Forumdoshlar uchrashuvi-Toshkentda!  ( 57446 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B

Habib  11 Avgust 2010, 17:37:00

Bizaga parqi yo'q, kuni qachon bo'lopte
Kuni hali aniqlanmadi. Aytamiz. E'lon qilamiz. ;)

Qayd etilgan

AbdulAziz  11 Avgust 2010, 17:40:26

Ҳамда бироз ҳижолатчилик билан бслсада, ёзилган дастурхон ҳаражатлари ташриф буюрган меҳмон ва мезбонлар сртасида адолатли тақсимланишини ҳам сслатиб стмоқликни вазифамиз деб билдик.

Muallimjon, ziyouz.com uchrashuvlarining bir yaxshi an'anasi bor. Uchrashuv dasturxonlari harajati o'rtaga taqsim qilinadi. Ba'zida esa istisno tariqasida ba'zi jihatlarda hadyalar chin ko'ngildan qabul qilinadi. Shuning uchun bemalol kelavering.

Xo'p, bollar, menimcha joyi yaxshi. Ko'pchilikka ma'qul bo'ldi. Endi vaqti bilan ishtirokchilarini belgilab olsalaringiz.

Hozircha kelish istagini bildirganlar:

1. Shoxjahon12
2. Habib
3. Y_U_R_I_S_T
4. asr
5. Mr.ZI
6. Ziyovuddin
7. Muallim

Yana kimdir boradigan bo'lsa, qo'lini ko'tarsin.

Keyin, hurmalli boshlovchilar, Habibjon va Yusristjonlar. Qolgan bollarga (bollar ispiskasi o'tgan sahipada bor) PM, SMS yozvorilar. Yuristboy bollarni telpon raqamlari ba;'zilariniki bor. Qolganlarinikini Chustiyxo'jadan olasiz.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 18:08:56

Xo'p, bo'ladi. Ustozdan baribir yordam so'rarkanmande... )))

Oldin kunini aniqlab olaylik, keyin jarchilikni qotiramiz...

Ha, aytgancha, AbdulAziz aka, uylanganlarga qanday qilib yetkazsak osonroq bo'larkan? Har holda tajribangiz bor ))) Kech qolib ketmaysiz demasam kelishmaydiyov chamamda... )))

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  11 Avgust 2010, 18:25:18

Bismillohir rohmanir rohiym!

Tashabbuslaringiz tahsinga loyiq, umrlaringiz bundanda ziyoda bo'lsin! Ertalabdan beri ushbu mavzuni kuzatib turibman. Bu fayzli iftorlik qayerda va qachon bo'larkin deb. Hech e'lon qilmaganlaringizga sabrim chidamay muddoimni aytishga jazm qildim. Men hozir O'zbekistonda emasman, ammo shu oyning oxirida InshoOlloh dou qilib yuborsalaringiz eson omon borib olsam, samimiy suhbatlaringizga oshna, tashkillashtirayotgan dasturxonlaringizning mehmoni bo'larmidim. Balkim men borguncha, InshoOlloh ikki uch iftorlik qilishga ham ulgursalaringiz ajab emas. Agar Xudo taqdir qilgan bo'lsa, uchrashamiz. Sizlar bilan yelkama yelka turib namoz o'qish kaminai kamtaringa ham nasib qilsin,Ilohim! (deb siz ham duo qilib qo'ying.)

Qayd etilgan

Ziyovuddin  11 Avgust 2010, 18:29:40

Orif, muhibb va Muhyiddin akalar ham kelishsa xursand bo'lardik

PS: Har holda qari bilganni pari bilmas...

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 18:34:32

Rahmat!

Shu o'rinda sizning mana bu fikringizni o'qib,

Iqtibos
Balkim men borguncha, InshoOlloh ikki uch iftorlik qilishga ham ulgursalaringiz ajab emas.

menda bir fikr paydo bo'ldi. Balkim haqiqatdan Ramazon oyida uchrashuvlar - Iftorliklar sonini ko'paytirarmiz.

Menda bir taklif bor, Ramazonning har Jumasida yig'ilsakchi? Mayli har doim 10-15 ta user kelmas. Kimdir har haftaga imkon topa olmas, lekin minimum 5 kishi bo'lsa ham bemalol tashkil qilsa bo'ladiku.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 18:36:39

Orif, muhibb va Muhyiddin akalar ham kelishsa xursand bo'lardik

PS: Har holda qari bilganni pari bilmas...

Nasib qilsa, kuni ma'lum bo'lsa, ularni ham chaqirishga harakat qilamiz...

Qayd etilgan

BelleQizcha  11 Avgust 2010, 22:25:16

yuqsin bizagayam

Qayd etilgan

AbdulAziz  12 Avgust 2010, 10:17:09

Ha, aytgancha, AbdulAziz aka, uylanganlarga qanday qilib yetkazsak osonroq bo'larkan? Har holda tajribangiz bor ))) Kech qolib ketmaysiz demasam kelishmaydiyov chamamda... )))

Jig'iga tegib-da :)
Aytasiz: endi mabodo kotta xo'jayin ruxsat bersalar, bir biz bilan ham iftor qilsalar. Ruxsat yo'q bo'lsa, bemalol, xafa bo'lmaymiz. :)
Qarabsizki, "yo', man albatta boraman" degan gaplar bo'ladi : )

PS. O'zi, anu ustoziz qani? Uzoqdan bo'lsa-da, telefon qilib kapkiri bilan qozonga bitta ursa, ancha-muncha kelmaydiganlar ham kevoradi :)

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  12 Avgust 2010, 10:48:34

E, yo'g'ey, shunaqa deyish kerakmi? Bo'ldi unda boshladim shunaqa deyishni.

AbdulAziz aka, endi mabodo kotta xo'jayin ruxsat bersalar, bir biz bilan ham iftor qilsalar. Ruxsat yo'q bo'lsa, bemalol, xafa bo'lmaymiz  :7

Iqtibos
PS. O'zi, anu ustoziz qani? Uzoqdan bo'lsa-da, telefon qilib kapkiri bilan qozonga bitta ursa, ancha-muncha kelmaydiganlar ham kevoradi  :)

Ustoz bilan kecha telda gaplashgandim. Ishlari biroz ko'payib qolganakan, Sochi Meriga osh pishirish bilan band ekanlar, o'shanga vaqtlari kamroq ekan. Hali hammasi boshlanaversin, albatta ularni oq kapkirini, yo'g'ey, oq fotihasini olib keyin ish boshlaymiz... :7

Qayd etilgan