Jamiyat va inson > Tibbiy kutubxona

ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI

(1/7) > >>

JaviK:
ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI

Odam organizmining tuzilishi, uning rivojlanish jarayonini o‘rgana-digan fan anatomiya, odam organizmi a’zolarining yakka holdagi va bir butun tizim ko‘rinishidagi faoliyatlarini o‘rganadigan fan fiziologiya deyiladi.
Odam organizmi turli funksiyalarni bajaradigan a’zolar tizimidan tashkil topgan. Bularga harakat a’zolari, muskullar, qon, qon va limfa tomirlari, hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish, jinsiy, nerv tizimi a’zolari va ichki sekretsiya bezlari kiradi.

JaviK:
TAYANCH-HARAKAT TIZIMI
Harakat a’zolari tizimining asosini suyaklar, bo‘g‘imlar va paylar tashkil qiladi.
Odam organizmida 200 dan ortiq suyak bo‘lib, ularning jami odam vaznining 8,5 % ni tashkil qiladi. Suyaklar egiluvchan organik modda — osseindan hamda qattiq va mo‘rt anorganik modda — ohakdan tashkil topgan.
Suyaklarning yengil va mustahkamligi faqat ularning tarkibiga qarab emas, balki suyak tanasining qurilish strukturasi bilan ham belgilanadi. Suyaklarning tashqi qavati zich qattiq moddadan, ichki qavati esa bir-biri bilan to‘r shaklida kesishgan g‘ovak plastinkalardan iborat.
Suyaklar ichida suyak ko‘migi deb ataladigan to‘qima joylashgan bo‘lib, unda qizil qon (eritrotsitlar) va oq qon tanachalari (leykotsitlar) ishlab chiqariladi. Suyakning sirtqi yuzasi suyak ustki pardasi bilan qoplangan. Suyak ustki pardasidan suyaklarga nerv va qon tomirlari o‘tadi, ya’ni bu suyak ustki pardasining ichki qavatini tashkil qiladi, tashqi qavatini esa fibroz tolali to‘qima hosil qiladi. Suyak ustki pardasining ichki qavati suyak hosil bo‘lishida, o‘sishi va rivojlanishida, singan suyaklar bitishida ishtirok etadi.

JaviK:
Suyaklar o‘zaro uzluksiz (harakatsiz) va bo‘g‘imlar (harakatchan) ko‘rinishida birikishi mumkin. Uzluksiz birlashgan suyaklarga misol qilib bosh suyagini biriktiruvchi to‘qimalar va umurtqalarning tog‘aylar orqali birikishini olish mumkin. Uzluksiz ravishda qo‘shilgan suyaklar qimir-lamaydi yoki harakati juda chegaralangan bo‘ladi. Binobarin, bu birik-malarni bo‘g‘im deb atab bo‘lmaydi. Harakatchan birikmalar (bo‘g‘imlar) esa butunlay boshqacha tuzilgan va o‘zgacha xususiyatga ega. Ularga tos va dumg‘aza bo‘g‘imi kabi kam harakatlanadigan hamda yelka, tirsak, tizza singari harakatchan bo‘g‘imlar kiradi.
Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, bo‘g‘im hosil qiluvchi uchlari va ular o‘rtasidagi bo‘shliqning atrofi bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. Har qaysi bo‘g‘im sirtidan (ba’zilari ichidan) zich biriktiruvchi to‘qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustahkamlan-gan. Bo‘g‘im xaltasining ichki qavati yog‘lovchi suyuqlik ishlab chiqa-radigan maxsus qobiqdan tashkil topgan va bu suyuqlik bo‘g‘imlardagi harakatni yengillashtirib beradi.

JaviK:
Bosh suyaklari

Bosh suyagi miya va yuz suyaklariga bo‘linadi.
Boshning miya suyaklariga: peshona, 2 ta chakka, 2 ta tepa, ensa, ponasimon yoki asos, g‘alvir suyaklari kiradi. Ensa suyagida katta teshik bo‘lib, bu teshik orqali bosh miya umurtqa pog‘onasi kanali bilan bog‘lanib turadi. Chakka suyagi tashqi yonboshida joylashgan chakka chuquri orqali pastki jag‘ bilan birlashib turadi, ya’ni bu birlashma boshning birdan-bir harakatdagi bo‘g‘imi hisoblanadi.
Boshning yuz suyaklariga: 2 ta yuqori jag‘, 2 ta tanglay, 2 ta yonoq, 2 ta burun, 2 ta yosh, 2 ta burun chig‘anog‘i, dimoq, pastki jag‘ va tilosti suyaklari kiradi.
Pastki jag‘dan tashqari, barcha bosh suyaklari choklar orqali birikkan. Chakka suyaklarida eshitish va muvozanatni boshqaruvchi a’zolar joy-lashgan. Bosh suyagining yuz qismidan boshlanadigan mimika muskul-larining bir uchi suyakka, ikkinchi uchi esa teriga yopishgan bo‘lib, shu muskullar yordamida inson yuzida quvonch, g‘am, jahl, qo‘rquv ifodalari aks etadi.
G’alvirsimon, peshona, asos va chakka suyaklaridagi kovaklar (bo‘shliqlar) ichida havo bo‘ladi.
Peshona, asos va g‘alvirsimon suyaklar ichidagi bo‘shliqlar burun havo yo‘liga, chakka suyagidagi bo‘shliq esa o‘rta quloq bilan tutashgan.

JaviK:
Umurtqa pog‘onasi
Umurtqa pog‘onasi odam skeletining asosiy o‘qi hisoblanadi. Umurtqa pog‘onasining tepa qismi bosh suyaklari bilan, yon tomoni ko‘krak qovurg‘alari bilan, pastki qismi esa tos suyaklari orqali oyoq suyaklari bilan tutashgan.
Umurtqa pog‘onasi 33 yoki 34 ta umurtqa suyaklaridan iborat bo‘lib, shundan 7 tasi bo‘yin, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 4—5 tasi dum umurtqalaridan tashkil topgan.
Har bir umurtqa — tana, yoy va o‘tkir orqa o‘simtalardan iborat. Umurtqa tanasi qisqa yoylar yordamida aylana teshik hosil qiladi va umurtqalar ustma-ust jipslashib, birgalikda orqa miya joylashgan kanalni hosil qiladi.
Umurtqa suyaklari bir-biri bilan tolali tog‘ay orqali birikkan bo‘lib, yugurganda, yiqilganda, sakraganda zarbalar kuchining pasayishiga yordam beradi. Bundan tashqari, umurtqa pog‘onasi oldinga, orqaga, yon tomonga egilishda va tananing o‘z o‘qi atrofida aylanishida yordam beradi.
Beshta dumg‘aza umurtqalari bir-biri bilan jips birikib, yaxlit dumg‘aza suyagini tashkil qiladi. Dumg‘aza suyagi tos suyagi bilan birikib, tosning orqa qismini hosil qiladi. Dumg‘aza suyagining pastki qismiga 4—5 ta dum umurtqalari birikkan bo‘ladi.[/i][/color]

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version