ВОДИЙЛИКЛАР УЧРАШУВИ - 2  ( 32404 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 10:12:25





Shu kuni, biz parkka borgan daqiqalarda 4 juft kelin-kuyov shu yerga keldi.



Bu bolayam binnarsalarni xayol qilib, binnarslarni eslayapti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 10:53:44

Asosiy voqealar tafsilotini Mirolim yozibdilar. Ba'zi qolib ketgan daqiq nuqtalarni men eslatib o'tsam:

- Suhbatimiz mavzusi asosan futbol, Farg'ona taassurotlari, uylanganlar va uylanmaganlar haqida bo'ldi.

- Mirolimning Farg'ona shahriga birinchi tashrifi ekan.

- Farg'ona bog'ida Muhammad Sohib bo'yi va vaznini o'lchatdi. Aytishiga qaraganda uylangandan so'ng 8 kiloga semirganmish. Yana uylanishidan oldingi bosh og'riq dardi uylanishi bilanoq qolib ketganmish. Xullasi kalom, uylaninglar bollar.

- Muhammad Sohib balandlikdan qo'rqar ekan. Avvaliga katta charxpalakka chiqishdan cho'chigan Sohibni tagidan katta soy o'tgan osma ko'prik qimirlaganda ko'radigan ekansiz.

- Bilmasdan Qirg'iziston chegarasini bosib qo'yibmiz. Yaxshiyam kamera nimaligini yaxshi tushunishmas ekan. Yaxshi gaplashib orqaga qaytaverdik.

- Vodildan ikki soy oqib o'tadi. Ikkisi ham bir-biridan go'zal. Avval Oqsuv, so'ng Shohimardonsoy nomi bilan Vodilga kelib, Marg'ilonsoyga aylanadigan soyning suvida hech birimizga 1 minutdan ortiq turish nasib etmadi. Tezda Javikni esladik. Axir u shu soyda cho'milmoqchi edi-da.



Ushbu chinorning yoshi 1136 ekan. "Sharq chinori" deb nomlanarkan. Uning diametri qariyb 20 metrga teng. "Sharq chinori" Farg'ona tumani, Vodil qishlog'idagi Chinortagi istirohat bog'ida joylashgan.



Chinor ostidagi duel

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 11:03:22



Ikki soy orasidagi sayr.




Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 11:20:20





Soy bo'yida

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2010, 11:47:18

Uchrashuvdan videoreportaj:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=-Kq34rHvI6Y" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=-Kq34rHvI6Y</a>

Qayd etilgan


JaviK  05 Avgust 2010, 13:10:31





Soy bo'yida

:as: Uzr aziz forumdoshlar ulgurib bora olmadim. Imtihon 6 da deb 10 da boshlandi. AbdulAziz aka siz tel qilganda imtihonda edim. HEch qaysi uchrashuvdan qolmayman deb niyat qilgandim birinchi uchrashuvda. Endi nasib emas ekan. Shu joylarda men yetishmayapmande attang. Baribir cho`mila olmadik. Endi part-3 ni Iftorlik qilib Asakada cho`ntakda uyushtiramiz hudo hohlasa. Mirolim keyingi uchrashuvga Andijonga yo`llanma olib keldizmi? HA yahshi Andijonlilardan ham forumdoshlarimiz ko`payib qolgani zo`r bo`ldida. Ha aytgancha Iftorlik masalasini bir o`ylab ko`raylik.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  05 Avgust 2010, 13:26:19

maza bo'libdi lekin, haqiqiy hordiq. aslida hordiq chiqarish uchun sayohatga chiqqan odamlar battar charchab keladi, lekin asablari tinchib, g'am tashvishni "ishdan chiqarib" keladi.
har safarga chiqib kelganimda, avvalgi diqqatvozchiliklar ko'zimga arzimas narsa bo'lib ko'rinadi.

ilk to'rt rasmda Muhammad Sohibni qovoqlari boshqachami : )

Qayd etilgan


Zamiraxon  05 Avgust 2010, 14:38:40

Assalamu alaykum.
Qandoq bo'larkin bu mavzuga kirsam deb o'ylab o'ylab baribir kirdim. Forum yigitlari, birdamligingizga ko'z tegmasin. Yaxshi kunlardayam, saaal undan yomonroq (astag'furilloh) kunlardayam birga bo'linglar. Alloh rozi bo'lsin.
OFF: Vodiyga umuman bormaganman, lek orzu niyat holis :)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  05 Avgust 2010, 17:06:17

Bismillohir rohmanir rohim!

Bu uchravuvdagi barcha tafsilotlarni erinmasdan, boshidan oxirigacha o'qib chiqdim. Mendagi taasurotlar shu bo'ldiki, bir vatanga, O'zbekistonga borib kelganday bo'ldim. Bunaqa samimiy uchrashuvlar Xudo hohlasa ko'payaversin,Ilohim!
Yurtimiz bundanda gullab yashnayversin, elimiz hamjuhatligini buzilmasin, har bir o'zbekning oilasi fayzli, darturxoni barokatli bo'lishini Yakkayu yagona Tangri Taolodan so'rab qolaman.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  05 Avgust 2010, 17:23:28

maza bo'libdi lekin, haqiqiy hordiq. aslida hordiq chiqarish uchun sayohatga chiqqan odamlar battar charchab keladi, lekin asablari tinchib, g'am tashvishni "ishdan chiqarib" keladi.
har safarga chiqib kelganimda, avvalgi diqqatvozchiliklar ko'zimga arzimas narsa bo'lib ko'rinadi.

ilk to'rt rasmda Muhammad Sohibni qovoqlari boshqachami : )

:)

Ўша қовоқ бошқачароқ суратларда уйқусизлик аломатлари бор сди :) Кейин Водилга кетишда йслда бироз мизғиб, снги калла билан ҳаракатга тушдик :)
Кейинги расмлардаги қувноқлик кайфисти билинсптими?

Qayd etilgan