Vodiyliklar uchrashuvi  ( 39851 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 B


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 11:56:42

Assalomu alaykum!
"Vodiyliklar uchrashuvi. Part 1" juda samimiy, taassurot, tabassumlarga boy holatda o'tdi. Unda ushbu uzerlar ishtirok etdilar:

Andijondan:

1. Javik


Baliqchidan:

2. Abdulloh


Marg'ilondan:

3. Zayd


4. Muhammad Said


5. AbdulAziz

Namangandan:

6. Muhammad Sohib


Uychidan:

7. Ixlos


Chustdan:

8. Dimu


Kosonsoydan:

9. Nodirbek


10. Ma'rufbek


11. Ansor (forum.islom.uz da Kosoniy)


12. Ansorning abiturient do'stlari

PS. Ushbu rasmlar dastlabki tanishuv va ertalabki nonushta paytida tushirilgan. Shuning uchun hammalari jiddiy o'tirishibdi. Qorni och-da, nima qilsin :)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Iyul 2010, 12:33:14

Анави Мухаммад Сохиб дегани жиддийга схшамайди. Аки у қорин тсйдириб келган сканми, кеч қолиб :)
АбдулАзиз, сзизни расмизни жойлашга рухсат тегмадими дейман :)
Ҳа майли тушунамиз, снди чиллангиз чиқди.

Хуллас, камчиликлар бслмаган бслса, биз хурсанд.
Бу гал қаерга Асакага чснчак чойхонагами ёки Шохимардонгами? :) А так бизга парқи йсқ. Яна Ааманганга келсаларингиз ҳам бславеради.

Qayd etilgan


JaviK  12 Iyul 2010, 12:44:21

uchrashuv juda ham zo'r o'tgani shundoqqina suratlardan ko'rinib turibdi.

Yangi va eski chehralarni ko'rganimizdan chehramiz yorishdi (:

Dimu aka yosh ekanlayu hali (:

IXLOS ham porim qizlarini PM yozishga majbur qiladigan ko'zga yaqin jigitlardan ekanla (:

MuhammadSohib o'sha turish..O'zgarmabdi hali (: (o'ychaaan-o'ychan bo'pqopsizmi,taqsir? :p  )

Abdulaziz ham o'zgarmabdi manimcha (:

Zayd aka b-n ham tanishvoldik mana (:

Javik-- Abdullohni quyoshda saal ko'proq yurgani ekanmi? (:

Nodirbek Ma'rufga salom etib qo'ying...


Manam kimlardanduram salom etkizvorgandim porimchilaga..Bilmadim,yo'l-po'lga tushirmasdan  oborishdimi yo'mi?

Omalekin,gap yo'q uchrashuv bo'pti...


Borolmaganlaga alam qisin deb o'tirippiz endi,rasmlaga qarab,yutinib...



Aka sizni yahshi so`zlar bilan yodga oldik, vodiyliklar orasida ancha taasurot qoldiribsiz, Sizday otahonlar ham kelsa yahshi bo`lardi deb sog`inib o`tiraverdik :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 12:48:23

Qo'llarni yuvib, ko'l ustiga qurilgan so'rilarga yoyilib o'tirarkanmiz, ko'pchilikning ayni paytdagi muddaosi qorinni aldash bo'ldi. Muhammad Sohib juda ziqna bola ekan. Namangandagi 59-uydan 700 so'mlik patirdan 6 ta olishga oldi-yu, Kosonsoygacha (orada 40 km + Gaz-zapravka = 1 soat) hech kimga bermadi. Hatto oldi o'rindiqda o'tirgan MSning qo'llaridagi qaynoqqina nonga qadalgan o'tli nigohlar ham samarasiz ketdi. Oxiri bo'lmadi. Aytdim. Baribir, sindirmadi, bu ziqna kishi :)
Patir nondan Kosonsoyda bahramand bo'lish nasib etdi...


Mana shu yer biz o'tirgan so'rining shundoq orqasi. Alam qilseeen! :)

Ozroq, qorinlar orom olgandan so'ng, sho'x-shodon suhbatlar boshlanib ketdi. Avvaliga hamma o'zini tanishtirib ketdi: "Men Badriddinov Bohodir. 2008 yil dekabrda Kosonsoy bozoridan lotareya sotvogandim... Yutuq Vodiyliklar uchrashuviga yo'llanman ekan. Ura!!!"


Oldinroq kimdir chanqab turganda suvga oqizib qo'yilgan tarvuz haqida yozganmidi?

Baliq kelguncha suhbat parhez haqida bo'ldi. Muhammad Sohib bilan Ixlos (ularga ahyon-ahyon Zayd qo'shilib turdi) ochlik mo'jizasi va parhez haqida ter to'kib gapirdilar. Marufbek Kosonsoyning Marinka (Mariya emas, kimningdur Rossiya tassurotlari esiga tushdi) balig'ini pishirib, olib kelganlarida parhezkorlarning yeyishlarini tomosha qildik :)
Baliqni eng birinchi bo'lib, baliqchilik Abdulloh paqqos tushirdi. Tajribasi kuchli, harqalay. Muhammad Sohib esa, boshqalarning balig'iga ko'z olaytirganini yuqoridagi reportajlardan bildingiz.


Shundoqqina bizdan yarim metr orqada sayr qilayotgan ushbu qushchaning nomini hech kim aniq aytolmadi. Kimdir bulbul desa, kimdir sa'va dedi. Yana kimdir sinchalak dedi. Balki siz bilarsiz?

Keyingi suhbat Dubay haqida bo'ldi. Nodirbekning akalari Ma'rufbek davra ahlini hangu mang qilib, aslo hikoyalaridan to'xtamadilar. Abdulloh esa, u kishiga asistentlik vaziufasini bajardi. Qarasam, suhbat to'xtamaydi, aylanishga chiqish kerak. Davra ahli ham suhbatga mahliyo bo'lib, bizlarga e'tibor yo'q. Shunda adminligim esga tushib, "Birodarlar, bo'ldi, men sizlarga forumda Dubay degan bo'lim ochib beraman. Sizni esa moderator etib tayinlayman!" deb suhbatdan forug' etishga muvaffaq bo'ldim, desam noto'gri gapirgan ekanman. Ularning suhbatlari sayr davomiuda ham Dubay haqida bo'ldi.


Bu joylarni Dubayliklar tushlarida ko'rsalar ham xursand bo'lsalar kerak

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 13:01:16

Aytgancha, Namanganda Javik bilan dastlab ko'rishganimcha, uning ham Abdulloh kabi ixchamngina ekanligini ko'rib, "Hamma anjanlilar shunaqa ixcham bo'lishadimi? Yo paqat ziyouzchi anjanlilar shunaqami?" desam Abdulloh: "o'zi kichkina bo'lgani bilan kallasi kaaatta" degandi. Ko'rdik, katta-katta kallalarni, becharaning ichi Dubay bilan to'lib bo'pti :)


Xullas aylanishni soy yoqalab boshladik. Dastlab, uzerlariningning tik ch'oqqidan pastga tushish mahoratlarini sinab ko'rdik. Bu sinovda Abdulloh va Muhammad Saidga 2 baho qo'ydik. Soy yoqalab yurarkanmiz, atrofda baqateraklar, soyning shovqini, ninachining shodon raqslari ila oshufta ko'ngullar baqateraklar og'ushiga shundayin suyanishdiki, ularni ko'rganlar bular yo shoir, yo faylasuf demakdan nari o'tolmaydi.


Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 13:08:31

Keyingi manzil sharshara bo'ldi. Ekspeditsiya a'zolarimiz bilan birga asta u tomon yaqin bordik. Suv harorati shundayin muzdekki, dastlab unga tushgan kishining 2 minutdayoq oyoqlari muzlab qolishi tabiiy. Lekin chidab yuraversangiz, o'rganib ham qolarkansiz. Xush yoqarkan. Xullas, mana shu yerda birqancha tarixiy suratlarni oldik. Barcha suratlar va uning ichidagi kishilar bir-biridan go'zal chiqdi. Zotan, Alloh in'om etgan bu manzalarining o'zi-da g'oyatda go'zal edi.




Qayd etilgan


Nоdirbek  12 Iyul 2010, 13:36:26

АбдулАзиз, сзизни расмизни жойлашга рухсат тегмадими дейман :)
Ҳа майли тушунамиз, снди чиллангиз чиқди.
Sizam yomon joyidan ushladizu :D
Hammani rasmga u kishi oldilarku, o'zlarini rasmga olish eslaridan chiqqandirda
lekin man op qo'yishga ulguripman, mana o'sha rasm:

Chustiy bunisiga nima deysiz endi???

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Iyul 2010, 13:41:06

:) Латир қандай? Тами ссда қоладиган сканми?
Йслда атайин бермадим-ки, Латир+Молоконинг мазаси унданда аъло бслади деб. Аатижани сса, ксрдиз :) Тажрибадан стган сди-да.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 13:47:20

Ozgina videocha ham olgandik. Baho berarsizlar:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=4Si2OivQNw4" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=4Si2OivQNw4</a>

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 14:08:21

Hech kimning suvdan chiqqisi kelmaydi. Hatto, Javik shu muzday suvda cho'milaman, deb turvosa bo'ladimi? Zo'rg'a oyog'idan tortib ushlab qoldim. "Ana, Abdulloh bilan bugun ketsangiz, Qoradaryoda xohlaganizcha cho'milo'rasiz" dedim.

Keyingi ziyorat manzilimiz Kosonsoy shshar masjidi bo'ldi. Masjid binosi menimcha vodiydagi eng kattasidir. Taxminimcha, bu yerda bir paytning o'zida 5000 dan ortiq namozxon ibodat qilishi mumkin. Tahoratxonalari ham juda orasta, pokiza va barcha qulayliklarga ega ekan. Masjid ikki qavatdan iborat bo'lib, uning qurilishiga milliy me'morchilik an'analarimizdan foydalanilgan.












Qayd etilgan