Duo qilaylik abiturentlarni  ( 46293 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Sadulla  21 Iyul 2012, 08:06:09

 :asl3:

22-23 iyul kunlari Xudoxohlasa ijodiy imtixon topshiramiz.Imtixonlar ham shunday ulug'  kunlarga to'g'ri kelib qoldi bu yili,bu ham odamga qanaqadir bir dalda beryapti )) Duolar ijobat bo'ladigan shunday kunlarda sizlarning duolaringizdan ham umidvormiz aziz forumdoshlar!

Qayd etilgan


BilmasOY  25 Iyul 2012, 18:51:33

Ramazon oyida ro'zadorlarning duosi qaytarilmaydi deb eshitganman, hammamiz duo qilaylik, forumdoshlarga, boshqa abiturient tanishlarimizga ham imtihonlarni yaxshi topshirib talaba bo'lishlik nasib etsin :amn3:
 Faqat yaxshi va hammamiz uchun xayrli bo'lgan xabarlarni eshitaylik...  Hammangizga OMAD!!!

Qayd etilgan


Skato  25 Iyul 2012, 19:05:07

Assalamu alaykum vr.vb Forumdoshlar!!! Barchani Ramazon oyi bilan tabriklayman. Xamma abiturentlaga omad tilayman! xamma abiturentlaga halol imtihon topshirishlari lozim dip o'yliman sababi shpargalka ishlatishsa ustozlani haqqiga xiyonat qilgan bo'larkan... Musulmon inson birovni haqqiga xiyonat qilmidi va o'zini haqqini xam birovga xiyonat qildirib qo'ymidi... shpargalkadan ko'ra yaxshilab o'qib o'rganib allohga tavakul qilib topshirish kere dp o'yliman shunda alloh nasib qilsa albatta kirishadi...

Qayd etilgan


ibnUyayna  25 Iyul 2012, 20:13:41

 5-6 yil avval shu shpargalka masalasida ancha tortishuvla boganidi,Xayrullo okani chaqirishuvdi bolla.
 Oka etganidilaki,agar kopchilik shpargalka ishlatsa,silayam ishlatvuriyla dip.Chunki bunaqa qing'ir yolla bn oqimaganla,nech mintalab bilimli bollari orniga kirib ketvoti.
 Yaxshi oqiyla,yaxshi tayyorlaniyla,shpargalkaniyam hozirlab qoyiyla,sotkayam ovoliyla hurmatli talabala bomasam 2 chila kirib ketadi ornilaga ))
 Manam shpargalka ishlatganman bir paytla..

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyul 2012, 10:36:42

5-6 yil avval shu shpargalka masalasida ancha tortishuvla boganidi,Xayrullo okani chaqirishuvdi bolla.
 Oka etganidilaki,agar kopchilik shpargalka ishlatsa,silayam ishlatvuriyla dip.Chunki bunaqa qing'ir yolla bn oqimaganla,nech mintalab bilimli bollari orniga kirib ketvoti.
 Yaxshi oqiyla,yaxshi tayyorlaniyla,shpargalkaniyam hozirlab qoyiyla,sotkayam ovoliyla hurmatli talabala bomasam 2 chila kirib ketadi ornilaga ))
 Manam shpargalka ishlatganman bir paytla..

Xayrullo okaning aytgani fatvo bo'lmaydi. U kishi olim emas.

Savol: Ассаламу Алаккум Варахтатуллоху Вабаракат.  Устоз Рамазон ойи мубокар булин. Аллах умрингизга барака ато етсин. Амин!! Устоз. бир к,ошним мендан имтхон жавобларини (ШПАРГАЛКА)  ксерекопия киб беришини соради. Мен буни имтхон жавоби еканлигини билмасдан хоп деб койудим. У 5 -6 та болага хам киберишини соради ва кучада киса берадиган пулини беришини айтди. Бу тахминан 60-70 когоз. Мен  бу киган ишимда килиб берганидан сонг калбимда бир оз шубха  пайдо булди тогрими ёки йок деган Бу ишга кандай карайсиз ва аслида бунака (шпаргалка) ишлатиш тугрими. Жавобингиз учун олдидан рахмат. Аллах Рози Булсин.

Шайх Муҳаммад Содиқ:
- Тўғри эмас. Буни ўзингиз ҳам биласиз. Шунинг учун ‎кўнглингиз ғаш бўлиб, савол бергансиз. Аммо мулла одам, ‎бўлаверади, деб қолса ажаб эмас деган хаёл билан ‎ёзгансиз. Билиб қўйинг! Ҳаромни мингта мулла ҳалол деса ‎ҳам ҳалол бўлмайди.‎

http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,24869.0.html

Qayd etilgan


ibnUyayna  27 Iyul 2012, 12:26:07

 man baribir tel ish ishlatgan bolardim.
 (palon pulli shpargalkaga unchali ishonmaganman(kopchilida anniq tushmagan osha shpargalkasidan),hoziram ishonmiman))
 Chunki hammada tel bor,shapargalka kopchilida bor,odamla sumkalari bn kirvolishgan,ichida kitoblaa,bemalol oqib otiripti,yana tanish-bilish qilib pul bn kirishadi oqishga.Man imtixon topshirganimda xech narsa yozmi,bemalol otirganlari korganman,ottiripti hoootirjaaam...
 Yana paravoz,desant shunga oxshaganla boladi,kak budto abiturient bb kirgande imtixonga,boshqalaga yechib beradi,oldidan gaplashilganla(ozi bosa allaqachon qaysidir univeri bitirgan,boshqa)...
 boshqa oson yo'llariyam bor )),uni uchun tanish talaba bolish kere osha univer/instta,buyam yaxshi variant
 Davlat buni oldini omagandan keyn oqigan odam qachon kirsin,oqishga??Qani adolat?Tiqilib yotibdi xomkallala univer,instlada..aa oqiganla bosa yillab abuturient bolib yurishipti..oldin mashu sistemani adolatli qilishsin,bir ko'rilik..
 Chista kalla bn kiradiganlayam boladi,bunaqalaram bolish kerede,bomasa xomkallalaga to'lib ketadi hammayo ))

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyul 2012, 13:53:52

Islom "sen haromga harom bilan javob ber", demaydi. Aksincha, haromni halol bilan yeng, deydi.

Siz telefon olib kirganingiz, shpargalka ishlatganingiz, tanka, paravoz surganingiz, desantlarga ishlatganingiz, garchi sizda bilim bo'lsa-da, garchi fikringizcha, agar shu narsani ishlata olmasangiz, o'qishga kirolmay qolsangiz-da, baribir harom ishni qilyapsiz. Shu harakatingiz bilan boshqa bir birodaringizning haqini yeyapsiz. Zero, bandaning haqini banda kechmasa, Alloh ham kechmaydi.

Shunday ekan, hurmatli abituriyent, siz shunday o'qingki, testda o'z aqlingiz oldida shpargalkayu, desantlarning katta kallasi ham ish bermay qolsin! Zero, keyin shubhada yurmaysiz. Men birovning haqiga xiyonat qilib, 4 yil o'qidim deb ichingiz g'ash bo'lib yurmaydi. Bandasi oldida ham, Yaratgan oldida ham vijdoningiz toza bo'lib qolaveradi.

Biz ham o'qidik, tunu kun o'qidik, bizning paytimizda olingan shpargalkadan 100 % topganlar bo'ldi. Lekin biz umidni uzmadik. O'qidik va yana o'qidik. Tankistlarni orqada qoldirib o'qishga ham kirdik. O'qish paytida kimning kim ekanligini bildik. Oxir oqibat ko'nglimiz yorug' bo'ldi, dilimiz g'ash bo'lmadi...

Demak, iloji bor ekan-a, halol bilan o'qishning ham imkoni bor ekan-a? Shunday ekan, halol turganda nima uchun haromni tanlaysiz?

Qayd etilgan


ibnUyayna  27 Iyul 2012, 14:22:05


 Islom odamlarni jazolash uchun kelmagan,islom odamlari baxt-saodati uchun kelgan.
 Odamlardan halol-haromga amal qilishni talab qilishdan oldin,sharoit qiberishi kerak.Islomda avva ish o'rinlari,erkin savdo uchun sharoitlar qilib beriladi.Shundan keyin kim o'g'irlik qilsa qo'li kesiladi.A ocharchilik paytida o'g'irlik qilgan odamni qo'lini Umar (r.a) qo'lini kesmagan,boshqalariyam shunaqa qilishgan.
 Qani shu imtixonni tashkillashtirvotganla shunga amal qivotimi?  -Yo'q.Pora bn o'qishga opkiradiganla zanjirde
 bir-biriga ulanib ketgan.Oddiy domladan tortib rektorgacha bor ichida,xatto organ hodimlariyam bosh-qosh bo'ladi.Qani adolat?O'shala taminlab qo'ymidimi?..
 O'shala opkirvotgan nikkichilari o'rniga,uladan kuchliro, yaxshi o'qigan bolla kirgani yaxshimasmi,qisman bolsada bazi vositalardan foydalanib?
 Endi kallasi bn kirganla bor,buni inkor qibo'midi.Endi hammayam uladaka bo'lomidiku.Hamma o'z bilimiga yarasha ball olish kerey.Uladan kamro biladiganlayam kirish kere,osha nikkichilari o'rniga..

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  27 Iyul 2012, 17:31:01

мунозарани куриб бир вокеа ссимга тушиб колди.
2000 йили бир олийгохга хужжат топширдим ва тайёргарлик кура бошладим, шу орада бир иккита абитуриентлар билан танишдим, улар менга шпаргалка тавсис килишди, мен бир уз кучим билан уринаман булмаса хунаримни давом сттираман деб шпаргалкага кизикмадим имтихонда кулдан келганча тестларни ечиб чикдим. Мандат куни аник булишича халиги шпаргалкали танишлар киришибди мен еса контрактга илашибман, менда контрактга шароит йугиди. А­нг кизиги такдир такозоси билан худди уша укишга икки йилдан сунг лаборант булиб ишга кириб колдим, бир куни укитувчининг илтимоси билан дарсига талабаларга конспект ёздириш учун кириб колдим, халиги боларга тугри келибман бир биримизни куриб хайрон буп колдик. Улар мени лаборантлигимдан бехабар сиз бировни урнига имтихонга кирудизми домла деб туришиптию, мен хам суз бермадим укишга олишмуди ишга кирволаколдим дедим.

Qayd etilgan


Skato  27 Iyul 2012, 17:34:26

Assalamu alaykum vr.vb (Abdulhafizaka) siz nma dp o'ylisiz shpargalka ishlatish to'rimi yoki....

Qayd etilgan