Duo so'rab...  ( 28695 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhseena  12 Avgust 2010, 06:04:09

 :as:

Forumdoshlardan muslima dugonamiz haqlariga duo qilib qolishingizni so'raymiz.Ulug' oyda ro'mollariga tahdid solinmoqda...Bu xabardan dilimiz hufton bo'ldi.Dugonamiz ancha tushkunlikka tushib qolibdilar.Shunday ekan,birodar aka-ukalar,opa-singillardan haqlariga go'yibona duo so'rab qolamiz.Allohim dugonamizni chin muslimalik baxtidan ayirmasin,ikki dunyoda O'zi rozi bo'ladigan bandalaridan qilsin.Solih juft ato etib so'nggi nafasigacha Xoliqqa xizmatda bo'lishini nasib etsin.Sinovlarda sinib qolmasin....Duo qilinglar birodarlar....
                                                                                                           Muhseena,G_u_l_i,Siddiqa...

Qayd etilgan


G_u_l_i  12 Avgust 2010, 06:20:59

Duolaringiz sabab bir birodarimizni ishlari hayrli bo`lib, ro`mollari boshlaridan tushmay qolsaydi....

Qayd etilgan


Robiya  12 Avgust 2010, 06:21:27

Allohim xayrli xotima bersin!

Qayd etilgan


IXLOS  12 Avgust 2010, 07:55:10

Assalamu alaykum...
Xar gal shunga o'xshash xabar eshitsam yoki o'qib qolsam qalbim og'riydi...
Nega bu dayuslar o'zlari yurmagan to'g'ri yo'ldan birovlarni xam yurishini xoxlamaydilar...?
Nega bu dayuslar o'z axli ayollarini eplay olmagani yetmagandek boshqalarni shunga targ'ib etadilar...!
Xar gal shunga o'xshash xabar eshitsam Robiyani qiyinchiliklari xayolimdan o'tadi...
Alloh u kishiga xuddi Robiyadek sabru jamil, iymoni komil ato etsin...

Qayd etilgan


Ansora  03 Aprel 2012, 13:05:15

 :asl3:

Ilgari ham aytganimday, 1.5 yoshli Ominaxon nasib bo'lsa bu Jum'a kuni yurak operatsiyaiga kirarkan. Doktorlar 6 soat davom etadi, deyishibdi:(

Iltimos, Ominaxon uchun duolaringizni darig' tutmang azizlar...

Qayd etilgan


Ansora  05 Aprel 2012, 18:57:00

 :asl3:

Ho'jayinim sizlarga duoyi salomlarini yetkazishimni iltimos qildilar va: "O'zbek qardoshlarimdan iltimos qilaman, men uchun duo qilsinlar", dedilar. U kishi nasib bo'lsa bir necha jiddiy imtihon va muloqotni oldida turibdilar.

Azizlar, duo qilinglar haqqimizda xayrlisi qaysi biri esa Alloh Taolo shuni nasib etsin bizga. Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  05 Aprel 2012, 20:50:39

Хақ Таоло Ўзи нусрат бериб, имтиҳонларини енгил қилсин. Ссзларини сткир қилиб, юзларига нур берсин.

Qayd etilgan


Ummu Muslima  06 Aprel 2012, 10:46:58

 Imtohonlarni osonlik bilan topshirib yuzlari yorug' bo'lsin,
o'ylagan yahshi niyyatlariga yetkazsin.
Alloh ho'jaynizi va barcha musulmon brodarlarni  har ikkala dunyo imtihonlarida omadimizni bersin omin

Qayd etilgan


Ҳанафий  21 Aprel 2012, 18:37:29

Assalomu alaykum.

Aziz forumdoshlar duolaringizga muhtojmiz.

Bir qarindoshimiz juda ham og'ir betob bo'lib qoldi. Allohim dardiga shifo berib, umrini uzoq qilsin!...

O'zim ham shu kunlarda tomoq og'rig'idan juda aziyat chekmoqdaman. Iltimos kaminani ham duolaringizda eslab qo'ysangiz.

Rahmat.

Qayd etilgan


Sadulla  22 Aprel 2012, 08:24:25

 :asl3:

Olloh barcha bemor bandalariga  shifoi komil bersin.Umid bilan duoga qo'l ochganlarni duolarini ijobat qilsin!

Qayd etilgan