Assalomu alaykum!
Taajjub.Kecha shu bir taklif qilay deb doston yozayotgandim, ayrim sabablarga ko'ra, uni inetga ham jo'nata olmadim. Yaxshiki,
Muhammad Sohib (negadir, shu Sohibni eshitsam, hind kinolari esimga tushadi
) xabar beribdilar.
Sog'inch.Vodiylik forum "yulduzlari"ning birinchi tarixiy uchrashuvi o'tganiga ham ancha fursat bo'ldi. Barchaning xursand bo'lgani yuz-ko'zidan, postu kiritmalaridan ma'lum bo'ldi. Yana, diydor sog'inchi bilan, studiyada, boshlovchingiz Aytmatov.
Abuto'ramlarga.Ayni paytda qattiq o'qishga berilgan, ammo fikrining bir chetida forumni ham esdan chiqarmayotgan birqancha abuto'ramlar bor. Inshaalloh, hammalari 1-avgust kuni imtihonni topshirib chiqsalar, undan keyin ulardan bekorchi odam bo'maydi. Shuning uchun kelilar, 4 avgust kuni Farg'onani ham ziyorat etamiz.
Bir o'q bilan 2 quyon.Forumimizning bo'lajak "yulduzi" Qahramonjonning nikoh to'ylarini inshaalloh nahorda o'tkazsak (harqalay, nonushta tekin bo'ladigan bo'ldi), u kishiyam xursand, biz ham xursand orada diydorjon ham xursand. Keyin shu Farg'onani ozgina aylanib, so'ng Shohimardonning boshlanishi bo'lmish so'lim Vodil qishlog'i tomon sayr aylaymiz. U yerda ham soyning bo'yida qo'y yag'i qo'y go'shlarida devzira guruchdan bitta osh yeb, so'ng yana tomoshabop joylari sari yurish qilaveramiz-ta.
Biz kimlarmiz?Kim edik? O'sha eski va yangi forumdoshlar. Xullas, vodiy, Toshkandu, voha va janub ahli. Sizni lutfan uchrashuvga taklif etgaymiz. Fikrimcha, uchrashuvga borishga yo'q demaydigan mard o'g'lonlar
ro'yxati:1. Nodirbek Kosoniy
2. Muhammad Sohib Namangoniy
3. Dimu Chustiy
4. Ixlos Uychiy
5. Javik Andijoniy*
6. Mirolim Andijoniy
7. Mo'min Mirzo Andijoniy
8. Abdulloh Baliqchiy
9. Abdulaziz Marg'iloniy
10. Muhammad Said Marg'iloniy
11. Zayd Marg'iloniy
12. N.Nodirbek Farg'oniy
13. Jamshidjon Qo'qondiy**
14. UzMuslim Qo'qondiy
Onlineda kuzatadiganlar:15. Iqboljon Marg'iloniy***
16. Bahriddin Chustiy
17. Muhammad Solih Marg'iloniy
18. Abdulhafiz Kosoniy
19. A'zamjon Marg'iloniy
20. Habib Uchqo'g'oniy ?
____________
* Javik, Al-laziz va Mirolimni birga olib kelasiz.
** Jamshidjon, endi bu sapar albatta keling. Diydorizi sog'induk
*** Podvopros (chunki yaqinda uylanganlar)