Бешик  ( 12360 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Chustiy  18 Iyul 2010, 11:03:50

 :as:

Хурматли форумдошлар, сир Емаски десрли хаммамиз, бешикда ютиб улгайганмиз, хозирда баъзилар бешик тиббий томондан болга зиёни хам бор дейишмоқда...
ЖУмладан, сқинда биттаси АҚШда турволиб, роса кийдурувди, что бешик узбеклани душмани деб,
Мана сша опқочар акамизи фикрлари:
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=moBXLINaYP4" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=moBXLINaYP4</a>

Хуллас кимда қандай маълумот бор бешик хусусда, бу ролик хусусда фикрила қандоқ, бир пайтлар, Фикрат номли ойномада, мсжаазгина кошона мувзуси остида мақола берилган, шунда бешикни фойдали томонлари ёритилганди, афсус хозир тслиқ Еслолмасман.

Qayd etilgan


Margiloniy  18 Iyul 2010, 12:12:34

O’tgan asrning yigirmanchi yillarida psixolog Shtilerman zehniy rivojlanish ustida tadqiqot o’tkazib, rus hamda ukrain bolalari bilan qiyoslagan holda, o’zbek bolalari boshqa millat vakillariga nisbatan aqlan zaif degan xulosaga kelgan. Bunga esa beshikni sabab qilib ko’rsatgan.(Nikolay Kurek, Razrushenie psixotexniki, Noviy Mir, 1999, ¹2) Biroq uning shovinistik ruhdagi xulosalari hech qanday jiddiy asosga tayanmagani uchun, o’z davrida hamkasblari tomonidan qattiq tanqidga uchragan. Zero, bu kabi fikrlarda oz bo’lsa ham haqiqat bo’lganida edi, o’zbeklardan butun dunyoga mashhur olimlar yetishib chiqarmidi? Jahonni lol qoldirgan fan va madaniyatga bu diyor beshiklik qilarmidi?

O’zbek xonadonida intizorlik bilan kutilgan va hammaga xursandchilik ulashgan jajjigina chaqaloqning dunyoga kelishi o’z navbatida ota-onasiga jiddiy mas’uliyat ham yuklaydi. Yangi mexmonni ma’nan va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazish ana shunday vazifalardan hisoblanadi. Bolani jismonan yetuk qilib voyaga yetkazishda o’zbek millati asrlardan beri beshikka tayanib kelmokda. Al-Xorazmiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Burqoniddin al-Marg’inoniy kabi zotlar ham beshikda kamol topishgan. Ҳozir ham uning deyarli qar bir xonadonda o’ziga yarasha tutgan o’rni bor. Garchi beshik xususida qarama-qarshi fikrlar odamlar orasida tarqalib, tibbiyot xodimlari tomonidan muhokama mavzusiga aylangan bo’lsa-da, u o’z o’rni va ahamiyatini saqlab turibdi.

Qayd etilgan


Margiloniy  18 Iyul 2010, 12:13:18

Tarixi

Beshik tarixi juda qadimga borib taqaladi. U haqida ilk ma’lumotlarni Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit-turk» asarida uchratish mumkin. Bolaning tagi quruq bo’lishini ta’minlovchi sumak va tuvak esa faqat O’rta Osiyo xalqlariga xos. Beshiklarimizdagi bunday o’ziga xoslikni o’rta asr ustalarining ixtirosi deb taxmin qilishimiz mumkin. Bu haqda aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Afzalliklari

Uzoq tarixga ega bo’lishiga qaramay, biror tadrijiy takomillikni boshdan kechirmagan beshikning avvalo afzalliklarini sanab o’tsak:

1) Uxlaganda usti surp yoki doka bilan yopiq bo’lgani uchun chaqaloqni turli xil hasharotlar bezovta qilmaydi.
2) Bola qo’lga o’rganib qolmaydi. Chunki chaqaloq ko’p ko’tarib yurilsa, keyinchalik ham mana shunday e’tibor talab qiladi.
3) Beshikning rangli bezaklariga qarab ovunadi va ranglarni ajratishni o’rganadi.
4) Tagi hamma vaqt quruq turgani uchun beshiqtsagi bola kechqurun tinch uxlaydi.
5) Beshik yordamida bolani uxlatish qulay. Shuningdek, chayqalayotgan beshik bir necha daqiqa o’z inertsiyasi bilan ham tebranib turish xususiyatiga ega.
6) Qovuzda yotgan bolaning umurtqa suyaklari tekis bo’ladi.
7 Pampersga ketadigan xarajat va taglik yuvishga ketadigan vaqt tejaladi.
8) Chaqaloq yotganda yuztuban o’girilib qolmaydi.
9) Qo’li bilan yuz-ko’zini tilib, jarohatlamaydi, barmog’ini og’ziga solib so’rmaydi.
10) Beshikning ichki iqlimi doimiy harorat mo’’tadilligini saqlab, chaqaloqning isib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

Qayd etilgan


Margiloniy  18 Iyul 2010, 12:14:15

Shifokorlar nima deydi?

Shifokorlar beshik xususida aniq bir to’xtamga kelishmagan. Ular beshikni munozarali mavzu hisoblaydilar. Masalan, tibbiyot fanlari nomzodi Nizom Ermatov, oliy darajadagi jarroh Tojiboy Yoqubov, shifokor Yoktam Qo’chqorovlar o’z maqolalarida beshikka ijobiy baho berganlar. Professor Mamazoir Xo’jamberdievning fikricha esa, beshikning muttasil va suratli tebratish bola miyasiga shikast yetkazishi, hali yaxshi qotib ulgurmagan bosh suyagining sinishiga va miyaga qon quyilishiga olib kelishi mumkin. U o’z fikrlarini 10 yil burun Farg’ona vodiysida tadqiqot olib borgan shotlandiyalik pediatrlar natijalari bilan isbotlashga urinadi. Tadqiqot natijalariga ko’ra taxminan har 100 ming go’dakdan 25 tasida bosh suyagi deformatsiyasi yoki jarohatlanishi kuzatilgan. Andijon tibbiyot instituti professori Rishat Osmanovning fikriga ko’ra bir xil holatda 10-15 soat uzluksiz yotishi bola sog’lig’i uchun xavfli. Chaqaloqni yelka, qorin va oyoq qismidan qattiq bog’lash ham qon aylanishini buzadi, suyaklarning kiyshiq o’sishiga sabab bo’ladi. Shuningdek Osmanov bola beshiqtsa harakatlana olmasligi natijasida mushaklari yaxshi rivojlanmay qolishi hamda organizmda modda almashinuvi buzilishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ellik yillik ish tajribasiga ega, bolalar ortopedi va travmatolog Kozim Qobilov esa bunday qarashlarni qo’llab-quvvatlamaydi. Uning fikricha, beshikda yotish suyaklarning qiyshiq o’sishiga olib kelmaydi. Zero suyaklarning qiyshiq o’sishi asosan raxit kasalligi bilan bog’liq. «Beshikdagi qovuz bolaning shakliga moslashadi va umurtqaning to’g’ri o’sishiga yordam beradi. Oyoqlardagi «O» va «X»simon deformatsiyalarning beshik bilan aloqasi yo’q. Chunki, bunday qiyshiq o’sish holatlari bola yura boshlagandan keyin qaysidir yuzaga kelishi mumkin», deydi ortoped Qobilov.
Beshik tebratganda go’dak bosh suyagining shikastlanishi faqatgina boshning yog’och qismlarga qattiq zarb bilan urilganda sodir bo’ladi. Odatiy beshik tebratishlarda bu holatning yuzaga kelish ehtimoli kam. Shotlandiyalik pediatrlarning tadqiqotidagi ko’rsatkich ham juda past (0,00025 foiz) ekani esa beshikni yoqlaydigan shifokorlar e’tiborini tortgan. Shikastlangan chaqaloqlar esa beshikni noto’g’ri tebratish yoki boshqa sabablar tufayli zarar ko’rgan bo’lishi mumkin. Qolaversa, go’daklarning to’liq bitmagan va yumshoq bosh suyaklarining kompensator imkoniyatlari baland bo’ladi. Ularda bosh suyak deformatsiyasi kam uchraydi. Shuning uchun miya chayqalishi, bosh suyagi shikastlanishi kabi holatlarga beshikni sababchi qilib ko’rsatish yetarli asosga ega emas. Ayniqsa, sog’lom tug’ilgan bola uchun beshikning zarar yetkazish ehtimoli juda kam. Faqat chanoq-son bo’g’imi displaziyasi bilan dunyoga kelgan bolalarni beshikka yotqizmaslik tavsiya qilinadi.
Ba’zi urologlarning fikriga ko’ra, bola beshikda yoki mahkam bog’langan yo’rgakda tagini ho’l qilganida bir miqdor qoldiq siydik qovug’ida qoladi. Natijada, siydik yo’llarida tosh yig’ilishi mumkin. Oyoklari bukilgan holatda esa siydik qovuqda qolmaydi. Lekin hozircha ushbu qarash ham to’liq tasdiqlanmagan. Zero, go’daklar qovug’ida tosh yig’ilish holati juda kam uchraydi.

Qayd etilgan


Margiloniy  18 Iyul 2010, 12:15:21

Me’yorga rioya qilinmasa...

Shifokorlarning fikrlaridan shularni xulosa qilish mumkinki, to’g’ri ishlatilganda beshikning salbiy jihati yo’q. Quyida beshikni noto’g’ri ishlatish natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarni keltirib o’tamiz:
- Bolaning uzluksiz, uzoq vaqt beshikda yotishi zararli. Kun bo’yi beshikda yotish natijasida ayniqsa, qish va kuz oylarida bola terisiga yorug’likni tushishi kamayadi. Bu esa terida D-vitamini sintez bo’lishiga to’sqinlik qiladi va raxit kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik natijasida bola organizmida kaltsiy almashinuvi buzilib, suyaklar yumshoqlashadi, boshning ensa sohasi tekislanadi. Suyaklar qiyshiq o’sishi kuzatiladi.
- Beshikda bolani bir tomondan emizish tufayli ko’pincha birlamchi bo’yin qiyshiqligi kelib chiqadi.
- Sumak gigienik talablarga rioya etilmagan holatda tashqi jinsiy a’zolarda kontakt dermatitlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Beshikmi, pampersmi?


Qaysidir ma’noda ilk tabiiy pampersni, ota-bobolarimiz o’ylab topishgan desak, xato bo’lmaydi. Sababi, beshik qovuzi havoni yaxshi o’tkazadi, namni tez shimib oladi va tez quriydi.
Ma’lumki pamperslar haqida ayrim salbiy fikrlar bor. Pampersda tagini ho’l qilgan bolaning oyoqlari ma’lum muddatdan keyin namlikni his qila boshlaydi.
Albatta, beshik yoki pampers ishlatish har bir oila o’zi hal qiladigan masala. Shifokorlarning fikricha, har ikkala holatda ham to’g’ri ishlatish muhim ahamiyatga ega. Pampersning ko’p harajatli ekani bu qiyoslamada aytib o’tish mumkin bo’lgan yana bir jihat sanaladi.

Qayd etilgan


Margiloniy  18 Iyul 2010, 12:16:44

Beshik xususida zarur tavsiyalar

Beshkini me’yorida va to’g’ri ishlatish kerak. Buning uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
- Beshikni qattiq yerga emas, ko’rpacha ustiga qo’yib tebratish kerak.
- Beshikda bola faqat uxlagan paytda yotgani ma’qul. Uyg’oq mahalda uni qo’lga olib orqalarini ohista uqalash va o’ynatish kerak.
- Beshikni oftob tushadigan joyga ko’yish yoki go’dakni ma’lum paytlarda oftobga olib chiqish lozim. Chunki bola D vitaminini eng ko’p kuyosh nuri orqali o’zlashtiradi. Ayniqsa, bahor-yoz oylarida kunduzgi soat 8-10 orasi, kuz-qish oylarida kunduzgi soat 9-11 orasi tushgan ultrabinafsha nurlari foydali.
- Bolani beshikda yotgan holda emizmagan ma’qul. Agar shunday qilishga to’g’ri kelsa, galma-galdan ikki tomondan emizish kerak.
- Beshikni ohista tebratgan afzal. Tez yoki qattiq tebratish xavfli.
- Chaqaloqni 1 yoshgacha yoki o’zi mustaqil yuradigan bo’lguncha beshikka belash tavsiya etiladi. Zero, bu paytga kelib bolada peshobini nazorat qilish qobiliyati shakllangan bo’ladi. Agar beshikda yotishni bola o’zi istasa yoki nimjon bo’lsa bu muddatni biroz uzaytirish mumkin.
- Sumakni ishlatishdan oldin yumshoq bo’lishi uchun yog’ga botirib olish kerak. Vaqti vaqti bilan tozalab, gigienaga e’tibor berish lozim.
- Beshik yuzini sun’iy matodan tikilgan qalin pardalar bilan yopish qat’iyan man etiladi.
- Beshikni isitish uskunalari yoniga ko’ymaslik kerak. Quruq havoda ion tarkibi buzilib, bolaga noqulaylik tug’diradi va ko’p yig’lashiga sabab bo’ladi.
- Vaqti-vaqti bilan beshik pardalarini ochib, o’rin-ko’rpalarini shamollatib turish kerak.
- Qovuz ko’rpachasi paxtadan va yupqa ekaniga ahamiyat berish kerak. Chunki, bolaning to’shagi o’ta yumshoq bo’lmasligi kerak.
- Biroq bosh qismiga yumshoq yostiq qo’yish boshi «pachoq» bo’lib o’sishidan saqlaydi.
- Xatna qilingan go’dakni beshikka sumaksiz belash kerak. Negaki sumak go’dak yarasini zaxalab qo’yishi mumkin.
- Oyoq va qo’lbog’larni juda qattiq bog’lamaslikka ham alohida e’tibor qaratish lozim.

Qanday chakaloqlar beshikka belanmaydi?

Chanoq-son bo’g’imi displaziyasi (noto’g’ri o’sish) bilan tug’ilgan go’daklarni beshikka belamaslik kerak. Sababi, ularning oyoqlari biriktirilmagan holda, ochiq turishini tavsiya etishadi. Bolada bunday tug’ma kasallik bor-yo’qligini bilish uchun ortoped ko’rigidan o’tkazish lozim. Tug’ma yurak poroklari bo’lgan bolalarda ba’zan nafas olishi qiyinlashish holatlari uchraydi. Shuning uchun ularga ham beshik tavsiya etilmaydi. Ko’pincha katta vazndagi chaqaloqlar tug’ilish jarayonida bosh suyagi deformatsiyalanadi. Natijada, bosh suyagi ichidagi qon bosimi baland bo’ladi. Bezovtalanish va injiqlik shu kasallik bilan og’ringan bolalarga xos. Ular beshikka belansa, beshikni juda ohista tebratish lozim.

Nurulloh SODIQOV
Manbaa: Irmoq jurnali

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2010, 15:38:57

Бир пайтлар, Фикрат номли ойномада, мсжаазгина кошона мувзуси остида мақола берилган, шунда бешикни фойдали томонлари ёритилганди, афсус хозир тслиқ Еслолмасман.

Mana o'sha maqola:


Bolani beshikka yotqizish chindan ham zararlimi?
Foydali kashfiyot
Yaxshi narsaga ham me'yor kerak
Hammaning havasi keladi
Beshikni eskilik sarqitimi?

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 13:57:48

Beshik jazo anjomi"¦mi?

E’tibor bersak, mavzu beshik haqida bo‘lyapti. Ya’ni bolani beshikka belashdan voz kechsak, o‘zbek millatining taraqqiyoti tezlashadi degan ma’no bor. Muallif: "œMen bunday demoqchi emasman", deyishi mumkin. U holda yuqorida bayon etilgan fikrda mantiq bormi o‘zi?
«O‘zbekiston» teleradiokanali orqali namoyish etilgan "œShaxsiy fikr" ko‘rsatuvining navbatdagisida beshik masalasi muhokama qilindi. Ko‘rsatuvni biroz kechikib ko‘rganligim bois beshik haqida o‘z mulohazalarini bildirgan akaning ism-sharifini bilolmay qoldim. U kishini shartli ravishda muallif deb nomladim.
Muxlis sifatida, "œShaxsiy fikr" haqidayam shaxsiy fikrimni bayon etishni loyiq bildim. Ko‘rsatuvning nomlanishi "œShaxsiy fikr" ekan deb, aljirab-valjirashlar ham namoyish etilaveradimi? Mavzu tanlashda yuz minglab tomoshabinlarning umumiy dunyoqarashi salmog‘ini e’tiborga olish unutib qo‘yilmasa edi. "œShaxsiy fikr"ni biz tor doirada, masalan, choyxonada bildirsak, balki o‘rinli bo‘lar. OAVda fikr aytiladigan bo‘lsa, sal "œu yoq-bu yoqqa" qarab, saviyani charxlab, eng muhimi, omma tomonidan e’tirof etiladigan, odamlarning g‘ashini keltirmaydigan mavzu tanlansa, hammabop ko‘rsatuv bo‘lardi-da! Aks holda"¦ Masalan, Rossiya telekanallarining (afsuski, bizning telekanallardagi ko‘rsatuvlarning mazmunida, hatto suxandonlarning o‘zini tutishida Rossiya telekanallaridan olingan nusxachilik — taqlid yaqqol namoyon bo‘lib turadi. Buni "œO‘zbekiston" teleradiokanalidayam ko‘rish mumkin, "œYoshlar"dayam. Taqlid sindromi alomatlari bor"¦ Eng kulgili tomoni, Rossiya telekanalchilari chet ellik hamkasblariga taqlid qilishadi — nusxa ko‘chirishadi. Biznikilar esa"¦ Xullas, bular alohida mavzu. "œPust govoryat" ko‘rsatuvida umrining 50 yilini erkaklikda o‘tkazib, bundan buyon "œayol"ga aylanishni xohlab qolgan va jarrohlik yo‘li bilan niyatiga yetgan kimsa muhokama qilindi. Ko‘rsatuv ishtirokchilari o‘sha qahramonni oqlab mulohazalar aytishdi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, qahramonni yoqlab fikr aytganlarning o‘zlari ham "œo‘shanaqa" toifadagilar ekan. Umuman xunasa kasalligi hayotda uchrab turadi. Ya’ni shundaylar yo‘q emas, bor! Ana shu (xunasa)ni keng ommaga targ‘ib (ha, aynan targ‘ib!) qilish shartmidi? Bundaylar o‘n mingtadan bittadir, yuz mingtadan bittadir. Saviyasi, ko‘rsatuv mavzusini qarangki, shuni OAVda namoyish etilyapti?! Darvoqe, "œayolga aylangan erkak"dan nafratlanganlar ham bo‘ldi. Negadir, bunday qarashlarni kamroq namoyish etishdi. Savol tug‘iladi: bu ko‘rsatuvni tayyorlashdan maqsad nima? Omma e’tiborini (xunasalarga) jalb qilishmi? Yoki "œShaxsiy fikr"ni shakllantirishmi, odamlarni "œteran" fikrlashga jalb qilishmi, "œqoyil" qoldirishmi? Savollar ko‘p, javob esa bitta: bu — axlatxonani titkilab, uning ichidan xo‘shbo‘ylikni axtarishdan boshqa narsa emas!!! Axir, ko‘rsatuvda bir necha yil er-xotin bo‘lib yurgan juftlarning biri — "œer" o‘z xotinini "œdugonam" deya maroqlanib e’tirof etdi va bu e’tirof ko‘rsatuv ishtirokchilarining olqishlari bilan "œboyitildi".

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 13:58:07

Yuqoridagi mulohazalar o‘zimizning "œShaxsiy fikr"imizga ham qisman taalluqli. Ko‘rsatuvning nomi mazmundor. Joriy etilganiyam e’tiborga loyiq. Biroq mavzu tanlashda, ko‘rsatuvga taklif etilayotganlarni saralashda qovun tushirib qo‘yilmasa edi, yanada yaxshi bo‘lardi.
Chunki ko‘rsatuvda ishtirok etayotgan shaxs, avvalo, ko‘tarilayotgan mavzuning miridan sirigacha tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Holbuki, muallif beshikni bola uchun nuqul mahkam bog‘lab qo‘yiladigan "œjazo anjomi" o‘laroq talqin qilib o‘tiribdi. Muallif o‘zicha: "œMen beshikka qarshi emasman, bolaning uzoq muddat beshikda yotib, qolib ketishiga qarshiman", degan mazmunda gapirdi. Demak, muallif berahm, beshafqat, o‘z chaqalog‘ini bog‘lab azoblab, rohatlanadigan "œmanyak-ona"lar uchun o‘zining "œqimmatli" va "œkamyob" fikrlarini bildiribdi-da. Bu o‘rinda muallifning fikri juda o‘rinli. Ammo fikr yuritib ko‘rsak: hatto, umuman savodsiz ona ham (agarda u vahshiy bo‘lmasa) beshik yoshidagi bolasining kun tartibini yoddan biladi. Beshikdagi bola yig‘layverdimi, demak, uning uyqusi pishgan — beshikdan yechib olinadi. Uxlaydigan vaqti kelganda esa yana xarxasha boshlanadi — beshikka belash vaqti kelganidan darak. Yana bir bor alohida ta’kidlash joizki, farzandidan voz kechmagan ona har qaysi sharoitda o‘z farzandini beshikka bog‘lab uzoq muddat chirqiratib qo‘ymaydi. Qolaversa, beshik bu faqatgina bog‘lab qo‘yish jihozi emas. Muallif umri mobaynida loaqal bir marta beshikni ko‘rgan bo‘lsa — beshik tebranuvchi moslama ekanligigayam iqror bo‘lardi. "œKo‘rganman, beshikda yotganman" degan iddaodagi "œmutaxassis" zinhor va zinhor beshikdan ehtiyot bo‘lishga chorlab jonbozlik ko‘rsatmagan bo‘lardi. Bu mavzuga ilmiyroq yondashilganda edi, ko‘rsatuvdagi shaxsiy fikrlarga o‘rin qolmasdi. Misol uchun mana bunday: chaqaloqni oyoq-qo‘llarini ravon qilib to‘g‘rilab beshikka belanadi. Deylik, u yig‘ladi, onasi emizadi. Bunda ovqat hazm qilish jarayoni hech qanday zo‘riqmaydi, chunki ona suti — bu somsa, kabob, qazi-qarta kabi oshqozonni zo‘riqtiradigan maishatlar emas. Bordi-yu, bolaning qorni to‘q bo‘lsa, u emmaydi. Shunda ona allalab, asta beshikni tebratadi, ha, beshik bir maromda (ritm bilan) tebranadi. Bu tebranishning, allaning chaqaloq ongiga, oromiga ijobiy ta’sirini fahmlash uchun fizikani, biologiyani yaxshi bilishi kerak odam. Binobarin, bir maromdagi qaytariluvchi tebranish va alla bo‘lajak teran fikrli, zukko, iligi to‘liq shaxsning tamal toshidir. Shu tariqa bola uyquga ketadi, vaqti kelib, tiniqib uyquga to‘yib orom olgan bola uyg‘ongach yig‘laydi. Ona yana emizadi, tebratadi, bordi-yu, bolaning uyqusi chala bo‘lgan bo‘lsa, yana uxlaydi. Aks holda yig‘laydi. Endi beshikdan yechib olish fursatidan darak bu. Beshikdan olingan, tiniqib uxlagan bolaning ko‘zlari chaqnab, erkin harakat qiladi. Xulosa qilaylik-chi, shu jarayonlarning qay biri bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi? Muallif esa o‘z "œbilimdon"ligini namoyish etish bilan ovora.

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 13:58:22

O‘sha kungi "œShaxsiy fikr"dan keyin onamlarga beshikning zarari haqida murojaat qildim. "œOlti nafar o‘g‘il-qizni — aka-singillaring hammangiz beshikda yotgansizlar. Birorta suyaging maymoqmi, o‘zingga bir qara-chi? Kim beshikka til tekkizgan bo‘lsa bekorginani gapiribdi. Beshik bolasi — bek bolasi, degan naql qadimdan bor"¦" dedilar onam shaxsiy fikrlarini izhor qilib.
Ko‘rsatuvdagi mavzuga doir savolni bolalar shifokori-pediatr hakimga aytdim: "œUka, biz o‘qigan tibbiy risolalarni birortasida beshik haqida umuman gap yo‘q. Gapni indallosi shuki, u paytlar nainki beshik, balki sunnat (xatna) qildirish ham eskilik sarqiti hisoblangan va bular qattiq qoralangan, qat’iy taqiqlangan"¦" — deydi yoshi ellikdan oshgan suhbatdoshim. — Beshikning zarari haqida sahifa-sahifa maqolalar e’lon qilinardi.
Ha-a, mana qaerda ekan, muallifning kuyib-pishib beshikdan "œxavotir" olayotganining bosh omili. "œ"¦ An’ana bugun shakllangan emas, an’ana kecha ham shakllangan emas, u avvalgi kun shakllangan. Bu, demak, o‘sha an’anada avvalgi kunning aksi bor"¦ Unga tanqidiy qarashni bilishimiz kerak. Millatning yetukligi o‘ziga tanqidiy qaray bilishida belgilanadi. Tanqidiy qarasak, bizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillardan qutulishimizga, taraqqiyotimiz tezroq bo‘lishiga imkoniyat tug‘iladi", — deydi muallif.
E’tibor bersak, mavzu beshik haqida bo‘lyapti. Ya’ni bolani beshikka belashdan voz kechsak, o‘zbek millatining taraqqiyoti tezlashadi degan ma’no bor. Muallif: "œMen bunday demoqchi emasman", deyishi mumkin. U holda yuqorida bayon etilgan fikrda mantiq bormi o‘zi?
Butun ko‘rsatuv mobaynida muallifning arosatdagi mulohazalari sezilib turdi. Ishtirokchilarning "œSiz shunday, shunday, dedingiz", degan e’tiroziga muallif javoblaridan: "œMen shunday, shunday, deganim yo‘q, shundayroq, shundayroq dedim, xolos" qabilidagi ma’no kelib chiqdi. Maqsad beshikni inkor qilish yoki qisman inkor qilish! Bundayin arosatga, nihoyat psixolog aralashib nuqta qo‘ydi. Binobarin risoladagidek "œqovun tushirdi". Ya’ni uchinchi ishtirokchi, psixologning fikricha, "œ"¦tibbiyotchi (ko‘rsatuv ishtirokchisi) sifatida (Matluba Sharipova) beshikka butunlay qarshi turishi kerak edi"¦" Shu fikrdan so‘nggina beshikning "œeskilik sarqiti" ekanligi ma’lum bo‘ldi va mavzuga oydinlik kiritildi.
Ko‘rsatuv avvalrog‘ida muallif "œbeshik tarixiga bir nazar tashlab", u yuz yilmi yoki ikki yuz yilmi avval paydo bo‘lgani noma’lumligini, Forobiy va Navoiylarning beshikda yotgan yotmaganligi masalasi mavhum ekanligini iddao qilgandi. O‘sha dolzarb mavzuda gapira turib, bu qadar yuzaki fikrlarni bildirish o‘zini bilgan odamga ep emasligini ham eslatib qo‘ymoqchimiz. Tarixga nazar solsak, Farobiy ham, Navoiy va boshqa allomalarning ham beshik bolasi bo‘lishgani aniq, bundan ming yillar avval ham beshik bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. "œBeshikdan qabrgacha ilm izla" (arabchasi «lahdi ilal mahdi"¦») hadisini olaylik. Bundan 1400 yil avval aytilgan gap bu. Yo‘rgak yoki boshqa ma’nodagi (masalan belanchak) atamasi qo‘llanilganda edi, albatta: "œYo‘rgakdan, belanchakdan yoki chaqaloqlikdan to qabrgacha ilm izla", deyilgan bo‘lardi. Bu mulohazaga shubha bildiradigan bo‘lsak, mana bunisini nima deb izohlaymiz:

Qayd etilgan