"Shevaga xos so'zlar"  ( 178205 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Ziyovuddin  20 Avgust 2010, 18:20:54

tojikiy nametanam-Samarqandcha
Bu tojikcha, sheva emas...

Qayd etilgan


AL_laziz87  22 Avgust 2010, 17:36:32

Baliqchililar "mana oling" ni "mang' diyishadi.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Avgust 2010, 17:45:25

Bismillohir rohmani rohiym!

Bizlar taraflarda palovni "Osh" deyishadi. Misol uchun: Bir osh qilmaymizmi? Ya'ni palov qilmaymizmi? degani.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2010, 18:15:58

:as:

Bizda ham palov osh deyiladi..

Yana xotiraga kelgan sheva so'zlari:

Tovush, ovoz - natag' :)
Dahliz - madon :)
Ozgina - qittigina
Xo'p - xay
Hech bo'lmasa - hubduram :)
Dala - yovon
Oshga to'g'ralgan sabzi - nargazi
...

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 18:19:38

Bizda Chakkini Suzma Qatiq Deyishadi.
Chalopni Ayron....

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Avgust 2010, 18:27:23

Bismillohir rohmanir rohiym!

1.) qayerga - qaqqa
2.) ekinzor - obcha
3.) suv jamlanib, ichishga muljallangan joy - hovuz
4.) tokzor - bog'
5.) tezak - tappi

Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Avgust 2010, 21:32:49

Mushukni bizda gurva(tojikcha), Chustda mishiq, Samarqandni ba'zi joylarida esa pishak deyisharkan.

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 21:58:01

Supurgini Bizda Shpirgi deyishadi,

Qayd etilgan


Margiloniy  24 Avgust 2010, 19:31:11

Ozgina- jichcha (silarga bita maslahat gijja bilan almashtirvormela :))
Bobo- opoqi (toshkenlila,  bizda shunaqa-ta endi, hafa  bo’mesila)
ammo- oma
Buvi- buva (hammayam buva do’rmediyu oma ko’pchili shunaqa ditta(deydi-da))
Bormoq-o’tmoq (bizikida juma kuni iftorli o’tilar-a, bolladi olib*)
Bu yoqqa- baqa
U yoqqa — aqa ( aqa-baqa borse, maaag’ilon do’ppini kiyvolamiz :1 )
U yerda- atta
Bu yerda-batta
Tanqid qilmoq-minmoq
O’rtoq-o’rtag’
Choyxona-somor(somavar)  (O’rtag’la bilan somordami yo atta -batta o’tirippose, bir-birimizi minamiz ;D))))))
Aksiga olib- o’chashib (yana ko’proq yozmoxchidimu o’chashib eska kemayapti)
P/s; "hamqishlag'la"**, oshirvorgan bo'sam hapa bo'mela...

* hazillashdim, prosta jumla :D
** yozyovon shevasidan olindi :p

Qayd etilgan


munisaxon  25 Avgust 2010, 07:42:41

Bizda esa o`rtoqni jo`ra deyishadi

Qayd etilgan