Assalomu alaykum!
Nima? - Vodiy ahlidan bo'lgan forumchilar, bir diydorlashaylik!
Nima uchun? - Ko'rishib, diydorlashib, suhbatlashib, ma'nan va jismonan dam olib, birodarlashish.
Qachon? - Bunisi hozircha aniq emas. Takliflarni kutamiz.
Qayerda? - Vodiyning Namangan, Andijon, Marg'ilon, Qo'qon yanglig' go'zal shaharlari bordir. Iloji boricha o'rta joyni tanlash kerak. Bunisini ham, inshaalloh hal qilamiz. Men o'zim jon deb Shohimardonga olib borardim-u, hali ochilmayapti-da. Yana Andijonning Bog'ishamolini maqtashyapti. Ayni paytda juda go'zal bo'lganmush. Namanganning Kosonsoyida ham dam oladigan go'zal go'shalar bordir. Qayer maqbul ersa, taklif bildirgaysiz.
Qanday? - Har doimgidek, halfana. Hamma narsa o'rtada. Faqat mezbon tomon tashkiliy ishlarni zimmasiga olsa bo'ldi.
Kimlar? - O'zimizning forumdoshlar. Boshqa forumchilarni ham taklif qilo'ramiz. Yana vodiydan tashqaridagilar ham kelishsa, boshimiz osmonga yetajak!
Hmm, Namangan ahlini Muhammad Sohib yetaklab kelsalar, Anjanliklarni yig'ib kelish Javikka topshiriladi. Qo'qonlilar, bormisilar, ballar. Jamshidjon, tezda ularni trevoga qilib chaqiring-chi. Marg'ilon, Farg'onachilarni men sudrab opkelo'raman (qiziq, ular nechta chiqarkin?). Chustiyxo'ja, siz esa yuqoridan turvolib, bollarga "ha-pa" qipturasiz.
Siz ne deysiz, porimdosh?