"Shevaga xos so'zlar"  ( 177411 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 B


azizbek_mx  11 Yanvar 2011, 23:21:37

Namangancha qisqa slovar qib beriymi?

Telefon-tilpon,
mobil tel.-so'tka,
mashina-mo'shna,
kompyuter-kampiyutir
ertalab-ettaman,
tushlik-ebit(abit, ruscha obed so'zian)
maktab-mata
supurgi-shupurgi
masjid - machit
ona-aba (opaning ismi oxiriga ham qo'shib aytiladi, mn.: lolaopa- lolaaba)
dada-deda
buvi-acha
buva-opodda
kelinoyi-kinchabi(kelinchak opa, kelinchakaba. Shaxsiy xulosam)
kuyov-kiyop,
kuyovnavkari-kiyonakari...

Ayrim "qonuniyat" larimiz
f harfi p ga almashib ketadi, faxriddin-paxridin kabi;
o harfi so'z boshida kelsa urg'u beriladi, so'z orasida kelsa, o' harfiga almashadi yoki biroz cho'ziladi, odamovi-odomo'vi, ozroq-ozroo;
a harfi sozdagi boshqa unlilarga qarab yo o harfiga, yoki e harfi almashib ketadi, bahor-bohor, kecha-keche;
va hokazo.

Kuzatishlarim natijasida, shevamiz qozoq tiliga yaqinligi sezildi, lekin to'liq ishonch bilan aytolmayman. To'liq ma'lumotlar to'plangach, joylanadi.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  12 Yanvar 2011, 13:45:21

 :bsm:

Aytgancha bizda kelinoyini - yanga, yanga mullo va checha deyishadi.

- Xolmat amaki, checham yaxshi yuribdilarmi?

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2011, 16:32:52

Marg'ilonni "bazi mahallalarida" "qirovni"-"bulduruq" deyisharkan : )

Qayd etilgan


muxlisa  14 Yanvar 2011, 14:03:41

Toshkenlila:

qaerga - qaqqa
qaerda - qatta
bu yerdaman - buyodaman
bu yerga -byaqqa
u yerga - uyoga
kartoshka - kartishka
kelinoyi - kenayi deyishadi..:)

Namanganliklar Namanganni - Nomongon deyishadi..:)

Qayd etilgan


ree7  08 Fevral 2011, 00:54:59

Anjonliklar cho'miladi
Farg'onaliklar yuvinadi.
Toshkentliklar chayinsa,
Quqonliklar hopitadi :7

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 Fevral 2011, 09:11:44

Namanganlilar xopaza (xo'p mazza (c)) qiladi ;D

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  08 Fevral 2011, 18:03:32

 :bsm:

Shevalar haqida gap ketganda, hamisha biz taraflarda odamlarning shevalariga muhabbati esimga tushib ketadi.

Hali odamlarimiz xom, ovom, kuzi ochilmagan mushukchga uxshaydi. Misol. Bizga qushni qishloq uz shevasiga ega, biz uzimiznikiga.

Biron kishi sal "boshqaroq" gapirsa, uz tilingda gapir, tilingni buzma deb urushib quyadi. Shunaqa paytda yotib olib, kulgim keladi. Ayniqsa talabalar shaharga chiqib, adabiy tilda gapirishni urgaib kelsa ham shunaqa dakki eshitadilar. Bizda Samarqandda shahardagi sheva adabiy tilga juda ham uxshab ketadi.

 

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  11 Fevral 2011, 20:54:17

 :bsm:

Forum ham uziga yarasha shevaa ega, qorishma shevaga desa ham buladi.

Qayd etilgan


Best friend  20 Aprel 2011, 16:10:42

 Anjancha bilan pawti birhil desayam bo'loradi. Oldin ikosiyam Qo'qonhonligi bo'gan, ashinchun bo'sa kere!

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Iyul 2012, 23:29:34

piyola-koso
choynak-chaynik
supurgi-supsa
ketmon-gatman
sigir-sig'ir
va hk. Bizda shunaqa...
siz o`ziz qayerdansiz? :)

Qayd etilgan