Qo'qonliklar bormi?  ( 103396 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 B


Jalol Ahmad  04 Iyun 2009, 01:36:55

:as:
Qo'qonliklar salomatmisizlar?
Manda bir taklif bor edi...agar sizlar ham rozi bo'lsangizlar, inshaAlloh amalda xam buni ko'ramiz.
Biz ham poytaxtliklar singari hayriya fondini uyushtirsak, nima deysizlar.
Kim qanchaga qurbi yetsa, bilasizlar Qo'qonda mehribonlik uylari ham juda ko'p.
Yoki biror masjidgami yoki hullas hayrli, savob ish umidi bilan shu postni qoldiryapman, taklif va javoblar bo'lsa, mana shu yerga qoldirishlaring mumkin.
Va assalamu alaykum va rohmatullah!

 :ms: manabu zur fikir bölibdi albatda rozi bölamiz chunki hayrli savob ishlarku bunla har bir musulmonda har bir musulmon haqqi bor .. bir savol tug'iladi kim qanday egish kerek shuniham bir uylab kurelik varyantlardi kutib qolamiz inshaAlloh

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Iyun 2009, 08:29:52

assalomu aleykum aziz birodarlar Mana kaminayam Qo'qonlik biror muammo chiqib qosa kelorasilar ASL LIBOSLARGA biz har doim shatdamiz.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  12 Sentyabr 2009, 15:50:11

3 - 4 oydan beri qo'qonliklar kirmi qo'ydishikilli nima bo'lyabdi hamshaxarlar biror qo'qondan biror kishi bo'lsa post qoldirib ketilar

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 02:26:22

Meni dadamlar asli Qo'qonlik ekan. Otamlar shunday aytib berishardi. Qo'qondan Andijonga ko'chishgan ekan.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  14 Sentyabr 2009, 02:34:04

3 - 4 oydan beri qo'qonliklar kirmi qo'ydishikilli nima bo'lyabdi hamshaxarlar biror qo'qondan biror kishi bo'lsa post qoldirib ketilar
:as:
 3-4 oy deysizmi :o brodar har kun shatda bo'lamiz faqatgina postlar kelmaganiga Qo'qonda net sekinlashibdi deb uylagan edik  ??? mana shatdamiz post ham qoldirdik  hamshahar brodar

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  14 Sentyabr 2009, 02:35:21

Meni dadamlar asli Qo'qonlik ekan. Otamlar shunday aytib berishardi. Qo'qondan Andijonga ko'chishgan ekan.
   1989 yillarda busa kere kuchishga tug'ri kelgan zamon usha yil edi manimcha yana Alloh bilguvchi

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 02:42:19

Yo'q bunchalik yaqin tarixda emas:) Qo'qon xonligi paytida bo'lishi kerak. Asosan Ho'jalar ekan ko'chganlar. Ko'chgan joylarida tashkil etgan qishloqlarini Ho'jaobod, deb qo'yishgan ekan.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  14 Sentyabr 2009, 02:51:35

aha uzoq tarih ekan ??? Hovoqand ,Ho'jaobod yaqin suzlar albat

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 03:04:39

O'tgan yili Qo'qondan to Turkiyaning Adana shaharigacha kelib qolgan O'zbek Abdulhamid otamizning hayotlarini O'zbekcha qismlarini yozib olgan edim. Olloh rahmat qilsin, bu yil vafot etdilar 98 yoshlarida. Kitob chiqdimi habarim bo'lmadii chunki adabiyotchi o'g'illari yana boshqa bilgilar ham qo'shadigan edilar.
Otaxonni Adanadagi uylariga bordim. Hovlidan kirishda hayajondan yuragim to'htab qoladi, deb o'yladim. Vatandan 5000 km uzoqda huddi Qo'qondagiday qilib tut ekibdilar, eshiklari ham huddi o'zimizni vodiydagiday. U kishining yuraklaridagi u hasratni tushunganday bo'ldim. Nasib bo'lsa yozganlarimni sizlarga ham yetkazishga harakat qilaman insholloh.
Farzandlari "Dada, bu uy juda eskidi, sizni ham domga olib chiqib ketaylik", deyishganda Andulhamid ota, "bolam bu 3 qavatli beton uyning devorlarida sizlarning barmoq izlaringizni ko'yabman. Ko'zimni oldida bolaligingiz, qanday qilib bu uydan ko'chaman", debdilar. Otani hayotlarini yozaman, deb bordim lekin 2-3 kungacha yig'lashdan nariga o'ta olmadim. Chunki ko'z oldimda "jonli tarix" turar edi. Qo'qonni nomini eshitganimda avvalo Abdulhamid ota esimga tushadi. Vatanim, Vatanimm deb o'lib ketdilar:((( Biz Vatanni qadriga qanchalik yetyabmiz, Azizlar???

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 03:16:39

Qo'qonda qurilgan Muxtor Jumhuriayatning ashaddiy shaklda bostirilganini, Chor Rossiyasi tarafidan huddi itga suyak bergandan Armani shaykalariga ol, sen oldin bularni biirr ishlarini hal qil, keyin biz askarlarimiz bilan shaharga kirib boramiz, deyilganini unchalik inson bilmaydi O'zbekistonda afsus. Armani Dashnoqlari shaharni yer bilan yakson qilgandan keyin suratlarga tushirgan ekan. Yaqinda Turkiyada Tarix sempozyumi bo'lib o'tdi. Shu voqea haqida ancha suhbat bo'ldi. Rasmlar ko'rsatildi. Yana mening yig'loqi ko'nglim chiday olmadi tabi. Huddi hozirgiday yig'ladim yashirincha. Bizning o'rganishimiz kerak bo'lgan juda ko2p Vatan masalalari turar ekan, biz-birimizni hafa qilishdan nariga o'ta olmaymiz gohida. Shularga achinaman holos:(

Qayd etilgan