Forumdoshlar uchrashuvi-Toshkentda!  ( 57516 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Y_U_R_I_S_T  21 Avgust 2010, 13:25:39

AbdulAziz aka, rasmlardan bo'sin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 13:26:57

Assalomu alaykum!
Uchrashuv juda fayzli o'tdi.
Barcha tashrif buyurganlar uchun tashakkur!

Avvaliga men shaharda ishlarimni bitirib yursam, qo'ng'iroq bo'lib qoldi. Muhammad Sohib. Shaharning o'rtasida o'zlari yolg'iz qolibdilar. Men ham skver yaqinida edim. Muhammadsohibni aldab Temuriylar muzeyiga kiritib yubordim-da, o'zim yana ishlar bilan ketib qoldim. Ular esa Yuristxo'ja bilan aylanishibdi.

Shu kuni juda issiq bo'ldi. Yoki menga shunday tuyuldi. Ayni kun qizigan paytda Farg'onadan yo'lga chiqib, yana shaharning ichida ham 4-5 soatlab, uyoqqa bor-bu yoqqa borlar bilan biroz chanqov bilintirdi. Kafega borarkanmiz, hatto bollar bilan hol-ahvol so'ramasdanoq, og'izni ochib chanqovni qoldirishga kirishib ketdim. Qarasam, Muhammad Sohibning holi menikidan ham xarob ekan :)

Stolimizga "Ziyochilar" degan tabloni yozgancha masjidga intildik. Shomni o'qib kelganimizda bizni 4 ta yangi mehmon kutib oldi: Habib, Baxtiyor aka, Muallim va Bahrom Raupov. Habibni men tezda tanidim. Bahromni Muhammad Sohib tanidi. Vaholanki biz oldin uchrashmagan edik.

Iftorlik dasturxoni shu tarzda boshlandi. Dildan suhbatlashdik.

Braupov ham Ziyovuddin kabi kamgap ekanlar. Yo birinchi marta uchrashganlarigami, keyingi safar bemalol yoyilib o'tiravering.

Muallim ham kerakli gapni gapiradiganlardan ekan.

Habib juda ochiqko'ngil inson ekan. Mehmon Baxtiyor akamiz bizning forumiy suhbatlarimizdan biroz zerikdilar shekilli, muallimni qo'ltiqlab ketib qoldilar. Sergelida tarovih o'qishlarini aytmaganlarida albatta olib qolardik.

Shunday soatlarning birida arbuzchi-ziyochi forumdoshlar - HMF, T.Yusupov va TITAN-UZ tashrif buyurishdi. Titanjkon bilan endi maza qilib suhbat quryotgandik, (ha, aytgancha suhbat mavzui uylanish haqida bo'ldi) birdan "qayerda internet bor?" deya ketib qoldilar...

Soat 21.00 larda tarqalishdik. 7 nafar forumdosh birgalikda Katta Qa'n masjidida tarovih o'qidik. Alloh rozi bo'lsin, qori bola judayam chiroyli qilib, tajvid bilan, ko'ngilga yoqar qiroat bilan namozni o'qib berdilar. Juda maza qildik.

Shu kecha Muhammad Sohib bilan Foniy akaning mehmoni bo'ldik. Ikkalovi qani uxlasa-da, saxarlikkacha forum, islom.uz forumi, uylanish, hozirgi yoshlar haqida gurunglashishmoqchi edi hamki, men uxlab qoldim. Saxarlik ham, undan so'ng ham suhbatlar shu tarzda davom etdi.

Ertalab, Foniy aka bilan "ko'rishguncha"lashib, qaydasan Qo'yliq deya ketishga otlandik. Soat 9.30 larda yo'lga chiqdik. Issiiiq, judayam issiiiiq. Ayniqsa, mashinaning ichi... Yetib keldik, alhamdulillah.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 13:29:21

Bularini iftorlikdan so'ng ko'ringlar:

Qo'rqmanglar, chanqovbosdilarni joylamayman : )







Taomlar juda mazali ekan. Ayniqsa, Muhammadsohibga kompot juda yoqdi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2010, 13:32:42

Foniy-"Foniy" bo'lib qolibdilar-da yana : )

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:42:12

Muhammad Sohib aka ozibdilar.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 13:46:27

17-avgust kuni akam bilan S.Rahimovdan uyga ketayotgan edik, "ziyouzdagilar uchrashuv qilarkan, Sobir Rahimovdagi uyg'ur taomlari qiladigan joyda bo'lsa kerak" deganimda indamay qo'ygandilar, baribir boribdilar-da :)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Avgust 2010, 16:43:24

Iqtibos
Hushnud aka ancha ozibsiz oldingi suratlarga qaraganda.

Ha, bu bor gap. Uzoq vaqt mobaynida ko'rmagan tanishlarimni hammasi shu gapni aytishayabdi... Ancha ozib qobmiz demak... Imtihonlar biroz qiynab qo'ydi shekilli...

balki fotoaparatlar ozg'in olayotgandir oldingiga qaraganda :7

"Zakovat"dagi jamoamiz sardori Bobur Yoqubovdan maslahat so'radim. Mana siz shifokorsiz, qanaqa semirsam bo'ladi desam "Uylaning" deydi. Yana 3-4 kishi shu maslahatni berdi. Sizlarga bitta savol:

Semirishni hayot uchun xavfsiz bo'lgan usuli yo'qmi bundan boshqa? :7

Qayd etilgan


ibnUyayna  21 Avgust 2010, 21:02:09


 mana mani vaznim  har Ramazonda 2-3 kiloga ortadi.
 2-yil oldingi Ramazonda 4-5 kilo edi yov

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  22 Avgust 2010, 18:28:30

Ha, bu deyman Muhammad Sohib akamiz taasurotlar bilan o'rtoqlashaman deb, jim bo'lib ketdilarmi? Yoki yangamizni oldilariga borganlariga eslaridan chiqib ketdimikin?! :7

Habib akamiz birinchilardan bo'lib o'z taasurotlari bilan o'rtoqlashdilar, rahmat (Qashqadaryoni hisobga olmaganda).

TITAN-UZ ham bir nimalar deb g'ulduradi, hisob... :7

Ziyovuddinni ham bir amallab gapirtirdik... (shundayam 1-2 ta gap aytdilar xolos)

AbdulAziz akamiz juda chiroyli qilib yoritib berdilar, Olloh rozi bo'lsin...

T.Yusupov akamiz taasurotdan ko'ra, noroziligini bildirdilar ko'proq, mayli bu ham hisob :7

Lekin braupov (1 ta gap hisobga kirmaydi), Foniy, Muallim, HMF negadir jim...

U-bu narsa bo'sin sizlardan ham. Hech bo'lmasa yuqoridagi gaplarga qo'shilaman, "oldik" denglar... :7

Qayd etilgan


HMF  22 Avgust 2010, 22:16:23

Biz ne derdik Uchrashuv yashhi o'tdi! ohiriga yetib keldikku biz...  Hamma tarovihga shoshildi endi ro'zdan kegin bemalol bo'lganda uchrashuv tashkillashtirselar yahshiro bo'ladi.. 

Lekin shunaqqib mana yangi chehralar bilan ham tanishdik engi afzali shu! davralarimiz keng bo'lovirsin.

Qayd etilgan