Assalomu alaykum.
Assalamu alaykum
Bizni singlimiz ham InshAllah 1-avgust kuni imtihon topshiradi. Duo qilinglar iltimos, o'qishga kirib olsin Allohni irodasi bilan. Zero yahshi insonlarni duosi ijobat bo'lgay, ayniqsa Ramazon oyida InshaAllah duolar shubhasiz qabul bo'lajak!
Olloh o'zi madad bersin singlingizga,o'qishga kirish nasib qilsin,ula qatori bizlarga ham
OFF:Bu yil imtixonda o'zgarishlar bo'libdi.Imtixon to'g'risidagi qonunga o'zgartirish kiritilibdi va har qanday qo'shimcha narsalar(shpargalka,telefon,kalkulyator va b.)ni imtixonga kirishda yoki imtixon vaqtida abituriyentdan topilgan taqdirda abituriyent imtixondan chetlatilar ekan.Abituriyent imtixonga formada kelishi shart ekan.Imtixonlar ham haqqoniy o'tadi deyishyapti,shunday bo'lishiga umid qilamiz
Sa'dulla, Siz bunaqa gaplarga ishonmang. Har doim shunaqa gaplar gapiriladi. Lekin har doim qandaydir yo'llar bilan shpargalkalar ham, telefonlar ham o'tib ketaveradi. Men bu bilan Siz ham shu yo'lni tanlang demoqchimasman. Shunchaki vaziyatga to'g'ri baho beravering. Bizda ko'p aytilgan ishlar qilinmaydi, ko'p qilingan ishlar aytilmaydi. Shuni unutmang.
Sizga maslahatim: tayyorgarlikni yaxshi qiling. Lekin hojatingizni Allohdan so'rang. Shuni aniq bilingki, agar butun insonlar jamlanib shpargalkalar bilan kirishsa ham, Siz shaprgalkasiz kirgan bo'lsangiz va taqdiringizda o'qishga kirish bo'lsa, Insha Alloh o'qishga kirasiz. Shuning uchun Allohning rahmatidan noumid bo'lmang. Aksincha o'qishga kirolmay qolsangiz ham (bu faqat Sizga emas barcha abiyuriyentlarga tegishli) to'g'ri qabul qiling. Demak, Alloh Sizga shuni bu yil yozmagan ekan, deb xotirjam bo'ling.
Va oxirida: Sizning va barcha xolis niyatli (Allohning madadi va o'z kuchi bilan o'qishga kirishni o'ylayotgan) abituriyentlarning haqlaringizga duo qilaman. Alloh barchamizga bu dunyo va oxirat yaxshiliklarini bersin....