Umumiy bo'lim > Fikr va mulohazalar

Ogohlantiruv!!!

<< < (3/7) > >>

AbdurRohman:

--- Iqtibos: AbdulAziz  16 Fevral 2011, 10:31:23 ---dust forum qoidalarini qo'pol ravishda buzgani, forum a'zolarini haqorat qilgani uchun ban qilindi.

--- End quote ---

Admin akamizniyam sabrlari tugadi shekilli, bitta sariq kartochka kutgandim. Lekin og'amiz birdan ikkita ko'rsatvordila.
Negadir dustni postlari gayrat17 nickli forumdoshimizni eslatadi.

AbdulAziz:
Abdurrahmon, dust bilan gayrat17 umu8man boshqa odam.

Umidvor_banda, juda ko'p off qilyapsiz. Ogohlantiraman.
Yana davom etsangiz, dust huzuriga siz ham yo'l olasiz.

AbdurRohman:

--- Iqtibos: AbdulAziz  16 Fevral 2011, 10:53:32 ---Abdurrahmon, dust bilan gayrat17 umu8man boshqa odam.

--- End quote ---

bularni bir kishi demoqchimasman. aytmoqchimanki, bu userimizni ham yozuv uslublari juda ko'pchilikni e'tiroziga sabab bo'lmoqda, bir vaqtlar gayrat17da bo'lgandek :)

AbdulAziz:
Hurmatli foydalanuvchilar.
Ogohlantiraman:
Har xil bo'lar-bo'lmas mavzularda har xil gap-so'zlar yozib, vaqtingizni isrof qilgandan sukut qilmoq afzal.

BelleQizcha, NANO va b., ko'p off-top qilyapsizlar. Forum ko'chadagi suhbat emas, keyinchalik, nahot men shularni yozgan ekanman, deya o'zingizga taajjubda bo'lmaslik uchun o'ynab yozasangiz ham o'ylab yozing. Zero, har bitta postingizda ham kimgadir foyda bo'lsin.

Ibn Uyayna, O'zbekistonda taqiqlangan saytlardan maqola olib qo'yish man etiladi. E'tiborli bo'ling.

Akkountini o'chiraman deganlarga:

Bu borada yangi qoida kuchga kirmoqda:

1. Akkountini o'chirish uchun ariza tushgandan so'ng, administrator uch kunga arizani bajarmay turadi. Uch kun ichida forumdan chiqmoqchi bo'lgan yuzer arizani qaytarib olishi yoki yakuniy qarorni qabul qilishi mumkin. Uch kundan so'ng esa, agar niyat sobit bo'lsa, akkount o'chiriladi.

2. O'chirilgan akkount hech qachon tiklanmaydi. Endi boshqa nomda qaytib, faoliyat yuritish ham mumkin emas. Agar bu holat yuza bersa, e'lon qilinib, qayta o'chiriladi. Shuning uchun ham akkountni o'chirishdan avval 3 kun muddat beriladi. Shu muddat ichida yuzer o'z qarorini beradi.

3. Forumdan vaqtinchalik foydalanmaslik qoidasi joriy qilinadi. Buning uchun yuzer falon muddatga meni forumdan foydalanmaydigan qiling degan talabnoma yuboradi. Administrator esa, uni shu muddatda forumga kirolmaydigan qilib qo'yadi.

Hurmatli forumdoshlar, forumimiz qoidalariga amal qiling. Haqiqiy maqsadlarimizdan chalg'imaylik!

NANO:
Uzr!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version