ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI  ( 165155 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


JaviK  16 Iyun 2010, 10:50:57

Mayda bronxlar, alveolalar, qon tomirlari va atrofdagi to‘qimalar
birgalikda nafas tizimini tashkil qiladi.  O‘pkalar ko‘krak qafasining katta qismini egallab, ularni plevra varaqlari o‘rab turadi. Plevra ikki varaqdan iborat. Uning tashqi (pariyetal) varag‘i ko‘krak qafasining ichki devoriga yopishsa, ichki (visseral) varag‘i
bevosita o‘pkalar yuzasiga yopishgan bo‘ladi. Natijada ichki va tashqi plevra o‘zaro bir-biriga yopishmay erkin sirpanadi. Bu esa nafas olish va chiqarish harakatlarini osonlashtiradi. O‘pkaning kengayishi (nafas olish) va torayishi (nafas chiqarish) diafragma va qovurg‘alararo muskullar ishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Nafas olganda diafragma pastga tushadi, qovurg‘alararo muskullar bo‘shashib, ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ining hajmi ortadi. Nafas chiqarganda esa diafragma tepaga gumbazsimon bo‘rtib, qovurg‘alararo muskullar qisqarib, o‘pka ichidagi havo tashqariga siqib chiqariladi. Natijada karbonat angidrid tashqi muhitga chiqariladi.  Odam tinch turganda bir minut davomida 16—20 marta nafas olib, nafas chiqaradi. Nafas olish va chiqarishni uzunchoq miyada joylashgan nafas olish markazi boshqarib turadi.
 

Qayd etilgan


JaviK  16 Iyun 2010, 11:04:43

QON TOMIRLAR TIZIMI

Qon — qon tomirlar ichidagi suyuqlik bo‘lib, hujayra va to‘qimalarga barcha hayotiy zarur moddalarni, shu bilan birga, to‘qimalardan ajralib chiqadigan keraksiz (chiqindi) moddalarni ayiruv organlariga yetkazib
beradi. Qon odam tanasi umumiy og‘irligining 1/13 qismini tashkil qiladi, ya’ni 70 kg og‘irlikdagi odamda 5 l ga yaqin qon bo‘ladi.  Qon tarkibidagi qizil qon tanachalari — eritrotsitlar qizil suyak
ko‘migida ishlab chiqariladi. Qon tarkibining yana bir muhim elementi leykotsitlar bo‘lib, ular organizmga tushgan kasal chaqiruvchi mikroblarni zararsizlantiruvchi, himoya vositasi sanaladi. Leykotsitlar organizm
immuniteti shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi.  Eritrotsitlar tarkibida gemoglobin oqsili bo‘lib, qonga qizil rang berib
turadi. Gemoglobinning asosiy vazifasi to‘qimalarga kislorod yetkazib berish va to‘qimalardagi karbonat angidridni o‘pkaga olib kelishdir. Normada 13 mm  qonda 4,5 — 5 mln eritrotsit bo‘ladi.  Oq qon tanachalari yoki leykotsitlar suyak ko‘migida, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo‘ladi. Leykotsitlar organizmga tushgan
mikroblarni hazm qilib, parchalash yo‘li bilan himoyani ta’minlaydi. 



Qayd etilgan


JaviK  23 Iyun 2010, 16:54:32

Yurak


Yurak — muskuldan iborat a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasining chap tomonidagi 2—5-qovurg‘alar orasida, yurak xaltasi (perikard) ichida joylashgan (2-rasm). Yurak uch qavatdan tashkil topgan:
1) ichki qavat — endokard;
2) o‘rta qavat — muskullardan iborat bo‘lgan miokard;
3) tashqi qavat — epikard. 
Yurak o‘ng va chap qismga bo‘linadi va to‘rtta kameradan iborat. Yurakning o‘ng qismi yuqorisida o‘ng bo‘lmacha, pastda esa o‘ng qorincha, chap qismi yuqorisida chap bo‘lmacha, pastda esa chap qorincha joylashgan. O‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorinchalar orasida uch tabaqali, chap bo‘lmacha va chap qorincha orasida esa ikki tabaqali klapan joylashgan.  Chap qorinchadan boshlanadigan tomir aorta deb ataladi. O‘ng qorinchadan boshlanadigan tomir o‘pka arteriyasi deb ataladi. Chap bo‘lmachaga o‘pka venalari, o‘ng bo‘lmachaga esa kovak venalar qon olib
keladi.  Yurak qisqarishi natijasida yirik arteriyalarda harakatlanayotgan qon tomir devorlariga kuchli zarb bilan urilib, uni to‘lqinsimon tebratib, tomir urishi, ya’ni pulsni yuzaga keltiradi. Yirik arteriyalar barmoq bilan ushlab
ko‘rilganda puls zarblarini sezish mumkin. Puls zarblari yurak qisqarishi soniga to‘g‘ri keladi. 
Vena tomirlari ichida klapanlar joylashgan bo‘lib, ular qonning orqaga qarab oqishiga to‘sqinlik qiladi. Venalar butun organizmdagi qonni yig‘ib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga olib keladi.  Odam organizmida ikkita — katta va kichik qon aylanish doirasi bo‘ladi. 

Qayd etilgan


JaviK  23 Iyun 2010, 17:09:40

Katta qon aylanish doirasi.


Kislorodga to‘yingan qon yurakning chap qorinchasidan boshlanib, arteriya va arteriolalarga bo‘linadi. Arteriolalar,
o‘z navbatida, to‘qimalarda kapillar to‘rlarni hosil qiladi va ular uchun kerakli bo‘lgan kislorod va boshqa oziq moddalarni berib, to‘qimalarda moddalar almashinuvi mahsuloti bo‘lgan karbonat angdrid (CO2)ni yig‘ib
venoz qonga aylanadi va vena tomirlari orqali o‘tib, yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi.  

Kichik qon aylanish doirasi.

Karbonat angdridga to‘yingan venoz qon yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi ko‘rinishida boshlanib,
o‘pka orqali o‘tadi. O‘pkada venoz qon tarkibidagi karbonat angdridni chiqarib, kislorod bilan to‘yinadi. Natijada venoz qon arterial qonga aylanadi va o‘pka venalariga yig‘ilib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi.
Demak o‘pka arteriyalarida oqayotgan qon venoz qon bo‘lsa, o‘pka venalarida oqayotgan qon esa arterial qondir. 
Odam organizmidagi yirik qon tomirlarini bilish har bir inson uchun zarur, chunki bu qon ketishi vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun juda muhimdir. 
Aorta chap qorinchadan boshlanadi. So‘ng yuqoriga ko‘tariladi. Keyin esa pastga qayrilib aorta ravog‘ini hosil qiladi. Aorta ravog‘idan tananing yuqori qismlarini bosh, tana, qo‘llarni qon bilan ta’minlaydigan
arteriyalar boshlanadi.  Aorta ravog‘ining o‘ng tomonidan o‘ng yelka — bosh (nomsiz) tarmog‘i chiqadi va undan, o‘z navbatida, o‘ng umumiy uyqu va o‘ng o‘mrov osti arteriyalari ajraladi. O‘ng umumiy uyqu arteriyasi bosh
sohasiga qon olib boradi. O‘ng o‘mrovosti arteriyasi — o‘mrov suyagi va birinchi qovurg‘a orasidan o‘tib (shu yerda uni bosib qon to‘xtatish mumkin) o‘ng qo‘lga boradi.  O‘mrovosti arteriyasi qo‘ltiqosti chuqurchasiga o‘tganda qo‘ltiqosti arteriyasi nomi bilan yuritiladi. Qo‘ltiqosti arteriyasini yelka suyagi boshchasiga bosib qon oqishini to‘xtatish mumkin. Qo‘ltiqosti arteriyasining davomi yelka arteriyasi bo‘lib, uni yelka ichki sohasida
paypaslab bilsa bo‘ladi. Yelka arteriyasi tirsak bo‘g‘imi sohasida tirsak va bilak arteriyalariga bo‘linadi. Bilak arteriyasidan pulsni aniqlashda foydalaniladi.  Aorta qon tomirining pastga qayrilgan joyidan qorin bo‘shlig‘igacha
qismi ko‘krak aortasi deyiladi, u diafragmani teshib o‘tgandan so‘ng qorin aortasi nomi bilan yuritiladi. Qorin aortasini kindik sohasida paypaslab aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘iga qon ketish vaqtida uni umurtqa
pog‘onasiga taqab bosib qon ketishini kamaytirish mumkin. Qorin aortasidan qorin bo‘shlig‘i a’zolariga qon olib boruvchi asosiy tarmoq -qorin arterial o‘zani boshladi. U uchga bo‘linadi. Ulardan biri jigar umumiy arteriyasi, ikkinchisi taloq arteriyasi, uchinchisi esa oshqozon chap arteriyasidir.  Vena qon tomirlari har bir arteriya yonida bo‘lib, shu arteriya bilan parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Bosh, qo‘l va tananing yuqori sohalaridan
yig‘ilgan qon yuqori kovak venaga kelib quyiladi. Tananing pastki sohalaridan: oyoqlardan, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan yig‘ilgan qon pastki kovak venaga quyiladi. Yuqori va pastki kovak venalar o‘zidagi venoz
qonni yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyadi.
 [/b]

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:25:01

LIMFA TIZIMI


Limfa tizimi — limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa tugunlari limfa tomirlari bo‘ylab joylashgan. Limfa tomirlarida limfa suyuqligi oqadi. U o‘zida ko‘plab limfotsit va monotsitlar saqlaydi. Eng yirik limfa tugunlari qo‘ltiq ostida, chov (qov) sohasida, pastki jag‘ ostida, bo‘yinda joylashgan. Limfa tizimi elementlari organizmning muhim himoya omili bo‘lib xizmat qiladi. 

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:26:22

Taloq


Taloq chap biqinda, qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, 9—11-qovurg‘alar sohasiga to‘g‘ri keladi. Taloq bajaradigan vazifasiga ko‘ra, ko‘proq limfa bezlari va ko‘mikka o‘xshaydi. Taloq limfotsit va monotsitlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq o‘zi orqali o‘tayotgan qon tarkibidagi zararli mikroblarni ushlab qoladi, ya’ni o‘ziga xos filtr vazifasini ham bajaradi va shu yo‘l bilan organizmni himoya
qilishda qatnashadi. Taloqda umri tugagan qon elementlari (eritrotsitlar) parchalanadi. Ayrim yuqumli kasalliklar (qorin tifi, bezgak va boshqalar)da taloq kattalashadi. Bu uning faoliyati kuchayganligi, ya’ni limfotsitlar ko‘p hosil bo‘layotganligidan dalolat beradi. Jarrohlik yo‘li bilan taloq olib tashlansa, uning vazifasini suyak ko‘migi, jigar, limfa bezlari bajaradi. 

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:28:43

ASAB TIZIMI


Asab tizimi ikki, ya’ni markaziy va periferik qismga bo‘linadi. Markaziy asab tizimiga bosh miya va orqa miya kiradi. Periferik asab tizimiga esa bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari kiradi. Nerv
tolalari butun organizm bo‘ylab tarqalgan.  Asab tizimi tashqi ta’sirlarni qabul qiladi va unga javob qilishda ishtirok etadi. Nerv tolalari markazga intiluvchi (ta’sirni qabul qiluvchi) va markazdan qochuvchi (ta’sirga javob beruvchi) qismdan iborat.  Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 45 sm. Uzunchoq miya bilan tutashgan orqa miyaning pastki qismi
konussimon shaklda tugaydi. U ham bosh miya kabi uchta parda bilan o‘ralgan. 
Orqa miyadan 31 juft orqa miya periferik nerv tolalari chiqadi. Bular quyidagilar: 8 juft bo‘yin, 12 juft ko‘krak, 5 juft bel, 5 juft dumg‘aza va 1 juft dum nervlaridir.  Umurtqalararo teshikdan chiqqan orqa miya nerv tolalarining oldingi va orqa shoxchalari bir-biriga qo‘shilib, nerv tugunlari (yon shoxlar)ni
hosil qiladi. 

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:29:45

Orqa miya nerv tolalari bir-biri bilan qo‘shilib, quyidagi nerv tutamlarini hosil qiladi: bo‘yin, yelka, bel, dumg‘aza tutamlari.  Orqa miya ko‘ndalang kesimida uning «N» harfini eslatuvchi kulrang
va oq moddadan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Uning oldingi shoxlaridan harakatlantiruvchi, orqa shoxlaridan esa sezuvchi nervlar chiqadi.  Asab tizimi inson organizmi bilan uni o‘rab turgan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Markaziy asab tizimi tashqi ta’sirlar, hayotiy ko‘nikmalarni o‘zida qayta ishlaydi, ularni tahlil qilib, javob reaksiyasini ishlab chiqadi. Javob reaksiyasi reflekslar majmuasidan iborat bo‘lib, reflekslar reflektor yoyi orqali o‘tadi. Reflektor yoyi sezuvchi
(markazga intiluvchi) va javob qaytaruvchi (markazdan qochuvchi) asab tolalari elementidan iborat bo‘ladi.  Uzunchoq miyada odam faoliyati uchun muhim bo‘lgan markazlar joylashgan. Bular nafas olish, yurak-tomir markazlaridir. Bu markazlar boshqalari bilan aloqada bo‘ladi va faoliyat izchilligini ta’minlaydi.  

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:49:09

Vegetativ asab tizimi


Vegetativ asab tizimi markaziy asab tizimining ajralmas bir qismidir. Vegetativ nerv tolalari barcha ichki a’zolarning shilliq muskullariga tarqalib, ular ishini qisman ixtiyorsiz (avtomatik, mahalliy) ravishda
bajarib turadi. Ammo vegetativ nervlar ham miya po‘stlog‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Vegetativ asab tizimi yurak-qon va limfa tomirlari, ichki a’zolarni, ya’ni tarkibida silliq muskullarga ega bo‘lgan a’zo va bezlarni innervatsiya qiladi.  Vegetativ asab tizimi ikki, ya’ni simpatik va parasimpatik asab
tizimidan iboratdir. 
Simpatik asab tizimi. Simpatik asab tizimining markazi orqa miyada joylashgan. Umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan simpatik nerv tugunlari bir-biri bilan tutashgan holda 20—25 ta nerv tugunlarini hosil qiladi. Bu simpatik tugunlardan bosh, yurak, o‘pka, oshqozon, ichaklar, jigar va buyraklarga boruvchi simpatik nerv tolalari boshlanadi. 

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:54:02

Vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi. Parasimpatik nervlar
bosh miyaning o‘rta va uzunchoq miya bo‘lagidan va orqa miyaningdumg‘aza qismidan boshlanadi. Simpatik va parasimpatik nerv tolalari ishfaoliyatlari bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshidir, ya’ni simpatik nervlarbiron organ ishini tezlashtirsa, parasimpatik nervlar shu organ ishini sekinlashtiradi. Natijada ularning normal ishlashi uchun sharoit yaratiladi. Masalan, simpatik nervlar ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, so‘lakajralishini pasaytiradi, yurak qisqarishlari sonini oshirib, oshqozon vaichaklar harakatini pasaytiradi. Oshqozonning shira chiqarish qobiliyatinipasaytirib, o‘pka bronxlarini kengaytiradi. Parasimpatik nervlar, aksincha,ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi, ichak peristaltikasi (harakat)ni oshiradi, o‘pka bronxlarini toraytiradi. Organizmning normal faoliyati ana shu ikkala, ya’ni simpatik va parasimpatik asab tizimlarining hamjihatligi orqali bosh miya po‘stlog‘i bilan idora qilinadi. 

Qayd etilgan