. tilagan narsalarni hayrini so'rayman. Va u zot panoh tilagan narsalarning yomonligidan Senga sig'inaman. Yordam yolg'iz Sendan kutiladi. Bu dunyodsa ham, ohiratda ham, tilagan narsaga yetishtiruvcha faqat O'zingsan. Kuch-quvvat faqat Sening yordaming bilandir".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:41:51

Uyquga yotayotgan o'qiladigan duo.

"Allohim, faqat Sening isming hurmati ila bu dunyo va ohiratda salomatli va ofiyat tilayman".

Uyqudan turganda o'qiladigan duo.

"Meni uyquga ketkazib, yana turgizgan Alloh taologa hamdu sano bo'lsin. Uning huzuriga borishlik haqdir".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:47:20

Uyga kirayotganda o'qiladigan duo.

"Allohim, Sendan kirishning ham, chiqishning ham yahshiusini so'rayman. Allohning simi bilan kirdik. Allohning simi bilan chiqdik.Rabbimiz Allohga tavakkul qildik".

Uydan chiqayotgan o'qiladigan duo.

Alloh nomi bilan. Allohga tavakkul qildim.Allohim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va toyiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko'rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so'rayman".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 08:51:14

Masjidga kirganda o'qiladigan duo.

"Allohim, gunohlarimni kecghirgil va rahmat-marhamat eshiklarni ochgil".

Qabristonga borganda o'qiladigan duo.

Ey qabrda yotgan mo'minlar-musulmonlar, sizlarga Alloh taoloning rahmati-salomi sizlarga bo'lsin! Inshaalloh, albatta biz ham sizlarning ortingizdan boramiz. O'zimiz va sizlar uchun Allohdan mag'firat so'raymiz".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:22:44

Tahorathonaga kirganda o'qiladigan duo.

"Quvilgan shaytonning yovuzligidan Allohning panohiga qochaman.Ey, Rabbim, ifloslik va jinlardan O'zing saqlagin".

Biror ishni boshlaganda o'qiladigan duo.

"Ey, Rabbim, bu ishni O'zing uchun hayrli qil!Va bir lahza ham o'zimga tashlab qo'yma".

Qayd etilgan