Duo qilaylik abiturentlarni  ( 46297 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Abdulhafiz  31 Iyul 2010, 14:33:36

:as:
Shu kunlarda o'quv dargohlarida o'qishga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan Nodirbek, UzMuslim, Javik(adashmasam), Robiya(yodimga kelganlar) va barcha forumdoshlarni, "sog'-salomat" imtihonlardan o'tib, o'qishga kirib olishlarini va shuncha tayyorgarliklarini yaxshi-yaxshi samaralarini ko'rishlarini tilab duo qilaylik azizlar!

Qayd etilgan


Ansora  31 Iyul 2010, 14:38:06

 :vslm:

Rabbim barchalarini zehnlarini ochsin.
Sattor- sifati bilan yanglishlarini yopsin.
Quloqlariga farishtalar shivirlab, javoblarni aytib tursin iloyim : )

Yaxshi joylar nasib qilib, bizni sevintirsinlar.

Qayd etilgan


Chustiy  31 Iyul 2010, 15:10:48

Yurist ham magistraturaga harakat qip jotudi...

Allah barcha ta;lim muassasiga topshirmoqchi bolgan userlarimizga, imtihonlardan muvafaqiyatli otib olish bilan birga, oliy dargohlarda olajak bilimlarini, nafaqat ozlari uchun balki millatu, ummatga, jamiyatu, insoniyatga nafi tegadigan bilim sohib va sohibalaridan bo;lishni nasib etsin...


shu yerda bir gap esimga tushib ketti...
Har yili Kokaldosh madrasasida Qadr kechasida, talabalar orasida musobaqa boladi, bundan bir necha yil oldin, osha kechada biz ham tomoshabin sipatida borganimizda, Shayh MSMY talabalarga chiroylik bir suhbat qilib bergandilar...

Mazmunan: Bu dargohga bir necha yuzta oquvchi topshirish,kirish, oqish istagida yurishadi, ammo nasib qilgani o;sha istovchilarning bir qismini tashkil etadi holos...
Sizlarga Allah nasib etgan ekan kirishni va oqishni, siz bir ozingiz ikki uch kishini o;rnigayam oqishingiz lozim. Chuki bir joyga kamida ikki uch yoki to;rt kishi nomzod boladi, nomzodlarda bir kishiga nasib etadi, osha nasib etgan kishi qolgan sheriklari uchun ham, oqishi lozim.... degandila...

Qayd etilgan


JaviK  31 Iyul 2010, 22:54:28

Duo qilib turilar, sizlarga oliy o'quv yurtlarida, leksiya honalarda, pahtalarda yurish nasib qilsin. Hudo hohlasa o'qishga kirsam. Vodiylar uchrashuvi-3. Ni uyishtirib voramiz.

Qayd etilgan


Habib  01 Avgust 2010, 04:36:47

Barcha abiturientlarga Allohdan madad tilaymiz. O'ylagan niyatlaringizga O'zi yetkazsin!

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  01 Avgust 2010, 07:34:45

Bismillohir rohmanir rohiym!

ALLOHim O'zi madadkor bo'lsin bo'lajak tolibi ilmlarga!

Shu paytgacha o'qigan ilmlarini natijasini ko'rsatish fursati yetdi...


Qayd etilgan


Shukrona  02 Avgust 2010, 06:05:36

Assalomu alaykum. Albatta abuturenlar uchun duodamiz,imtixon natijalari chiqqunicha Allohdan sabr toqat tilab,suyunchli xabarlani eshitishilani so'rab qolamiz. :amn: :13

Qayd etilgan


Zamiraxon  02 Avgust 2010, 13:56:09

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar.
Test natijalarini kutayotgan bar4a abiturientlarga omad tilayman. Alloh taolo qilgan duolarimizni mustajob aylasin.
Ke4agi imtihon taassurotlaridan bizni ham bahramand qilinglar4i, özim bowlab beraymi? Men ke4a UzMU kimyo fakultetining yevro guruhiga imtihon topwirdim. Ertalab 6da uydan yaxwi niyat va duolar ila 4iqdim. Soat 10yarimda imtihon bowlandi, soat 1da 3ta fanni tugatib topwirdim. 4ar4aw, o4iqiw, 4anqawlarni gapirmasayam bölar-a?:-) bar4a umidim Allohdan. Duoda bölinglar men va bowqa imtihondan 4iqqan forumdowlar nomiga.
Alloh bar4angizdan rozi bölsin.

Qayd etilgan


Nоdirbek  03 Avgust 2010, 19:28:08

Duolarda bizni eslaganlarga alohida tashakkur!
Alloh barcha abiturientlarga talaba bo'lishlik baxtini nasib aylasin!
Shu duolarni natija chiqquncha davom ettirib turinglar iltimos...

Qayd etilgan


Dilafruza  03 Avgust 2010, 19:40:55

Inshoolloh!  Mehribon Robbim intilgan, undan sitqi dildan so'ragan bandalarini duolarini albatta, ijobat qiladi. Abiturentlar hozir sizlarga Allohdan sabr va O'qishga kirdingiz degan so'zni eshitishni tilab qolaman!

Qayd etilgan