Hurmatli foydalanuvchilar.
Ogohlantiraman:
Har xil bo'lar-bo'lmas mavzularda har xil gap-so'zlar yozib, vaqtingizni isrof qilgandan sukut qilmoq afzal.
BelleQizcha, NANO va b., ko'p off-top qilyapsizlar. Forum ko'chadagi suhbat emas, keyinchalik, nahot men shularni yozgan ekanman, deya o'zingizga taajjubda bo'lmaslik uchun o'ynab yozasangiz ham o'ylab yozing. Zero, har bitta postingizda ham kimgadir foyda bo'lsin.
Ibn Uyayna, O'zbekistonda taqiqlangan saytlardan maqola olib qo'yish man etiladi. E'tiborli bo'ling.
Akkountini o'chiraman deganlarga:
Bu borada yangi qoida kuchga kirmoqda:
1. Akkountini o'chirish uchun ariza tushgandan so'ng, administrator uch kunga arizani bajarmay turadi. Uch kun ichida forumdan chiqmoqchi bo'lgan yuzer arizani qaytarib olishi yoki yakuniy qarorni qabul qilishi mumkin. Uch kundan so'ng esa, agar niyat sobit bo'lsa, akkount o'chiriladi.
2. O'chirilgan akkount hech qachon tiklanmaydi. Endi boshqa nomda qaytib, faoliyat yuritish ham mumkin emas. Agar bu holat yuza bersa, e'lon qilinib, qayta o'chiriladi. Shuning uchun ham akkountni o'chirishdan avval 3 kun muddat beriladi. Shu muddat ichida yuzer o'z qarorini beradi.
3. Forumdan vaqtinchalik foydalanmaslik qoidasi joriy qilinadi. Buning uchun yuzer falon muddatga meni forumdan foydalanmaydigan qiling degan talabnoma yuboradi. Administrator esa, uni shu muddatda forumga kirolmaydigan qilib qo'yadi.
Hurmatli forumdoshlar, forumimiz qoidalariga amal qiling. Haqiqiy maqsadlarimizdan chalg'imaylik!