ВОДИЙЛИКЛАР УЧРАШУВИ - 2  ( 32405 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  03 Avgust 2010, 09:15:56

Paqat vodiyda tuy bulaverarkanda a...

Paqirni kupi vodiyda bitganmu deyman taqsirlar  :D

Toshkanli porumdoshla bizam bir yig'ilsak yaxshi bulardi... toshda xam joy serop ...

Hozir zamon boshqachada, sabzi tiqqan bilan ish bitarmidi? Na bir jaranglasa, na bir ovozi chiqsa : )

Shunga, Rahimboy, siz ham jarangdor qilib bir paqir tepib ko'ring. Zora, tushunib qolishsa : )

Toshkanli yuzerlar, albatta yig'ilishiylar. Anu Chustiy bo'lganda hechqursa, kapkiri bilan boshlaringga urib-urib yig'ib turardi. Yaqinda bolalar ta'tildan qaytishadi. Shunga uyushtiriyla. Inshaalloh, o'shanda Toshkanga yo'lim tushsa man ham ziyorat etaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2010, 14:01:12

Assalomu alaykum!
Forumdoshlar, inshaalloh ertaga ko'rishib, tashkillashtirish rejamiz, inshaalloh shunday bo'lg'ay:

1. Namangan, Baliqchidan keladigan foydalanuvchilar ila, inshaalloh, Marg'ilonda soat 6.45 (eng oxirgi kutish soati) yig'ilib, so'ng Farg'onaga yo'l olgaymiz.

To'yxona manzili: Farg'ona shahri, Quva ko'chasi, Quva povoroti yaqinida. "Mazza" kafesi.

2. Andijondan keladiganlar va kech qolganlar to'g'ri Farg'onaga kelib, bizga sim qoqaverasizlar. Inshaalloh, ko'rishib, to'yga kirib chiqamiz.

To'yda nonushtani qilib bo'lib, Vodil tomon yo'lga tushamiz. Inshaalloh hamma go'zal tomosha va xordiq o'sha yerda bo'ladi.

Ertalabki to'yga ulgurmaganlar qaydasan Vodil deb, Vodil qishlog'i markaziga borib, qo'ng'iroq qilsalar, inshaalloh topishib olamiz.

Diydor ko'rishguncha, azizlar.

Qayd etilgan


Nоdirbek  03 Avgust 2010, 19:16:11

Ozgina tanaffusga chiqsam shunaqangi strelkalani tashkil qivorasila, keyin biz qopketamiz.
Chustiy vatanda bo'gan paytlarida, hatto Toshkentda bo'ladigan diydorlashuvgayam aytardila :)
Hazillashdim, ayb o'zimda nomerni ham vaqtinchalik o'zgartirgandim. Davron aka bilan MuhammadSohib akalar telefon qilishdi. Qolganlardan yana kimlar telefon qilgani ham ma'lum bo'ldi. Barchangizga katta rahmat!

Qayd etilgan


Nоdirbek  03 Avgust 2010, 20:51:33

Onlineda kuzatadiganlar safiga maniyam qo'shib qo'yarkansizlar. O'zi kecha Toshkentdan kelgandim. 1-2 kun ichida tugatishim kerak bo'lgan zarur ishlar bor edi. Shuning uchun bora olmayman... :3

Qayd etilgan


Nоdirbek  04 Avgust 2010, 11:23:34

Yangiliklar kunduzgi soni bilan efirda Nodirbek.
Hozirgina mayishatparastlar bilan telefon orqali bog'landik va admin janoblaridan onlayn intervyu oldik. Ovozlaridan juda ham xursand edilar. To'ydagi ziyofatni o'tkazib, Vodilga yo'l olish arafasida ekan. Ayni paytda Farg'ona shahridagi favvora atrofida forumchilar yig'ilib turishgan ekan. Atrofimiz qizlar bilan to'la deyishdi. O'zi shovqindan bilinib turgandi.  Favvorani oldida bugun rosa kelin-kuyovlar rasmga tushishayotgan ekan. Buni ko'rib, forumdagi ikkita yosh, bo'ydoq yigit: Muhammad Said va Mirolim rosa havas qilishayotgan ekan :D Ko'rinishidan bugungi uchrashuv juda zo'r o'tayotgan ko'rinadi. Baribir bizni yo'qligimiz bilinadi. Biz deganda o'zini nazarda tutayapti deb o'ylamanglar, Chustiy va Abdulhafizniyam nazarda tutyapman :)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Avgust 2010, 14:44:49

Yangiliklarni navbatdagi soni bilan
efirda kamtaringina kamina : )
Hozirgina olingan xabarlarga ko'ra Farg'onani Vodil qishlog'ida mazza qilib aylanib yurishibdi, ayni damlarda bir OSMA KO'PRIKni ustida turishibtikan. Biz shu osma ko'prik ustida turganlarida "intervyu" olishga ulgurdik........., lekin negadir kamchilik........

Qayd etilgan


N.Nodirbek  04 Avgust 2010, 17:00:14

Hurmatli forumdoshlar Andijondaligim bois to'y tantanalariga o'ta olmadim.Ammo Qahramonjon akamizni bu ayyom bilan muborakbot etaman. Alloh hayrli qilsin nikohlarini.

Qayd etilgan


Mirоlim  04 Avgust 2010, 22:37:13

:bsm:
 :as:
Ahli forum.
Ho'p bir chekadan boshluramanda Davronaka siz birinchi yozib tasheng biz davom ettirvoramiz dedida  ;)Endi o'zim boshle qolaman.
Ertalabda 5:40 larda Davronaka telfon qildi qayerdasiz uje yo'lga chiqishga tayyorman.
Mashina to'lishini kuttim.
Anjandan Parg'onani "Mazzzzza" restoraniga 50-minutda yetib borishimizni aytdi shopir.
Davron aka, G'ayrat aka, Muhammad Said oshnamizni "Mazzzzza" restoranini oldida kutish bilan mashg'ul edim yaxshi oz vaqtda kelishdi.
Keyin billa To'yxonaga kirib kiyovni ismi nimediya  ;) Ha Qahramonjonakaga forumdoshlarniyu o'ziminizni tabriklarimizni yetkazib to'yxonaga kirdik.
Nonushta qildik.(Anjanda nonushtaga Mastava&Osh bo'lardi,Parg'onada bo'lakcha ekan Sho'rva&Osh ekan hmm ::)).
Keyin To'yxonada Muhammad Sohibakani kutib o'tirdik ular ham kelib kiyovga tabriklarini bildirdilar suhbatni olib, ziyoratni qolganini rejalashtirib, shaxarni aylanmoq istaginda Farg'ona shaxar Ahmad Al-Farg'oni milliy istirohat bog'ini va haykalini ziyorat qildik.
Favvoralar qat rostlagan ularni oldiga borib tamosha qilib bahri diling yoziladi, ta'riflashga so'z boyligim kamlik qiladi o'sha damlarni.O'sha vaqtda onlayn kuzatuvchilardan Nоdirbek qo'ng'iroq qilib qoldilar, Akalar ular bilan suhbatlashishidi.
Ajablanadigon holat bugun Qahramonjonakadek kiyov bo'layotganlar ko'p ekan Parg'onada qoile 3-4-ta bo'p ketti atrofda kelin-kiyovlar  :o.
Bog' ichi orqali uning oldi tarafiga o'tib bozorni oldidan mashina gaplashib Vodilga yo'l oldik urrra  :1 :7
Vodilga boradigon yo'l manzarasini ko'rib borar ekanmiz TATU Farg'ona filiali, Admin Davron akamizni ish maskanlari va boshqa joylar bilan tanishib kettik.
Vodilda "Kelgindi keling" o'zbek filmidagi qishloq joyda olingan Chinorni tamosha qilib, uni tarihlari bilan tanishib Adminimiz va ashetta yozilgan tahtacha orqali  :D (1136 -ga kiribdi o'sha Chinor).Chinorlar tagidegi so'lim so'rilarda "oq saqol" Otaxonlar suhbat qurib o'tirishardi.Ulardan Namozi Peshinni o'sha yaqin oradegi masjiddagi vaqtini so'rab va so'ng masjidga Namozi Peshinni o'qgani kirdik.
Peshindan so'ng ashetlik bir ko'zi ojiz otaxonni ziyorat qilib suhbatlarini oldik.
Ajoyib baytlar keltirar ekan.Qoil qoladigon darajada!
So'ng kunduzgi tamaddi qilgani nomi "Yodimda yo'q" stalavoyiga kirib obedni qilib, uzoq, ko'p yurishga tayyor bo'lib Sharxon soyni ancha joylarini ziyorat qip tashadik ohiri bir joyga borib o'shetta soyni sovuq taftini his qilmoq uchun soyga yalang oyoq holida tushdik rasmga ham.
Yana ham teppalikka chiqib ketayotgan edik ................. iloji yo'q ekan.)! :(
Orqaga qaytib Chinor oldida qandedur ko'ngil ochar tomoshalar bo'lardi Muhammad Sohibaka bilan menga Parg'ona qurtop (qurt didimi) shuni olmoq uchun bozorchasiga qaytib o'shani olib yana bir ziyorat qilinmagan joylarni ziyorat qilib so'ng uyga qaytishga qaror qildik.Bir ovozdan.
Meni Anjan mashinasiga o'tkazib o'zlari Marg'ilonga yo'l olishdi.

Ta'rif :
AbdulAziz aka : Ajoyib inson ekanlar.Gapni joyida topib va keganda gapiradigon, juda insonni ko'nglini ko'taradigon hislatga ega inson ekanlar.Alloh rozi bo'lsin.
Muhammad Sohibaka : Ajoyib suhbatdosh.Hech forumda gaplashmagan bo'lsakda ancha muloqotga tez kirishib ketadigon inson ekan.Alloh rozi bo'lsin.
G'ayratjon aka : U akamiz bilan uncha ko'p gaplasha olmadik to'yxonadan so'ng zarur ishlari bor ekanlar ketib qoldilar.Yuzlaridan gapirishlaridan menda yaxshi hulosa qoldirdi.Alloh rozi bo'lsin.
Kiyov Qahramonjonakamiz : Oma qoil "Aytilgan joydan qol, aytilmagan joydan qolma", bo'p ketti buyog'i hali hech ko'rishmagan forumdoshlarimni tanishlari ekanlar, ular qatori men ham va kelmaganlarni nomlaridan ham ularni tabriklashga menda ajoyib sharoit bo'ldi.Bu uchun akalarga rahmat aytaman.
Ular ham hamisha hush kayfiyatda yuradigon inson ekanlar, bizga charchaganlarini bilintirmashga harakat qildilar ammo lekin ancha toliqqan edilar.Allohim baxtini bersin.
Muhammad Said :Oshnamiz bir "peshonasi yaltillagan" inson ekanlar.U kishi bilan ham ancha tez topishib yaxshi muloqotda bo'ldik.Kitob Tvdan muhlislikdan hech charchamas ekan.Alloh rozi bo'lsin.
Bormaganlar bilan endi qachon Alloh nasib qilsa ko'rishib qolishni Allohdan so'rab qolaman.
Uchrashuv tashkilotchi va ishtirokchilariga Anjanlik Mirolim nomidan kattakon rahmatlar Alloh bundanda ziyoda qilsin. :amn:



Yodimdan ketmas Farg'ona manzaralari
Sho'x-shodondek ajib, go'zal favvoralari
Namozga a'zon aytib hush ovoz so'filari
Baytlarni zo'r keltirar oq saqol otaxonlari

Soy-u anhorlarini taftidan olasiz rohat
Nasib qilganiga Allohga shukur be adat
Qolsammikin... deb o'ylab qolasiz faqat
Hech bir insonida yo'qdur g'alamiz illat
Tashkilotchilarimizga kattakon rahmat

Kirib keldim ona shaxrim Andijontamon
Vodiy uchrashuvidan so'ng sog'-omon
Kayfiyatlarim doimgidanda a'lo hamon
Keyingi uchrashuv aytilar qay zamon?  ;)
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 09:52:24

Assalomu alaykum!
Forumchilarning 2-tarixiy uchrashuvi kecha o'z nihoyasiga yetdi.

Unda quyidagi tarixiy shaxslar ishtirok etdilar:

1. Mirolim Andijoniy
1991 yili Andijon shahrida tug'ilgan. Bo'lg'usi talaba. Hozircha bo'ydoq.



2. Muhammad Said Marg'iloniy
1991 yili Marg'ilon shahrida tug'ilgan. Bo'lg'usi talaba. Inshaalloh shu yil noyabrlarga boshini ikkita qilish niyatida.



3. Muhammad Sohib Namangoniy
1984 yili Namangan shahrida tug'ilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini bitirgan. Boshi hozircha ikkita. Inshaalloh, yaqinda 3 ta bo'lish arafasida :)



4. AbdulAziz Marg'iloniy
1984 yili Marg'ilon shahrida tug'ilgan, O'zDJTU va O'zMUni tugallagan. Boshi ikkita bo'lganiga ikki oy bo'ldi.



5. Qahramonjon Marg'iloniy Farg'oniy
1986 yili Marg'ilon shahrida tug'ilgan. Farg'ona politexnika institutini bitirgan. Kechagina boshiga ola xurjun ildi, bechara :)



6. Zayd Marg'iloniy
1983 yili Marg'ilon shahrida tug'ilgan. Sharqshunislik institutini bitirgan. Ola xurjunni ko'tarib yurib, hormay-tolmayotganlardan.

Telefon orqali biz bilan birga bo'lgan uzoqdagi yaqin forumdoshlar:

7. Nodirbek Kosoniy
Nodirbek, rahmat, telefon qilib, holimizdan xabar olib, kayfiyatimizdan bahramand bo'lganingiz uchun. Bu kishi telefon qilganlarida Al-Farg'oniy haykali tagidagi fontan oldida Javik bo'lganda shu fontan tagida albatta rasmga tushardi, loaqal telefonini ko'targanda edi... deyayotgan edik.

8. Xolms Andijoniy
Mirolim, siz yaxshi bolamas ekansiz. Xolms, siz ham yomon bola ekansiz. Bitta joyda ekansizlar, birga keseylar bo'lmasmidi? Xolmsjon, keyingi sapar albatta birga keliylar. Bu kishi telefon qilganlarida Vodildagi qariyb 1200 yillik chinor ostida duelda edik.

9. Abdulhafiz Kosoniy Moskoviy
Sizga gap yo'q, Abdulhafiz. Lekin zemlyaklariz yaxshi bollarmas ekan. Biz ularni yurtiga borsak, kelishdi, 4-5 kishilashib, biz chaqirsak, bittalari keldi, xolos. Lekin bizning zemlyak qo'qonliklar ham ulardan qolishmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 10:07:29



Farg'ona bog'ida sayr qilayotgan azamatlar.



Ahmad al-Farg'oniy qoshida



Orzuga ayb yo'q



Fontan ostida

Qayd etilgan