Elektron pochta (e-mail) haqida  ( 32135 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Nоdirbek  07 Iyul 2010, 00:04:55

Ushbu mavzuda elektron pochtalar haqida suhbatlashsak, yani kim qaysi e-maildan foydalanadi va uning afzalliklari, qulayliklari haqida yozsak.
Masalan, men asosan yahoo maildan foydalanaman qulayligi, tez ochiladi va ortiqcha reklamalar ham yo'q. Keyin anti-spam sistemasi ham yaxshiroq. Mail.ru dan kamdan-kam holatlarda  foydalanaman sababi unchalik yoqmaydi, spam ko'p keladi, bundan tashqari himoyasi ham kuchli emas.

Qayd etilgan


Nоdirbek  09 Avgust 2010, 00:16:25

Bu mavzuda birorta mulohaza qoldirmapsizlar. Hamma forum a'zolari e-mail xizmatidan foydalanishadi, naxot hech kimda ma'lumot bo'lmasa yoki hech kim qiziqmaydimi???

Qayd etilgan


Naimjon  09 Avgust 2010, 02:03:28

Yahoodagi anti-spam sistemasi kuchli degan gapizga ozgina qoshilmiyman. Yahooni ishlatadigan aksariyat odamlar spamni kop kelishidan nolishadi. Spamni qo`yib yuborish odati Yahooda azaldan bor. Gmailni (o`zini, har xil boshqa saytlarga qoyilgan dvijokini emas) aytish mumkin, anti-spam sistemasi kuchli deb.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  09 Avgust 2010, 11:41:46

Shu kunlarda inbox.uz dan foydalanib ko'rmoqdaman. Xozircha hech qanday shikoyat yo'q. Ishlash tezligi esa juda yaxshi.

Qayd etilgan


Nоdirbek  09 Avgust 2010, 22:18:37

Shu kunlarda inbox.uz dan foydalanib ko'rmoqdaman. Xozircha hech qanday shikoyat yo'q. Ishlash tezligi esa juda yaxshi.
inbox. uz yaxshi, ayniqsa, O'zbekiston hududian kiruvchi va traffik uchun pul to'laydiganlarga tekin hisoblanadi. Faqat 25mb joy beradi xolosda....

Qayd etilgan


useruz  09 Avgust 2010, 23:02:07

Funktsional jihatdan GMail bilan raqobatlasha oladigan pochta xizmati yo'q. Yahoo mail haqida gapiradigan bo'lsak, uning eng katta kamchiliklaridan biri POP3 va SMTP protokollari bilan bevosita ishlay olmasligidir. Yahooni biror e-mail client orqali ishlatmoqchi bo'lsangiz, qo'shimcha soft o'rnatishga to'g'ri keladi.

Qayd etilgan


Ansora  10 Avgust 2010, 13:45:16

Men 10 yildan oshdi, hotmaildan foydalanaman. Mamnunman. Orada yahoodan ham adres ochgandim lekin foydalanmadim, hotmailga o'rganib qolganimdanmi, boshqasi qiyin kelaveradi:) mail ru esa umuman yoqmadi:)

Qayd etilgan


Mr.ZI  10 Avgust 2010, 15:00:03

Mail pochtasi eng sevimlisi !!

Qayd etilgan


Kinjo  11 Avgust 2010, 06:05:18

Qisqacha ijtimoiy taxlilim (taxlil faqat e-mail dan ko`p foydalanuvchi ilg\orlar orasida) va o`z tajribamdan aytishim mumkinki Windows kompaniyasining elektron maktublar hizmati serveri muqobillar orasida bir oz yaxshi live ham hotmail ham, ammo siz e-maktubni qo`l telephoningizdan foydalansangiz gmail va yandex serverlariniki ma`qul ular maxsus dasturlar uordamida ishlayda
gmail yoki uning biror bir sub serveri aytayli xakep.ru kabi birortasida e-makqutb ga ega bo`lsangiz uning barchasini kiritishingiz mumkin, yandex da faqat bittasini.

Qayd etilgan


Naimjon  12 Avgust 2010, 02:06:13

Gmailda a'zo bo`lganizdan keyin sub serverlarni hohlaganida osha login parol bilan kira olasiz demoqchimisiz?

Qayd etilgan