Duo so'rab...  ( 28612 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

Sadulla  03 Sentyabr 2012, 07:30:44

 :asl3:

Olloh shifo bersin!Operatsiyalari yaxshi o'tsin Inshalloh!

Qayd etilgan

azizbek_mx  03 Sentyabr 2012, 07:59:24

Olloh shifo bersin, uzoq umr salomatlikda uylaringiz to'rini to'ldirib yurishlari nasib qilsin

Qayd etilgan

Muzayyana  03 Sentyabr 2012, 10:15:23

birodarlar dio qilinglar, Allohim manga sabr bersin...
Toqatim, sabrim yetmaydigan narsalar ustida bizlarni imtihon qilmasin...

Qayd etilgan

Ummu Muslima  03 Sentyabr 2012, 11:16:16

Zamirahon qaynotangizga Alloh komil shifo bersin
Doktorlarni qo'li yengil bo'lib,tez tuzalib oilangizga sog-salomat qaytsinlar.

Muzayyana singiljon,Alloh O'zi rozi bo'ladigan  go'zal sabr bersin sizga.

Qayd etilgan

Habib  03 Sentyabr 2012, 13:56:48

Assalamu alaykum forumdoshlar.

1.Barchangizdan ota-onamni duo qilishlaringni iltimos qilaman. Omin deng, umrlari uzoq bo'lsin, biz farzandlarini bag'rida qarib, qo'llariga aso tegib, iymonu e'tiqodda omonatlarini topshirishni Alloh nasib qilsin.

2.Bugun forumdoshimiz (garchi so'nggi paytlarda kamnamo bo'lsa-da) Muallim safarga ketdilar. Allohdan bu yigitning safarini bexatar, rizqini o'sha makonlarda ham keng qilishini, o'zi istagan soliha qizlardan nasib qilishini so'raymiz. Duo qilganlarning o'zlariga ham tilaklari yo'ldosh bo'lsin!

Qayd etilgan

Sadulla  04 Sentyabr 2012, 06:54:28

 :asl3:

Olloh barcha duo so'raganlarning duolarini ijobat qilsin,mo'min-u mo'minalarga sabr bersin!

Qayd etilgan

Ansora  04 Sentyabr 2012, 12:12:26

 :asl3:

Duolaringiz uchun Alloh rozi bo'lsin. Qat-qatini sizlargayam nasib qilsin.
Qaynotamni operatsiyalari yaxshi o'tdi, shukr, yana 1 haftacha kasalxonada yotar ekanlar, undan keyin dadamizga judayam yaxshi qarashimiz kerak inshalloh.
Inshalloh o'simta boshqa organlarga sachramasa, dadamiz tezda oyoqqa turib ketadilar, garchi doktor buyrak (ishlamay qolganini) va buyrak osti, usti bezlarini umuman olib tashlaganini, yon atrofini yaxshilab tozalaganini aytibdi...

Rabbim butun kasallarga shifo bersin tez kunda, farzandlarini kamolini ko'rishsin.

Habibjon, ota-onangizni ham umrlari uzoq bolsin, tani jonlari sog bolib, bagirlari nevaralarga tolib yurishsin iloyim.
Muallim ukamiz ham borgan joylarida omon bolsinlar, ilmlari bundan ham ortsin, u kishi uchun duodamiz. (oglimam akalariday ilmni orqasidan quvadigan bola bolsin omin)

Qayd etilgan

Habib  06 Sentyabr 2012, 15:14:53

Allah hayrli niyyatlaringizga yetkazsin Ilohim.  :amn3:

Qayd etilgan

Shuhrat_  06 Oktyabr 2012, 23:03:27

 :asl3:
Xaq taolo dardni bolajonlarga bermasin.
Farzandingiz Ko'zlarini katta katta ochib,: daddu mala buyeym og'riyapti deb yig'lasa qandoq chidaysiz, daddu duxtilla ukor qimeyda deb ko'z yoshlarini tuksa qandoq chidaysiz, daddu biiitta ukol qiladi holosa, daddu bu yerdan qachon ketamiz, daddu meni opketi,daddu qacho tuzalaman ...bo'ynizni maxkam quchoqlavolsa, Ya Alloh shu dardni menga berr ,deb dod deb yig'larkansiz...
Azizlar barcha bemor bolajonlar haqlariga,dardlariga Allohdan shifo so'rab, g'oyibona, ko'z yoshlaringizni oqizib ,duo qilinlar
 
Qayd etilgan

Abdulhafizaka  07 Oktyabr 2012, 08:37:53

Allohim bemor bolalarning ota-onalariga sabr matonat, barcha bolalar shifokorlariga bilim va himmat, bolajonlarga shifo ber. Amin.

Qayd etilgan