Ko'k choy xususiyatlari  ( 19654 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  03 Iyul 2010, 10:55:41

 :as:

Hayotimizda issiqqina qaynoq choydan ko'ra chanqoqni bosadigan ichimlik yo'qligi barchamizga ma'lum. Uning shifobaxsh xususiyatlari haqida ham ozmi-ko'pmi bilamiz. Kecha dadam "O'zbek xalq tabobatidan o'gitlar" kitobini olib kelgan ekanlar. Ko'k choyning bizga ma'lum bo'lmagan boshqa bir qator xususiyatlari haqida ham yozishibdi, Alloh rozi bo'lsin! Sizlar bilan o'rtoqlashay va kimgadir foydasi tegsa, xursand bo'lardim...

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyul 2010, 10:57:22

Ko'k choy ovqatni oson parchalaydi, hazm bo'lishini tezlashtiradi.

Ko'k choy asabni tinchlantirishi bilan bir qatorda, chehrani ochadi, tana haroratini qishda oshiradi, yozda salqin saqlaydi.

Ko'k choydan to'yib ichgan kishining charchog'i ketadi. U hordiqni yaxshi chiqaradi va mushaklarni so'limlashtiradi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyul 2010, 11:01:06

Ko'k choy xotirani yaxshilaydi, fikrlashni ravonlashtiradi.

Ko'k choyning yana bir foydali xususiyati - qonni suyultiradi, tomirlarni kengaytirib, qon yurishini yaxshilaydi va eng muhimi qondgi xiltlarni tozalaydi.

Ko'k choy qon bosimini pasaytiradi, chunki badandagi yog'larni yaxshi eritadi va qon tomirini kengaytiradi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyul 2010, 11:04:47

Shuni unutmangki, ko'k choy nafas olishni yaxshilaydi, balg'amni yumshatib, ko'chiradi va nafas yo'llarini tozalaydi.

Ko'k choy qand kasalligin davolashda kundalik choy xizmatini o'taydi. Qondagi qand soqqachalarini kamaytirib, qon tarkibining bir me'yorda bo'lishini ta'minlaydi.

Ko'k choy yuz terisini taranglashtiradi, ajinlarni kamaytiradi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyul 2010, 11:07:17

Oyoq tagi qizisa, terlasa ko'k choy damlamasining bug'iga tutish lozim. U bilan ko'p bor bug'lansa, ancha davo bo'ladi. Shamasidan oyoq tagiga, kechasiga bozillama tayyorlab, paypoq kiyib yotiladi.

Bosh chanog'ining o'zida qon bosimi oshgan bo'lsa, ko'k choy ichishdan tashqari u bilan boshni bir necha marta yuvish tavsiya etiladi.

Ma'lumki, ko'k choy buyrakni yuvadi, undagi yallig'lanishni davolaydi hamda buyrak shamollaganda isitmani tezda tushiradi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyul 2010, 11:07:52

Ko'k choyni och qoringa ichish ziyondir, chunki u ko'ngilni aynitadi va qayt qildiradi.

Qayd etilgan


BelleQizcha  03 Iyul 2010, 21:05:51

Yashasin ko'k choy!!!

Qayd etilgan


munisaxon  03 Iyul 2010, 22:13:04

Agar ko`z tagi shishib salqisa,damlangan bo`lsa ham  paketchali choyni ko`zga qo`yilsa shishi qaytadi

Qayd etilgan


munisaxon  03 Iyul 2010, 22:17:02

Choy shamasidan gilamni tozalashda ham foydalanish mumkin.
Shamani gilamning ustiga sochib, qurigandan so`ng yig`ib olsa gilam ham tozalanadi.

Qayd etilgan


elnura  12 Iyul 2010, 23:14:35

Yana ko`k choy qora choydan foydali chunki u tabiiy hech qanday bo`yoqlarsiz va yana achchiq ko`k choy damlamasini kuniga 3-4 marta quyosh nuri ostida qoganla badaniga sursa badani oqaradi. Ko`k choyni muntazam ravishda ichsa yani faqat ko`k choy ichsa saraton kasaligigaa chalinish miqdori judayam pasayadi. Eng zo`r choy bu  Ko`k choydir. Misol uchun man umuman qora choy ichmiman. :D

Qayd etilgan