Ba’zi musulmonlar kayf bilan namoz o‘qiy turib Qur’on tilovatidan yanglishib ketgani uchun Niso surasining 43-oyati nozil bo‘ldi: "Ey, mo‘minlar, agar mast bo‘lsangiz, to nima deyayotganingizni anglab yetmaguningizcha namozga yaqinlashmanglar". Musulmonlar mast holda bir-biriga ozor yetkazgani uchun Moida surasining 90-91-oyatlari nozil bo‘lib, ichkilik butunlay harom qilindi: "Ey mo‘minlar, aroq ichish, qimor o‘ynash, butlar (cho‘qinish uchun tiklangan toshlar), fol cho‘plari* chindan ham yaramas odat, shaytonning ishi. Najot topish uchun ulardan saqlaninglar. Shayton aroq, qimor orqali orangizda adovat, dushmanlik tug‘dirishga, Ollohning zikridan va namozdan qaytarishga urinadi. Bu ishlardan qaytmaysizlarmi?" O’sha paytdagi musulmonlar "qaytdik" deb javob berishgan. Bugungi musulmonlar ham shunday deyishlari kerak.
______________
*Fol cho‘plari — johiliyat davrida arablar safarga chiqmoqchi, uylanmoqchi bo‘lsa yoki biron kishining nasl-nasabi ustida tortishib qolishsa, Uzro, Hubal nomli butlarning yoniga borib Azlom deb ataladigan maxsus cho‘plar bilan fol ochishardi. Masalan, "Robbim buyurdi" yoki "robbim qaytardi" degan so‘zlar yozilgan cho‘plarni maxsus idishga solib aralashtirishar va qo‘liga qaysi cho‘p chiqsa, shunga qarab ish qilishardi.