Nodirbekâ„¢  ( 30999 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Nоdirbek  31 Avgust 2010, 23:50:26

Ajoyib ko'rinishli sichqoncha

O’rta asrlar askarlari quroliga o’xshab ketadigan ajoyib sichqoncha.
Sichqonchaning qobiq qismi metal va daraxtdan ishlangan.
Sichqonchaning ikki tugmasi va o’rta qismi, qadimiylik tusini berishi uchun metaldan tayyorlangan ekan.



Manba

Qayd etilgan


Nоdirbek  01 Sentyabr 2010, 00:06:51

Toshibaning Libretto W100- Ikki ekranli noutbuki

Ko’pchilikni diqqatini o’ziga jalb qilgan ushbu noutbuk ma’lum bo’lishicha,  dunyodagi birinchi ikki ekranli noutbuklar qatoriga kirarkan va katta Nintendo DSga o’xshab ketarkan.
Libretto W100 noutbuki,  Microsoft Windows 7 operatsion tizimida ishladyi va  1.2GHz Intel Pentium U5400 CPU, 2GB RAM, 320GB aylanuvchi xotira yoki  62GB qattiq disk,  USB port, bluetooth 2.1, a microSD card reader, 1-megapixel webcam va  Wi-Fi qurilmalaridan iborat. Har bir ekran o’lchami  1,024 x 600.

Ushbu noutbukni narxi  $1099 dan $1300 gacha belgilangan.
Manba

Qayd etilgan


Nоdirbek  12 Oktyabr 2010, 22:56:33

Shu kunlarda harakatli bannerlar tayyorlash ustida ishlayapman:
1.

2.


Qayd etilgan


Nоdirbek  12 Oktyabr 2010, 23:00:55

Yangi .jpeg bannerlar:





Qayd etilgan


Nоdirbek  30 Oktyabr 2010, 23:10:46

P.S: Ushbu maqola yaxshi tushinilishi uchun undagi ayrim atamalar, so'zlar o'zbek tiliga tarjima qilinmay berilgan. Tarjimada xato va kamchiliklar bo'lsa, oldindan uzr so'rayman.

Freelancer bo’lmoqchimisiz? Freelancer bo’lish bir qancha fidokorlik bosqichlarini  talab qiladi,  bu soha boshqa sohalarga nisbatdan kamdan-kam uchraydi.
Free-lance dizayner bo’lishning ko’p ko’rinishlari mavjud bo’lib,  doim nimadir qilib bo’lsa ham unga yetishishga  harkat qilish kerak, lekin bu o’yin-kulgu degani emas.  Free-lance dizayner bo’lishning ko’p imtiyozlari bor , eng kamida sizga ajratilgan vaqtda ishni bitirish va o’zingiz sevgan yo’nalish bo’yicha ishlashingiz kerak. Quyida freelancer bo’lishda bir qancha tavsiyalar keltirilgan.
Mijoz ehtiyojini bajonudil qondirish
Ko’p dizaynerlar muammosi shundaki, ular mijoz xohishini chin dildan bajara olmasliklaridir. Har bir dizaynerda o’ziga yarasha g’oyalar mavjud bo’lib, bularga,  nima, qanday, qilinsa chiroyli bo’lishi, websayt chiroyli bo’lishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak va  shunga o’xshash g’oyalar kiradi,  lekin bu degani mijoz nima xohlayotganini va uning ehtiyojini qondira olish degani emas. Sizning mijozingiz nimaga ehtiyoji borligini sizga aytadi, ya’ni qanday websaytlar  uning yo’nalishida unga yoqishi va siz ham mijoz nimani xohlayotganini anglab, uni ehtiyojini qondira olishingiz kerak. To’g’ri, siz mijozning haydovchisi emassiz, yani u sizga rulni qaysi tarafga burishga buyruq bersa, o’sha tarafga ketaveradiganlardan emassiz, unda nima uchun bu yo’ldasiz?  To’g’ri, siz ish jarayonida loyihaga o’zingizning g’oyalaringizni va yaratuvchanlik qobiliyatingizdan nimadir qo’shgingiz keladi, lekin mijoz sizdan boshqa narsani talab qilsa, buni bajarmasdan ilojingiz yo’q, chunki mijozni rozi qilishni boshqa yo’li yo’q.
Dizaynerlar (bunga o’zim ham kiraman) ko’p holatda,  ish jarayonida, eng zo’r dizayn tayyorlashga intilib, ba’zida mijoz aytgan narsa, ya’ni, u ta’kidlagan narsalarni unutib qo’yamiz. Siz mijoz ko’rsatmalariga asosalangan holatda va unga o’z g’oyalaringizni qo’shish asosida ularning websaytlari uchun dizayn tayyorlashingiz kerak.
Agar siz mijoz xohishini bajara oladigan darajada bo’lmasangiz yoki mijoz buyurtmasini bajargingiz kelmasa, und anima bo’ladi? Bunday vaziyatda siz insofli bo’ling va ushbu buyurtmani bajarmang. Bunday vaziyatda to’g’ri so’z bo’lsangiz, yani mijoz buyurtmasini bajara olmasligingizni mijozga aytsangiz, mijoz sizni ko’proq hurmat qiladi.  O’n holatdan to’qqiztasida professional dizaynerlar mijozga loyihani bajara olmasliklarini yoki bunday loyihani bajarmaslikni aytishganda, mijoz o’zining yo’riqnomasiga asoslanib, buyurtmani qayta ko’rib chiqadi.
Freelancer sifatida siz loyihada oz’ingizni  qobiliyatingizni namoyon qila olishingiz kerak. Har bir ishga sizning mualliflik huquqingiz beriladi.  Shunday ekan, siz bajargan loyiha, sizni nomingizni ko’rsatib turadi.  Shunday qilib, siz qaysi mijoz loyihasini qabul qilish va qaysi biriga rad javobini berishingiz kerakligini bilib olishingiz kerak. Xo’sh siz buni qila olasizmi?
Narx belgilashda qat’iy bo’ling
Afsuski, freelancer bo’lishda odamlar sizdan ustunlik qilish va sizdan biror- bir naf ko’rish harakatida bo’ladilar. Dizayn sohasida nomi chiqqan dizayner bo’lishgacha, odamlar, sizni aldashga, pulsiz quruq qoldirishga harakat qilishadi. Ular asosan siz qilgan ishdan kamchilik izlab, loyihangizni qabul qilmaslikni bahona qilishadi.  Albatta freelancer dizayner o’z loyihalariga qarab narx qo’yishni biladi, qaysidir loyihaga ko’proq yana qaysi biriga esa oz. Men hech qachon mijoz bilan chegirmalar qilmang demoqchi emasman, biroq bu narsalar  o’z yo’lida bo’lgani yaxshi.. Har bir sohada bo’lgani kabi, freelancerlar ham asosan daromadni ko’zlab ishlashadi va buni mijoz ham juda yaxshi biladi. Shunday ekan siz narx qo’yishda doimo, qat’iy bo’ling, hech qachon mijozni o’zingizga jalb qilish uchun o’z loyihangizga past narx qo’ymang. Hatto New- York yoki Dallasga o’xshagan katta shaharlarda ham sizning nomingiz tez tarqalishi mumkin va agar siz narxlarda qat’iy bo’lmasangiz, mijozlaringiz siz haqingizda juda yaxshi bilib olishadi va sizni quruq qoldirishga harakat qilishadi.
Tez orada siz, kasbdoshlaringiz bilan raqobatga kirishasiz va tajribali bo’lganingizdan keyin, bir vaqtning o’zida ko’pgina mijozlar bilan ishlashga o’tasiz. Loyihaga narx qo’yishda qat’iy bo’lishlik sizni ish jarayonida orqaga ketishdan saqlaydi va oxirida, albatta o’z orzularingizga yetishish imkoniyatini beradi.
Sekinlik va qat’iylik bilan mijozlaringizni yig’a boshlang
Men sizga nima demoqchiman, balkim inqiroz (craziest) haqida eshitgandirsiz, lekin o’z yo’nalishingizda o’sish,  siz o’ylagandan ham tez bo’lishi mumkin. Siz bir vaqtning o’zida bir nechta loyihalar qabul qila boshlaysiz va ularni o’z vaqtida bajara olmaysiz yoki standartga mos bo’lmagan holatda bajarasiz. Agar siz freelancer kasbidan  to’liq biznes ga o’tmoqchi bo’lsangiz va o’z ishchilaringiz bo’lishini xohlasangiz, asta-sekinlik bilan ishlang, ya’ni ko’p loyihalarni bir vaqtning o’zida bajarishga urinmang. 40% freelance dizaynerlar ish boshlangan birinchi yillikda muvaffaqiyatsizlikka uchrasahadi, bunga sabab, ular o’zlariga ortiqcha baho berishlari va bir vaqtning o’zida bir nechta loyihalarni bajarishga harakat qilishlaridir. Yangi dizaynerlar sifatida, siz, birinchi yillik ish davomida, loyihalarni tanlay olishni o’rganishingiz kerak. Ya’ni qaysi bir loyiha sizga mos keladi va shunga o’xshash"¦
Men sizga dastlabki ikki va uch oylikda ikkitadan ko’p loyiha qabul qilmaslikni tavsiya qilaman.  Siz yangi mijozlar uchun yuqori sifatli loyihalar taqdim qilishingiz, sizga topshirilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishingiz kerak, bu holat mijozlarni kelajakda siz bilan yangi loyihalar ustida ishlashlariga sabab bo’ladi. Agar sizda portfoliongiz bo’lsa, siz undagi dizaynlarni mijozga namuna sifatida ko’rsatishingiz mumkin yoki mijozga havola qilishingiz ham mumkin, lekin portfolio bo’lmasa, oldin o’z portfolioingiz ustida ishlashingizga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, mijozlar bazasini mustahkamlab borish, siz uchun kelajakda foydali bo’ladi. Vaqti kelib, siz o’z biznesingizni boshlaganingizda, eski mijozlar eshigini taqillatishga to’g’ri keladi. Agar siz mijozga yuqori sifatdagi loyihalar taqdim qilgan bo’lsangiz, mijoz siz bilan yangi loyihalar qilishga har doim tayyor bo’ladi. Bu esa sizga bir qancha foydalar keltiradi.
Loyihani mijozga topshirish muddatini to’g’ri belgilang
Mijozdan loyiha qabul qilishda, mijoz sizdan qancha muddat ichida loyihani tayyorlay olishingizni so’raydi, bunday holatda siz loyihadan kelib chiqqan holatda loyihani mijozga topshirish muddatini to’g’ri belgilang. Ko’pgina dizaynerlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashlariga asosiy sabab, belgilangan muddat ichida loyihani mijozga topshira olmasliklaridir. Mijozlar, odatda buyurtmalarini belgilab berilgan vaqt ichida qabul qilishadi, agar siz o’sha belgilagan vaqt ichida loyihani tayyorlay olsangiz qabul qiling, bo’lmasa qabul qilmang yoki kelishuvda muddatini uzaytirishga kelishing. Agar menga mijoz ma’lum muddat ichida loyihani bitirishni topshirsayu, lekin o’sha muddat kelmasdan oldin loyihani topshirishimni talab qilsa, men unga buning uchun ko’p haq to’lashi kerakligini aytaman. Agar mijoz bu holatni muhokama qilib, nima uchun loyiha ustiga narx qo’yilishi haqida so’rasa, men ularga oddiy va haqqoniy javob beraman, yani men boshqa mijozlarim loyihalarini ortga suraman va yuqoridagi mijoz loyihasi ustida ishlayman, natijada boshqa mijozlarim loyihalari kechroq bitadi, shuning uchun ushbu mijoz ko’proq to’laydi. Shunday qilsangiz, siz adolatli ish qilgan bo’lasiz. Men har doim mijozlar loyihalarini belgilangan muddatdan oldin bajarganimda ham ortiq pul to’lashmagan.
Eshiting va oydinlashtiring
Eshitish va his qila olish ham mijozlar bilan ishlashda asosiy o’rin tutadi.Mijozdan loyiha qabul qilishda, mijozni diqqat bilan tinglang. Mijoz nima xohlayotganini aniqlashtirib oling. Agar siz mijoz xohishidan chetlashib, eng chiroyli dizayn tayyorlasangiz ham, qilgan ishingiz mijozga ma’qul kelmasligi mumkin.  Ko’p holatda siz mijoz bilan birga noutbuk yoki noutpad ko’rishingiz mumkin. Mijozni diqqat bilan tinglay olish, freelancer bo’la olishningiz uchun asosiy sabablardan biri bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqdan unumli foydalaning
Har bir freelancer uchun ijtimoiy tarmoqning ahamiyati kattadir. Hattoki katta biznesda ham ijtimoiy tarmoqdan foydalanish natijasida o’z raqobatchilaridan bir qadam oldinga o’tib ketishmoqda. Qanchalik tez raqobatga kirishishingizning ahamiyati kattadir. Agar siz yugursangiz marraga tez yetganingiz kabi, raqobatga qanchalik tez kirishsangiz, natijaga ham shunchalik tez yetishasiz. Ijtimoiy tarmoq sizga o’z mahsulotlaringizni reklama qilishda eng asosiy manbaa bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Blog esa, o’z mahsulotingizni internet doirasida tarqalishi uchun xizmat qiladigan yana bir manbaa hisoblanadi. Blogda siz har kuni post qoldirishingiz shart emas, har kuni yangi darslar (tutorials) kiritishingiz shart emas. Siz faqat blogingizda biznesingizga oid qanday ishlar qilayotganingizni, qanday loyihalar ustida ishlayotganingizni ko’rsatib bersangiz bo’ldi. Yangi mijozlar bloginziga tashrif buyurishganda, sizning qanday iloyihalar tayyorlayotganingizni bilishishlari kerak.
Siz dizaynerlar tarmoqlaridan samarali foydalana olishingiz kerak. Dizaynerlar tarmoqlarida web-dizayn, grafik dizayn, fotoshop va Dreamweaver dasturlari haqida yetarlicha bloglar mavjud. Bu kabi bloglardan samarali foydalanish sizning dizayn sohasidagi tajribalaringiz oshishiga sabab bo’ladi. Bunday darsliklar (tutorials)ning 90%i da sizga juda ham kerakli maslahatlar berilgan. Yuqorida keltirilgan tarmoqlardan samarali foydalaning va raqobatchilaringizdan oldinga o’tib ketishga harakat qiling.
Xulosa
Agar siz yuqorida keltirilgan vazifalarni bajara olsangiz, ishlaringiz yuqori sifatga ega bo’lsa, sizda freelancer bo’la olmaslikka hech qanday sabab qolmaydi. Freelancer bo’lish uchun yuqorida keltirilgan asosiy nuqtalarga e’tibor berish kerak.

Manbaa

Qayd etilgan


Nоdirbek  25 Fevral 2011, 21:02:39

Bundan ancha oldin www.intuit.ru saytida HTML bo'yicha test topshirib sertifikat olgan edim:

Ruscha varianti: http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/P00105766/

Inglizcha varianti:
http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/A00105766/

Shu kunlarda CSS bo'yicha ham sertifikat olish harakatida yuribman...

Qayd etilgan


Nоdirbek  20 Mart 2011, 19:56:36

Va nihoyat bugun CSS bo'yicha sertifikatni qo'lga kiritdim :)

Ruscha variant:
http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/P00118820/

Inglizcha variant: http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/A00118820/

Qayd etilgan


registan  20 Mart 2011, 20:13:08

Tabriklaymiz!))

Qayd etilgan


Solihatun  21 Mart 2011, 11:16:25

CSS  нима?

Qayd etilgan


Nоdirbek  21 Mart 2011, 13:55:52

CSS  нима?

CSS (Cascading Style Sheets)- Oddiy qilib aytadigan bo'lsak, web-dizayndagi bir til bo'lib, vazifasi htmlda qilingan websahifani bezash desa ham bo'ladi. Misol uchun forumdagi matn ranglari, ularning qalinligi, tugmachalar ustiga sichqonchani olib borganimizda bo'ladigan o'zgarishlar (ya'ni shu tugmaning aktivlashgani) va shunga o'xshash vazifalarni CSS bajaradi.

Qayd etilgan