
Azizlar barchangizga Rabbim sog'lik ato etsin...
Uy sharoitida tumovni davolash uchun qanday usullarni bilasizlar?
Vaaleykum assalom varahmatullohu vabarakatuh.
Uy sharoitida tumovni davolashning ajoyib, samarali bir usuli bor. Aslida bu muolaja "Ramashka" deb nomlanadigan mahsus uskunada qilinadiyu lekin bu uskuna hammaning ham uyida bo'lavermaydi shuning uchun oddiyroq yo'llini aytaman. Shunday qilib ramashka va marmarak o'tlarini olib, bir tagi chuquroq idishga solasiz, uning ustidan esa qaynab turgan suvni solasiz, suvni ko'proq qilib solavering. Qaynab turgan suvdan bug' chiqqa boshlaydi, o'sha bug'ga yuzingizni yaqinroq qilib tutasiz, ha aytgancha boshimgizga qalinqor narsa odeyalomi, kattaroq sochiqnimi tashab olishni unutmang bu juda muhim. keyin pardan chuqur nafas olasiz, mana shu jarayonning o'zidayoq muolajaning samarsi bilina boshlaydi. Bunda burun va tomoq yo'llaridan o'tayotgan parni aniq his qilasiz, ko'proq yo'talib, aksira boshlaysiz. Shu yo'l bilan organizm o'zidagi virus yoki zararli mikroblarni chiqarib yuboradi.
Uyda kimdir shamollab, tumov yoki tomoq yo'llari kasalansa darrov shu muolajani qo'llaymiz. Effekti juda zo'r. Bu muolaja nafaqat tumov balki, balg'am ko'chirish, yuzni oqartirish, yo'tslda ham yaxshi yordam beradi.