Forumdoshlar uchrashuvi-Toshkentda!  ( 57396 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


AbdulAziz  12 Avgust 2010, 11:19:05

Ha, aytgancha, AbdulAziz aka, uylanganlarga qanday qilib yetkazsak osonroq bo'larkan? Har holda tajribangiz bor ))) Kech qolib ketmaysiz demasam kelishmaydiyov chamamda... )))

Jig'iga tegib-da :)
Aytasiz: endi mabodo kotta xo'jayin ruxsat bersalar, bir biz bilan ham iftor qilsalar. Ruxsat yo'q bo'lsa, bemalol, xafa bo'lmaymiz. :)
Qarabsizki, "yo', man albatta boraman" degan gaplar bo'ladi : )


E, yo'g'ey, shunaqa deyish kerakmi? Bo'ldi unda boshladim shunaqa deyishni.

AbdulAziz aka, endi mabodo kotta xo'jayin ruxsat bersalar, bir biz bilan ham iftor qilsalar. Ruxsat yo'q bo'lsa, bemalol, xafa bo'lmaymiz  :7

Parqi yo'q, borurardik. Angrenda bo'lsak ham yetib borardik. Lekin Toshkent uzoq-da. Vodiyda uchrashuv bo'lganda-ku, o'zim bilardim. Lekin shunga qaramay, Toshkanga kommandirovkalik ish chiqib qolsa, boraveramiz-ta : )

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Avgust 2010, 11:37:43

AbdulAziz aka, yana bitta savolda? Endi baribir hayotiy tajribangiz ko'p, shunga maslahat olay dedim...


Siz aytganday uylanganlarni jig'iga tegib iftorlikka chaqirdim ham deylik...

Lekin ular unaqa, bunaqa deb bahona qilsa nima deyman?! :7

Qayd etilgan


braupov  12 Avgust 2010, 11:46:38

 :as:
Manam qolib ketmi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2010, 14:59:15

Forumdoshlar, shu yilning 19 avgust, payshanba kuni uchrashuvni belgilasak, inshaalloh men ham kelaman. Nima deysizlar?

PS. Y_U_R_I_S_T, usulim o'zimga ta'sir qildi.

Qayd etilgan


braupov  12 Avgust 2010, 15:25:26

 :as:
Man roziman. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Avgust 2010, 17:38:41

Agar joy va vaqt ma'qul bo'lgan bo'lsa, tashkilotchilar quyidagi ishlarni qilishni boshlashingiz zarur:

1. Avvalo boradigan manzilga borib, 19 avgustga taxminan 10 kishilik joyni buyurtma qilib qo'yish.

2. Toshkandagi uzerlarni xabardor qilish. PM va SMS yozish, telefoni borlariga qo'ng'iroq qilib aytish.

3. Kimlar kela olishini muntazam ma'lum qilib turish.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  16 Avgust 2010, 11:31:45

Assalomu alaykum.

Avvalo Muborak Ramazon oyi qutlug' bo'lsin, aziz dindoshim...

Xabaringiz bormi-yo'qmi bilmadimu sizdan beruxsat bir ish boshlab qo'ydik...

Ba'zi forumdosh akalarimizning tashabbuslari bilan, Ramazon oyida forumdoshlar birga yig'ilib iftorlik qilish g'oyasi ko'tarildi va bu ko'pchilik tomonidan ma'qullandi.

Ham diydor ko'rishib, ham iftorlik qilib, forumdoshlarning shirin suhbatini olish ilinjida bo'lganlar ushbu taklifga labbay deya javob berishsa bag'oyatda xursand bo'lar edik.

Ushrashuv vaqti: 19 avgust, Payshanba, soat 19.15

Uchrashuv joyi: "Nihol" kafesi.
Manzil: Chilonzor tumani Lutfiy ko'chasi. "Oqtepa" krugidan "Farxod" bozori tomonga 200 metrcha yurilganda.
Avtobuslar: 13, 77 - kafe oldigacha; 34, 111 - "Oqtepa" krugigacha.
Tramvay: 9 - (Qo'yliq bozori-Vatan kinoteatri yo'nalishida)
Marshrutkalar: 130 - "Paxtakor" metrosidan, 134 - Yunusoboddan.


Kelish va qatnashish istagini bildiruvchilar menga yoki Habib akamizga "Ma'qul" ishorasini berishsa, biz shunga qarab joy masalasining tadorigini ko'rar edik.

Kutilmagan mehmon:

Xozircha hech kim... (Ya'nikim ChehMik)

Kutilgan mehmon:

Azim Marg'ilondan forum prezidenti AbdulAziz akamiz...

Uylanganlar uchun maxsus taklif:

Endi mabodo kotta xo'jayin ruxsat bersalar, bir biz bilan ham iftor qilsalar. Ruxsat yo'q bo'lsa, bemalol, xafa bo'lmaymiz. :-) (AbdulAziz aka versiyasida)

Oldindan barchangizga katta rahmat!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  16 Avgust 2010, 11:41:47

Xozircha kelish istagini bildirganlar:

1. AbdulAziz
2. Habib
3. Shoxjahon12
4. Kamina

Qayd etilgan


Habib  16 Avgust 2010, 11:49:42

Xozircha kelish istagini bildirganlar:

1. AbdulAziz
2. Habib
3. Shoxjahon12
4. Kamina
5.Muallim
6.Titan-Uz

Qayd etilgan


Ziyovuddin  16 Avgust 2010, 12:48:26

Xozircha kelish istagini bildirganlar:

1. AbdulAziz
2. Habib
3. Shoxjahon12
4. Kamina
5.Muallim
6.Titan-Uz
Ziyovuddin

Qayd etilgan