"Shevaga xos so'zlar"  ( 177699 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


As-Samarqandiy  11 Avgust 2010, 19:07:18

Bismillohir rohmanir rohiym!

Mana bugun shunday muborak kunlarda yana bir mavzu dunyo yuzini ko'ryapti. Bu mavzuni "Shevaga xos so'zlar deb atadim. Har joyning ham o'ziga yarasha shevasi bor, ya'nikim o'sha joylik odamlar uchun tushunarli bo'lgan so'zlar bor. Bu yerda siz bilgan, eshitgan, o'qigan va hayotingizda tez-tez qo'llab turadigan shevaga xos so'zlarni yozib qoldirishingiz mumkin. O'zbek tilimiz qanchalar boy til ekanligini bir isbotlab qo'ymaymizmi, aziz vatandoshlar. Bu mavzuda BellaQiz juda ham aktiv qatnashadi degan umiddaman, chunki u kishining postlari faqat shevada yozilgan, ba'zida to'g'risi bu forumdoshimizning muddaolariga tushunmay qolaman.

Misol uchun bizlar taraflarda "sanjab", "sanjablab qoldi", "sanjablashib qoldi" degan shevga xos so'zlar bor. Ba'zi yurtdoshlar bu so'zlar nima ma'noni anglatatishini bilishmaydi. Balkim oralaringizda bu so'zlarni hayotda ishlatadigan, biladiganlar bordir.
Sizlarda narvonni nima deb atashadi?

Forumda faol qatnashishingizda omadlar tilab qolaman. Shu jumladan ushbu mavzuda ham.

Qayd etilgan


Zamiraxon  11 Avgust 2010, 22:44:18

Assalomu alaykum. Ramazon oyi bar4aga xayrli kelsin.
Samarqand wevasida ba'zi bir sözlarni iwlatgan paytimda bowqa weva egalari tuwuniwmaydi, siz aytganday. Misol u4un ba'zi bir sözlar:
Xokandoz-supurgi bilan yonma-yon turadigan, vazifasi supurilgan narsani oliw u4un iwlatiladigan anjom.
G'ilmindi - yupqa qilib yoyilgan xamir orasiga atala suriladigan taom turi.
Pi4ak - yupqa yoyilgan xamir orasiga yo kökatlardan, yoki qovoqdan qiyma solib tandirga yopiladigan, juda mazali taom.
Kadi - qovoq.
4ivin - pawwa. Wu ikki söz örtasida towkentlik qarindowlarim bilan umuman keliwolmaganmiz. Ular aksini aytiwadi.
Wuning u4un:
Pawwa - 4ivin.
Piyova - mastava.
Surbunu4 - guru4ni suvda qaynatib, sut solib tayyorlanadigan ovqat.
Hozir4a wular, esimga tuwsa yana yozaman inwaalloh

Qayd etilgan


AbdulAzim  13 Avgust 2010, 02:54:24

Satil - chelak, paqir.
Lali - lagan, tovoq, tarelka.
Bu so'zlar ham Samarqand shevasiga xos.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  13 Avgust 2010, 09:16:04


Qayd etilgan


BilmasOY  13 Avgust 2010, 11:39:59

Assalomu alaykum! Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin!
  Men ham Xorazm wevasiga xos bo'lgan ba'zi so'zlarni yozmoqchi edim. Masalan:
  qapi- eshik
  uchak-tom
  taka- yostiq
  kadi- Xorazmda yigitlar yaxwi ko'radigan qizini wunaqa deyiwadi  : )
  bol- asal
  nichik- qanday
  gashir- sabzi
Hozircha eslaganlarim wu. Yana esimga tuwsa, yozaman InshaAllah.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2010, 11:49:04

Assalamu alaykum!

Samarqandiy, Siz yuqorida yozganingiz "sanjab qoldi" ning ma'nosi ishlarni saranjom qildim, tugatdim ma'nolarini bildirar ekan. Kecha opamdan eshitib qoldim tasodifan..

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Avgust 2010, 12:19:20

Assalamu alaykum!

Samarqandiy, Siz yuqorida yozganingiz "sanjab qoldi" ning ma'nosi ishlarni saranjom qildim, tugatdim ma'nolarini bildirar ekan. Kecha opamdan eshitib qoldim tasodifan..

Va alaykum assalom! Robiya forumdosh!

Xuddi shunday, siz aytgan ma'nolarini bildiradi. Bu so'zni hayotimda ko'p ishlataman, shuning uchun bu yerga misol tariqasida yozib qoldirganman.

PS: Opa deb sizlar opalaringizga murojat qilasizlarmi? Yoki boshqa biror kishini opa deb chaqirashizlarmi? Misol uchun, bizlar taraflarda opa deb ayrimlar onasiga  ham murojat qilishadi.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2010, 12:38:27

E'tibor uchun tashakkur..

Amaki, tog'amlarni qizlarini opa deymiz..

Ona - nana
Buvi - bibi
Buva - bobo
Handalak - zomicha
Shovla - sho'la
Suzma - chakka
...

P/s. Ko'p so'zlarimiz Samarqand shevasi bilan o'xshash

Qayd etilgan


Zamiraxon  13 Avgust 2010, 17:56:46

Samarqandning tog'li hududlarida "j"cha sheva tarqalgan.
Misol:
"Soat jettilar bo'p qoldi"
"Ovqatingdi jemaysamma?"
va hk...
Katta onani sizlarda nima deyishadi? Bizlarda "katena" deyiladi :)

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2010, 18:34:46

Katta ona - to'ta bibi :)

Kelinoyi - yanga
Kichik kelinoyi - yangacha :)
Mushuk - pishak
Supurgi - jo'rop
Iye - ibi
...

Qayd etilgan