Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!  ( 20430 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 15:38:58

Assalomu alaykum.
Samarqand haqida juda ko'p yaxshi gaplar aytish mumkin, to'g'ri, lekin ancha-muncha tanqid gaplar ham eshitib turamiz.
Yaqinda Samarqandda bo'lib qaytdim. Ro'za oyi bo'lishiga qaramay, yo'lda butilka ko'tarib olgan yoshlar, ayollar erlari bilan, katta erkaklarga ko'zim tushdi. Juma shahriga ketadigan marshrutka kutib turgandim, o'sha joyda ukamdek bolalarning tamaki tutatib turganliklari dilimni xira qildi. Judayam xafa bo'ldim. Ro'zadorlarning hurmati mana!!! Hech kimning ishi yo'q bunaqalar bilan! Yoshi katta onaxonlar-u, otaxonlar biron narsa dermikin, deb qarab tursam, ularning o'zlari pista chaqqan, nos otgan...
Xullas, shu taraflarini o'ylasam, azim Samarqand diniy ilmdan ancha qoloq ekanligini his qilaman. Allohdan insof-u tavfiq, kerakli va oxiratimiz uchun foydali ilm so'raymiz!

Qayd etilgan


UzMuslim  21 Avgust 2010, 15:50:45

Hamma Joyda Shunaqa Bo'lib Ketyapti O'zi Hozirgi Kunda...

Qayd etilgan


BilmasOY  22 Avgust 2010, 14:12:40

Assalomu alaykum.
Samarqand haqida juda ko'p yaxshi gaplar aytish mumkin, to'g'ri, lekin ancha-muncha tanqid gaplar ham eshitib turamiz.
Yaqinda Samarqandda bo'lib qaytdim. Ro'za oyi bo'lishiga qaramay, yo'lda butilka ko'tarib olgan yoshlar, ayollar erlari bilan, katta erkaklarga ko'zim tushdi. Juma shahriga ketadigan marshrutka kutib turgandim, o'sha joyda ukamdek bolalarning tamaki tutatib turganliklari dilimni xira qildi. Judayam xafa bo'ldim. Ro'zadorlarning hurmati mana!!! Hech kimning ishi yo'q bunaqalar bilan! Yoshi katta onaxonlar-u, otaxonlar biron narsa dermikin, deb qarab tursam, ularning o'zlari pista chaqqan, nos otgan...
Xullas, shu taraflarini o'ylasam, azim Samarqand diniy ilmdan ancha qoloq ekanligini his qilaman. Allohdan insof-u tavfiq, kerakli va oxiratimiz uchun foydali ilm so'raymiz!

Shunaqa deysiz-u, lekin o'zimiz yashab turgan Toshkentda ahvol qanaqa? Siz bilmadim qayerda yashaysiz, lekin Toshkentda ham ahvol shunga yaqinroq.  Muborak Ramazon oyi bo'lsa hamki, ko'cha kuyda bu oyni boshqalaridan faqrlab bo'lmayapti. Oshxonalar oldida odam har doimgidek gavjum, hammani qo'lida coca colayu fanta, juda bo'lmasa oddiy hydrolife suv. Qizlarniyam, yigitlarniyam burqsitib olgan atirini hidi 5metr naridan ham seziladi. Yosh bolachalarning chekishiniku gapirmasa ham bo'ladi. Ularning hattoki payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni tanimasliklarini ko'rib xafa bo'lib ketasan kishi. Mayli, hammaga ham Alloh insof bersin.
   Aytmoqchi bo'lganim, siz ko'rgan holat faqat Samarqandda emas, hamma joyda shunaqa. Chunki hamma joydayam xo'roz bir xil qichqiradi.

Qayd etilgan


munisaxon  22 Avgust 2010, 17:29:57

Mustaqilligimizning 19 yilligiga atab Samarqandda bir qancha qurib bitkazilgan turar- joy, savdo inshootlari foydalanishga topshiriladi.
Hozirda Ulug`bek Rasadxonasining qayta qurish -rekonstruksiya ishlari tugallangan. Juda chiroyli manzara hosil bo`lgan.
Bundan tashqari Shahrimizning Mirzo Ulug`bek, Bo`stonsaroy Kabi ko`chalaridagi eski binolar o`rniga yangi ko`rkam binolar qurib bitkazilyapti.
To`g`risi ilgari ko`chalarning chetidagi binolar biri katta biri kichik bo`lib turardi. Hozirda esa ularning o`rnida qurilgan inshootlar ko`zni quvontiradi.
Shu shaharni har kuni ko`rib turib ham biz oldingi sharni esga keltirish qiyin bo`lib qoldi.
Samarqandga bir kelib sayohat qilib ketishni taklif etaman barchaga
Marhabo!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Avgust 2010, 18:35:11

Bismillohir rohmanir rohiym!

Munisaxon, Xush kelibsiz Samarqandliklar bo'limiga! Ma'lumotlaringiz uchun katta rahmat!

Forumdagi faoliyatingizga omadlar tilayman. Kuningiz xayrli o'tsin!

Qayd etilgan


munisaxon  22 Avgust 2010, 23:01:12

Assalomu alaykum rahmat tilaklaringiz uchun.
Iloji boricha bizning viloyatimiz haqidagi yangiliklardan boxabar qilishga harakat qilamiz.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Avgust 2010, 16:24:43

Assalomu alaykum rahmat tilaklaringiz uchun.
Iloji boricha bizning viloyatimiz haqidagi yangiliklardan boxabar qilishga harakat qilamiz.


Bismillohir rohmanir rohiym!

Shunday qiling, Olloh sizdan rozi bo'lsin! Sizga katta rahmat, singlim.

Kuningiz xayrli o'tsin!

Qayd etilgan


AbdulAzim  27 Avgust 2010, 04:29:39

 :as:

Samarqanddagilar, imkoni bo'lsa o'sha o'zgarishlar tushurilgan suratlardan qo'yib borsalaringiz, yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Avgust 2010, 04:39:02

Munisaxon Samarqandda bölsalar rasmlarni u kishidan kutamiz. Men afsus uydamasman. Lekin harakat qilib köraman.

Qayd etilgan


yoqutxon  30 Avgust 2010, 20:02:45

Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh azim Samarqand shahridan bo'lgan forumdoshlarim.Men Samarqandlik bo'lmasamda shahringiz odamlari, tarixi, urf odatlariga bo'lgan hurmatim cheksiz. Zero Samarqand azal azaldan dunyoning madaniy, ilmiy o'choqlaridan biri hisoblanadi. Har safar bu azim shaharga borganimda yangidan yangi tasurotlar bilan qaytaman. Samarqand o'zgacha shukuh va fayzga ega nazarimda. Barchangizga omad, sihat salomatlik tilayman.

Qayd etilgan