Islom ustidan kulishmi bu?  ( 18711 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Bayern M  17 Avgust 2010, 09:32:36

:bs1:
 :as:
Alloh Alloh, Ramazonda to`y. Man birinchi martta eshtishim, haqiqattan to`y un 11 oy bor nimaga aynan Ramazonda qilisharkin. Alloh o`zi asrasin bunaqa odam bo`lishdan. :(

3-саволни бир укишингизни маслахат бераман, жавоби бор пастрокда.

Qayd etilgan


Ansora  17 Avgust 2010, 13:01:11

Ramazon oyi to'q qilish mumkin eamsmi?

Diniy tarafdan bilmadim, lekin men kunduz deb o'yladim ham ichkilik ichilgandir...
o'zi 1 oygina Ramazon, 11 oy bor-ku to'y uchun...

shu 1 oyni toat-ibodatda o'tkazish kerak, to'y degani tashvish degani, inson ko'p narsadan chalg'iydi...
Faqat Bir Oyni Taoat Ibodatda O'tkazish Emas BU Dunyoda BIr Umr Toat Ibodatda Bo'lsihlik Lozim Emasmi?

Ukajon albatta Musulmon har doim toat-ibodatda bo'lishi kerak. Lekin meni nima uchun bunday deganimni shu misolda tushuntiray.
Masalan sizga juda qadrdon inson uyingizga mehmon bo'lib keldi. U uzoqda ekanligida ham xabar olasiz, telefon qilasiz, orada sovg'a-salom  jo'natasiz.
Lekin uyingizga kelganda esa yana ham ko'proq mehr ko'rsatasiz.
Meni nazarimda Ramazon huddi shu mehmonday. Zotan uyimizga yilda 1 marta keladi, unga izzat-ehtirom ko'rsatib, "mamnun etish" har birimizning qarzimizdir.

Aslida esa qani endi tez tez ro'za tuta olsak...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Avgust 2010, 13:46:44

Iqtibos
Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas.

U militsiya xodimlari masjidni qo'riqlash uchun turishgani yo'q. Masjidni kimdir orqalab ketarmidi?

Xasti Imomga nafaqat musulmon yurtdoshlarimiz, balki turistlar ham kelishadi... O'zga yurtlardan mehmonlar ham keladi... O'shalarning xavfsizligini va o'zi umuman masjid hududidagi kutilmagan ko'ngilsizliklarni oldini olish uchun turishadi...

Iqtibos
Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi.

Dalil so'zi siz uchun har doimgidek yengilgina narsa... Birinchidan, masjid atrofidagi ahvol juda ham siz aytganchalik emas. Ozgina bo'rttirib gapirayapsilar... Ikkinchidan, shunaqa odamlarni masjid atrofiga borishiga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarimizning nima aloqasi bor?! O'ylab gapiryapsizmi o'zi?

Yana shuni unutmaylikki, Xasti Imom faqat masjid emas. U kompleks. U yerda tarixiy yodgorlik ham mavjud. Uni ko'rish, tomosha qilish uchun kelganlarga ta'qiq qo'yib bo'lmaydiku...

Iqtibos
masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan.

Masjid qursa ham bir balo, qurmasa ham... Qanday maqsadda qurilganini ibodat qiluvchi uchun nima aloqasi bor? Nima bo'lganda taqdirda ham u Ollohning uyi... Ollohning uyi haqida bundayin betayin gaplarni gapirishdan tiyinsangiz bo'lar edi.
Katta xolangizni uyimas bu...

O'sha qurgan odamlarni yomonlang, yonida yurgan betavfiqlarni ayblang, farosati yetmagan kiforlarni gapiring, lekin hech qachon masjidni yomon deya tilga olmang. Bunga haqqingiz yo'q.

Bilaman, xozir yana o'zizni oqlash uchun, men masjidni yomonlaganim yo'q, men unaqa gapiruvdim, bunaqa gapiruvdim deyishni boshlaysiz. Lekin nima bo'lishidan qat'iy nazar vijdoningizga havola...



Keyin bitta-ikkita mutasaddilarni deb, butun diniy idorani yomonlashga, ularni iymonsizlikda ayblashga kim bo'psiz...

Iqtibos
Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...

Siz kimga ayb qo'yayotganingizni bilasizmi? Bevosita Diniy idoramizning boshliqlarini yomonlamoqchisiz... Uning tepasida esa kim turganini sizga eslatishim kerakmasdir...

Oldingi bahslarimdan birida ham aytgandim sizga, birovni gunohlarini sanaguncha, o'zingizni savoblaringizni oshirishga harakat qilsangiz bo'lardi.

Bu yerda kimlarga tuhmat qilgandan ko'ra... Siz tuhmat qilmayapman deyapsiz. Unda g'iybat ham qilmang...

Tag'in shunday muborak oyda kimlarni yomon otliqqa, ularni iymonsizga, diniy idora vakillarimizni esa dunyo ishlarini diniy ishlardan ustun qo'yadigan betavfiqqa chiqarishdan uyaling.

Lekin siz uyalmaysiz... Sizda uyat hissi qolmagan chamamda...

Uzr, qizishib ketgan bo'lsam... Ming bor uzr...

Olloh biz osiy bandalarning gunohlarini o'zi kechirsin...

Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Avgust 2010, 19:59:56

Iqtibos
Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas.

U militsiya xodimlari masjidni qo'riqlash uchun turishgani yo'q. Masjidni kimdir orqalab ketarmidi?

Xasti Imomga nafaqat musulmon yurtdoshlarimiz, balki turistlar ham kelishadi... O'zga yurtlardan mehmonlar ham keladi... O'shalarning xavfsizligini va o'zi umuman masjid hududidagi kutilmagan ko'ngilsizliklarni oldini olish uchun turishadi...

Iqtibos
Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi.

Dalil so'zi siz uchun har doimgidek yengilgina narsa... Birinchidan, masjid atrofidagi ahvol juda ham siz aytganchalik emas. Ozgina bo'rttirib gapirayapsilar... Ikkinchidan, shunaqa odamlarni masjid atrofiga borishiga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarimizning nima aloqasi bor?! O'ylab gapiryapsizmi o'zi?

Yana shuni unutmaylikki, Xasti Imom faqat masjid emas. U kompleks. U yerda tarixiy yodgorlik ham mavjud. Uni ko'rish, tomosha qilish uchun kelganlarga ta'qiq qo'yib bo'lmaydiku...

Iqtibos
masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan.

Masjid qursa ham bir balo, qurmasa ham... Qanday maqsadda qurilganini ibodat qiluvchi uchun nima aloqasi bor? Nima bo'lganda taqdirda ham u Ollohning uyi... Ollohning uyi haqida bundayin betayin gaplarni gapirishdan tiyinsangiz bo'lar edi.
Katta xolangizni uyimas bu...

O'sha qurgan odamlarni yomonlang, yonida yurgan betavfiqlarni ayblang, farosati yetmagan kiforlarni gapiring, lekin hech qachon masjidni yomon deya tilga olmang. Bunga haqqingiz yo'q.

Bilaman, xozir yana o'zizni oqlash uchun, men masjidni yomonlaganim yo'q, men unaqa gapiruvdim, bunaqa gapiruvdim deyishni boshlaysiz. Lekin nima bo'lishidan qat'iy nazar vijdoningizga havola...



Keyin bitta-ikkita mutasaddilarni deb, butun diniy idorani yomonlashga, ularni iymonsizlikda ayblashga kim bo'psiz...

Iqtibos
Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...

Siz kimga ayb qo'yayotganingizni bilasizmi? Bevosita Diniy idoramizning boshliqlarini yomonlamoqchisiz... Uning tepasida esa kim turganini sizga eslatishim kerakmasdir...

Oldingi bahslarimdan birida ham aytgandim sizga, birovni gunohlarini sanaguncha, o'zingizni savoblaringizni oshirishga harakat qilsangiz bo'lardi.

Bu yerda kimlarga tuhmat qilgandan ko'ra... Siz tuhmat qilmayapman deyapsiz. Unda g'iybat ham qilmang...

Tag'in shunday muborak oyda kimlarni yomon otliqqa, ularni iymonsizga, diniy idora vakillarimizni esa dunyo ishlarini diniy ishlardan ustun qo'yadigan betavfiqqa chiqarishdan uyaling.

Lekin siz uyalmaysiz... Sizda uyat hissi qolmagan chamamda...

Uzr, qizishib ketgan bo'lsam... Ming bor uzr...

Olloh biz osiy bandalarning gunohlarini o'zi kechirsin...

Birodar, har bir postingizga javob berish majburiyatini olganim yo'q. Bahslashmaymiz. Baribir, foydasi yo'q. Mening yozganlarim yqomagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering. Lekin haqorat qilmang. Men umumiy gapirdim. Agar haqoratli gaplarni gapirgan bo'lsam, gap egasini topadi. Lekin dalillarim bor, dedim. Ya'ni juda xohlasangiz, nomlarni keltirishim mumkin.

Keyin men Sizga emas, menga savol bergan boshqa forumdoshga javob berdim. Har joyda mening postlarimga munosabat bildiraverishingiz shart emas. Yana bir gap: men hech kimni iymonsizlikda ayblamadim. Agar men yozganlarimni tushunmagan bo'lsangiz, yoki noto'g'ri tushungan bo'lsangiz, ayb mendamas.

Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman. Lekin, yana qaytaraman, Siz bilan bahslashmayman.

Bu ushbu mavzudahi so'nggi postim.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  18 Avgust 2010, 23:51:11

Xech kimsa islom ustidan kulaolmaydi, o'zi kulgu bo'ladi. Bu mavzuga taluqli hech qanday ko'zga ko'ringan ma'lumotlar ham yo'q. Yuqorida keltirilgan barcha fikr mulohazalar boshqa mavzu o'ylashimcha.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  19 Avgust 2010, 00:46:19

Ассаламу алайкум!
 
Ман фалончининг айбини хужжати билан биламан. Яъни, намоз сқимаслигини ва баъзи бошқа ишларини. Хатто уни бир смас, бир нечта акахон тасдиқлайди. Агар сша нуқсони борнинг хатосини сзига хиқмат билан тушунтириб, схшиликка бошлаш срнига  омма ичида "менинг далилим бор" деб гапирсам, "мусулмонман" дес қилган давоимдан наф бсладими?
Мен хаётда бировларни кузатиб, ишига сраша амал қилмаётганини ксриб, уни ҳаммага овоза қилиш учун борманми?
А­ воҳ, сзимнинг нечоғлик хатоларим бор?
Буни сарҳисоб қилдимми?  Буларни тузатмасдан туриб, бошқаларнинг нуқсини гапирсам, мени Аллоҳ шарманда қилмасмикин.
Буни сарҳисоб қилдимми? Бировнинг айбини далили билан биламан дегунча Аллоҳнинг олдидаги айбларимни ювсам сринли бслармикин.

Ойна қаршисига келсак, устимизда анча ишлашга мажбур бсладиганимиз нусонлар бор скан. Биров далил қила олмайдиган. Фақат Аллоҳ билган ва ойна гувоҳ бсладиган. Бошқаларнинг кичкина хатосини ксриб, уни бировга айтишни сйлагунча, сзимизда мавжуд аснчлик нуқсонлар бартарафи учун курашсак, иншоАллоҳ, манфаатлик бслади.

Шу сринда жуда бир ҳаммамиз учун кераклик бслган мана бу гапларга сътибор қаратиб қссйлик. Зеро, шуларга амал қилиш бошқаларнинг устимиздан кулмаслигида муҳим аҳамист касб стадиган нарсалардан скан. Валлоҳу аъалм.

Абу Барза ал-Асламий розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «А­й тили билан иймон келтириб қалбига иймон кирмаганлар жамоаси! Мусулмонларни ғийбат қилманглар ва уларнинг айбларини ахтарманглар! Ким уларнинг айбини ахтарса, Аллоҳнинг Ўзи унинг айбларини ахтаради. Аллоҳ кимнинг айбларини ахтарса, уни уйининг ичида шарманда қилади», дедилар».
Абу Довуд ва Термизий ривост қилган.

Шарҳ: Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: сзларининг бу муборак ҳадисларида катта бир ҳақиқатни баён қилмоқдалар. У зот одамлар ичида тллари билан иймон келтириб, қалбларига иймон кирмаганлари борлигини билдириб сшаларга хитоб қилмоқдалар.
«А­й тили билан иймон келтириб қалбига иймон кирмаганлар жамоаси!»
Демак, тили билан иймон келтириб қалбига иймон кирмаганлар кспчилик бслар сканлар.
«Мусулмонларни ғийбат қилманглар ва уларнинг айбларини ахтарманглар!»
Ўша жамоа мусулмонларни ғийбат қилмасликлари керак скан. Ўша жамоа мусулмонларнинг айбларини ахтармасликлари керак скан. Агар улар бу ишларни қиладиган бслсалар, сзларига ёмон бслар скан. Чунки,
«Ким уларнинг айбини ахтарса, Аллоҳнинг Ўзи унинг айбларини ахтаради. Аллоҳ кимнинг айбларини ахтарса, уни уйининг ичида шарманда қилади».
Ҳа, мусулмонларнинг айбини тиноқ остидан кир ахтаргандек қилиб ахтарганларнинг айбини Аллоҳ таолонинг Ўзи ахтара скан. У зот айб ахтарганда сса қойиллатиб ахтаради. Айдорни шармандаи шармисор қиладиган қилиб ахтаради.
Мусулмон банданинг айбини ахтариш қанчалар оғир скан. Шунинг учун бу ишдан тийилмоқ зарур.

Термизийнинг лафзида: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: минбарга кстарилдилар ва баланд овоз ила нидо қилиб: «А­й тили билан мусулмон бслиб қалбига иймон стмаганлар жамоаси! Мусулмонларга озор берманглар! Уларни айбламанглар! Уларнинг айбларини ахтарманглар! Ким сзининг мусулмон биродарининг айбини ахтарса, Аллоҳ унинг айбини ахтаради. Аллоҳ кимнинг айбини ахтарса, уни албатта шарманда қилади. Гарчи юкининг ичида бслса ҳам», дедилар», дейилган.

Бир куни Ибн Умар Каъбага назар солиб туриб: «Қанчалар ҳам улуғсан! Сенинг ҳурматинг қанчалар ҳам улуғ! Мсминнинг ҳурмати Аллоҳнинг ҳузурида сендан ҳам улуғ!» деди».
Шарҳ: демак, мсмин кишини беҳурмат қилиш Каъбаи Муаъззамани беҳурмат қилишдан ксра ёмон скан. Шунинг учун зинҳор ва зинҳор мсмин кишини беҳурмат қилишга қсл урмас-лик лозим.

Муовис розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Сен одамларнинг айбларини ахтарсанг, уларни бузасан ёки бузай дейсан», дедилар.
Абу Дарда: «Муовисга у Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:дан сшитган бу калима орқали Аллоҳ манфаат берди», деди».

Шарҳ: Одамларнинг айбини ахтариш катта гуноҳ бслиши би-лан бирга уларнинг бузилишига ҳам сабаб бслар скан. Дарҳақиқат, аъзолари бир-бирининг айбини ахтарадиган жамистларнинг одамлари бузилиши оқибатида жамистнинг сзи ҳам бузилиб, парча-парча бслиб тарқали кетганлигининг гувоҳлари ҳам ксп.
Агар Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам:нинг насиҳатларига амал қилиб одамларнинг айбларини ахтарилмаса фойдали бслар скан. Ана сша фойдага ноил бслганлардан бири Муовис ибн Абу Суфён розисллоҳу анҳу сканлар.

Абу Умома розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Агар амир одамлардан айб ахтараверса, уларни бузади», дедилар».

Абдуллоҳ розисллоҳу анҳуга: «Ана, фалончи! Унинг соқолидан ароқ томиб турибди!» дейилди. Шунда у: «Биз жосуслик қилишдан наҳий қилинганмиз. Лекин бир нарса зоҳир бслса, уни оламиз», деди».
 Учовини Абу Довуд ривост қилган.
Шарҳ: Одамларнинг сширин қилаётган ишларини уларнинг ҳақида ёмон гуноҳда бслиб ҳадеб қидиравериш схши смас. Аммо уларнинг ёмонлиги ошкор бслиб қолганда қилмишига сраша жазо бериш лозим.

http://islom.uz/content/view/711/1/


 

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Avgust 2010, 11:20:34

Iqtibos
Birodar, har bir postingizga javob berish majburiyatini olganim yo'q. Bahslashmaymiz. Baribir, foydasi yo'q. Mening yozganlarim yqomagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering. Lekin haqorat qilmang. Men umumiy gapirdim. Agar haqoratli gaplarni gapirgan bo'lsam, gap egasini topadi. Lekin dalillarim bor, dedim. Ya'ni juda xohlasangiz, nomlarni keltirishim mumkin.

Keyin men Sizga emas, menga savol bergan boshqa forumdoshga javob berdim. Har joyda mening postlarimga munosabat bildiraverishingiz shart emas. Yana bir gap: men hech kimni iymonsizlikda ayblamadim. Agar men yozganlarimni tushunmagan bo'lsangiz, yoki noto'g'ri tushungan bo'lsangiz, ayb mendamas.

Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman. Lekin, yana qaytaraman, Siz bilan bahslashmayman.

Bu ushbu mavzudahi so'nggi postim.

Har doimgidek holat...

Biron bahsli vaziyat tug'ilganda va siz o'zingizni oqlash uchun asos kamaya boshlashi bilan eng oson va sinalgan usulini qo'llaysiz... Ya'ni men siz bilan bahslashmayman, bu befoyda, shu yerda bahsni tugataylik deysizu, tamom. Juda-juda oson qutulasiz. Yana oxiriga straxovka uchun "Men boshqa bu mavzuga qaytmayman" deb qo'shib qo'yasiz... Juda-juda puxta usul...

Ha, inson birovlar nomiga shuncha yomon so'zlarni ishlatib, endi sekingina qochib qolmoqchimisiz...

Yana sizni haqorat qilishlari yoqmasmishu, o'zingiz boshqalarni haqorat qilsangiz mumkin ekanmi?

E'tiboringiz uchun men sizdan farqli o'laroq hamma gapni yuzingizni aytaman, sizga o'xshab birovlarni orqasidan g'iybat qilmayman...

Shuncha bunday vaziyatlarga mayli deb indamay keldim. "Andishani otini qo'rqoq" deganday, doim bahs jiddiy ko'rinishga yetay deganda, bir nimalarni bahona qilib savollarga javob bermay ketaverardingiz. Men ham xo'p deb qo'yardim. Ammo endi hamma gapni gapirmasam bo'lmaydi...

Siz umumiy gapirdim deb aytibsiz. Ha, siz doimo umumiy gapirasiz... Bu sizning o'zga xos uslubingiz, stilingiz. O'shanda suvdan quruq chiqish oson bo'ladi sizga. Men umumiy gapirgandim deb turaverasiz.

Ammo bu juda yomon odat. Bir yoki ikki kishini deb hammaga baho berish noto'g'ri. Tasavvur qiling, sizni qilgan bir yomon ishingiz uchun (har holda farishta emasligingizni tan olarsiz) men butun oilangizni yomonlayapman... Oilangiz tarkibiga esa otangiz, onangiz, aka-uka, opa-singillaringiz ham kiradi. Xo'sh, sizning aybingiz bilan men ulanri ham yomonlasam bu adolatdanmi? Shunaqa qilsam to'g'ri bo'ladimi? Hech bo'lmasa shu savolga javob berish uchun ozgina vijdoningiz bordir?

Nega siz shunchalik davlat rahbarlarini yomon ko'rasiz-a? Nega bunchalar yuqoridagi amaldorlarga va ular olib borayotgan siyosatga kuchli nafrat bilan boqasiz-a?

Bu nafratingiz shunchalik darajadaki, davlat amaldorlarini yomonlash uchun xatto Ollohning uyiga ham tosh otdingiza!!! Yo, alhazar...

Men garchi doimo bahslashib, tortishib yurgan bo'lsak ham sizni shu paytgacha taqvodor inson deb bilar edim... Lekin endi fikrlarim butunlay o'zgardi (bilaman, garchi meni fikrim siz uchun qiziq bo'lmasligi mumkin). Sizning taqvoyingiz nafratingizdan kuchsiz ekan...

Ey, inson, biz kim bo'libmizki, biz Ollohni uyini yomonlaymiza... Necha minglab insonlar masjid uchun hech bo'lmasa bir dona g'isht qo'yishni orzu qilib yurgan bir vaqtda, siz masjidni fisqu-fasod joyga tenglashtirayapsizmi?

Ey, inson, kim biz kim bo'libmizki, Ollohning yerdagi vakili deya hisoblanadigan davlat boshlig'iga ayb qo'ya olamiz... Ularni qilayotgan ishini mingdan birini ham qilishga qurbimiz, aqlimiz, kuchimiz yetarmikin?!..

Ey, inson, biz qanchalik taqvodor bo'lib ketdikki, davlatdagi diniy idora vakillarini iymonsizlikda ayblaymiz? Ularning ilmi, iymonichalik bizda ilm bormikin? Islom uchun ular qilgan ishning yuzdan birini bo'lsada qila oldikmikin? Ular shu paytgacha qilgan toat-ibodatlarini hech bo'lmasa o'ndan birini bo'lsa ham bajara oldikmikin?

Ey, inson, biz qanchalik farishta bo'lib ketdikki, o'zgalar xatosini Olloh bilganchalik to'kis va to'liq ko'ra oladigan bo'libmiz? O'zimiz ular qilgan gunohlarni takrorlamayapmizmi nima?


Birodar, siz bir postingizda 16 yoshingizgacha menday fikrlaganingizni, keyin esa fikringiz tubdan o'zgargani yozgandingiz. Demak, o'sha fikringiz o'zgargan vaziyatda sizga yoki sizning oilangizga nisbatan jamiyatda qandaydir adolatsizlik qilingan bo'lishi mumkin. Shuning natijasida siz jamiyatga nafrat ko'zi bilan qaray boshlagandirsiz... Balkim...

Lekin bir narsani tushuning. Inson bu dunyoda boqiy emas. Xozirgi amaldorlarimizdan ham davr o'tadi, hukumat tepasiga qachondir yangi insonlar keladi. Lekin siz ishonasizmi, yuqoridagi insonlar o'zgargan bilan, hamma yoqda adolat 100% o'rnatilishiga? Nahotki bunday ko'r-ko'rona aqidaga sizning ko'nglingizda ishonch bo'lsa? Endi qiyomatgacha bunday vaziyat bo'lmaydi hech qachon... Saodat asri qaytmaydi baribir. Bizku, dunyoviy davlatmiz, ammo o'sha Islom ustunlari bo'lgan Saudiya yoki BAAlarda ham adolat tiklanmaydi... Buning sababi nimada bilasizmi?

Sababi shudaki, davlat rahbari bitta bo'lgan bilan uning 100lab amaldorlari bor. Ularning qo'lida esa minglab xodimlar, insonlar  ishlaydi. Ha, aynan INSONlar! Inson esa xato qiladi... Xohlaysizmi, yo'qmi... Beayb parvardigor... Buning ustiga
kim javob bera oladi, shu minglab xodimlarning orasida podani bulg'amaydiganlar yo'q deb? Salla desa kallani ob keladigan ba'zi rahbarlarni deb insonlar orasida hukumatga nisbatan salbiy fikrlar paydo bo'layapdi...

Xozir butun dunyoda og'ir siyosiy davr. Hamma yoqda siyosiy o'yinlar avj olgan. Ayniqsa tashqi siyosiy va mafkuraviy hurujlar kuchaygan davr. Tinchligimizni ko'rolmaydiganlar son mingta... Kim biladi balki, pastdagi ba'zi chinovniklar atayin hukumat rahbarlarini yomon ko'rsatish uchun xalqqa zulm o'tkazayotgandir? Ularning asl maqsadi shunday emas deb kim kafolat bera oladi?!

Birodar, sizning miyangizni davlatga qarshi juda ham kuchli zaharlashgan... Sizning har bir postingizda, har bir jumlangizda, har bir nuqta-yu vergulingizda bu narsa sezilib turadi... Siz ko'zi ochig'u, lekin qalbi so'qir insonsiz... Siz O'zbekistondagi hamma bo'layotgan ishlarni yomon ko'z bilan qarashga o'rganib qolgansiz... Bu juda yomon, bu juda ayanchli...

Men oldin bunday fikrlamasdim, lekin mana shu oxirgi aytgan gaplaringiz mening hayratimni oshirdi. Ramazon oyida bundayin masjid haqida, ulamolar haqida aytilgan fikrlar, har qanday odamni hayrat daryosiga cho'miltirishi aniq...

Siz ular haqida g'iybat va tuhmat qilib, faqatgina ulanring gunohlarini to'kishga sababchi bo'layapsizu, ammo o'zingizning gunohlaringizni ko'paytirayotganingizdan xabaringiz yo'q... Birodar, qiyomatdan qo'rqmaysizmi? Ertaga har bir gapning javobi borku...

Iqtibos
Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman.

Birodar, menga javob bermasangiz ham mayli, ammo qiyomatda javobini bera olsangiz bo'ldi... Meni aldarsiz, lekin u vaqtda aldolmasligingizni tushunsangiz bo'ldi... Menga haqligingizni amallab isbotlarsiz, ammo Ollohga isbotlab bera olishingizga aniq ishonsangiz bo'ldi...

Iqtibos
Mening yozganlarim yoqmagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering.

Men unaqa qila olmayman. Sizning davlatimizga, xalqimizga, hurmatga sazovor insonlarimizga aytayotgan salbiy fikrlaringizga indamay o'tib keta olmayman.

Balki mening qarshi fikrlarim sizni dunyoqarashingizni zig'ircha ham o'zgartira olmas. Balki siz mening gaplarimni umuman o'qimassiz ham... Lekin...

Lekin boshqa forumdoshlar, forumni kuzatayotgan boshqa insonlar sizning ushbu gaplaringizdan zaharlanishini istamayman... Ular O'zbekistonni do'zax deb xato tushunib qolishini xohlamayman...

Shuning uchun har bir postingizga, yanada aniqroq aytadigan bo'lsam, har bir davlatga qarshi, Vatanimizga qarshi aytgan noo'rin tuhmatlaringizga (agar haqiqatdan o'rinli bo'lsa mening ishim yo'q) javob qaytaraveraman... Uzundan-uzun post qoldiraveraman. Har fikringizni tahlil qilib beraveraman...

Zora hech bo'lmasa 1 ta insonni fikrini o'zgartira olishga hissa qo'sholsam ham, shuncha gaplarni yozishga ketgan vaqtimga va kuchimga achinmasdim...

Sizga, menga va umuman barchaga Ollohimning o'zi to'kis iymon va insof ato qilsin... Bilib va bilmay qilgan gunohlarimizni o'zi kechirsin...

Qayd etilgan


saraton07  22 Avgust 2010, 10:38:26

 :as:
Juda ayanchli albatta. Lekin bu holatlar  hamma uchun desak  xato qilmaymiz, oddiy hol bo'lib qolgan. Sababi biz loqaydmiz,judayam. Oilamizdagilar b-n ishimiz yo'q, qo'ni-qo'shnilar b-n ishimiz yo'q.
 Kim ayta oladi hozir, shu muqaddas  oyda kio'cha kuyda mast alast yurgan qo'shnimiz yoki yaqinlarimizga tanbeh berib hidoyatga da'vat qilayapman deb? Ayollar masalasi endi tugamaydigan masala. Atrofga qarab turib, Jabroil alayhissalom Qur/onni,islomni, iymonni olib ketadigan vaqtlarda yashayapmiz deb o'ylab qolaman.
Shirin singlimiz aytganlaridek ,masjidni muslimalar tozalab yurishlari yaxshimas albatta. Lekin o'sha yerda yurgan, ayrim qorovullar(aytmoqchi ularning ayrimlari namoz o'qishmaydiyam) shalpayib yurgandan ko'ra,bekordan bekorga yurib, savob uchun ham hech bo'lmaganda.  supurishsa bo'ladiyu. Biz ham bir aylanib keluvdik yaqinda shu masjidni. Yuqoridagi birodar aytgandek shunaqa holatlarni ko'rdik ,undan battar bo'lmasa. Hayron qoldim. Bu ahvolni masjidga 1,2 marta borib  ahamiyat berish qiyinroq.
Ammo lekin, ichiga kirsangiz gap yo'q ekanu, tashqarisidagi ahvol.... ming afsus
Yurist bilan Musannif Adham  tortishmanglar. Na Yuristning , na M-Adhamning foydasiga  hal bo'lmaydi bu.
  Nega endi ma'lum qoidalarni  ishlab chiqib, kompleks hududi uchun joriy etsa bo'lmaydiyu turistlar xavsizligi uchun qoidalar joriy etsa bo'ladi?. Masalan eshitganmiz, Turkiyada Ayo Sofiya masjidida turistlar uchun bir martalik ayollar kiyimi berilarkan. Kiyib kirib, chiqqanda yechishar ekan. Bo'ladiyu shunday qilsa.
 Qisqasi  bu masalani  mutasaddi rahbarlardan boshqalar hal qilolmaydilar.
Alloh yaxshi tomonga bursin  hamma masjid  mutasaddilarini.

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:53:53

Alloh Taolo Barchamizni To'g'ri Yo'ldan Adashtirmasin,Hammamizga Insofu Tofiq Bersin,.

Qayd etilgan


shirin_a  27 Avgust 2010, 03:46:56

Hastimomning yangi binosi, uning yonida qurilgan Diniy Idora "taqvo ustida" qurilgan emas. Xo'jako'rsinga[/u], 2007 yili Toshkent Islom Madaniyati Poytaxti bo'lib qolganiga qurilgan.

...Siz aytgan ishlarga ularning vaqti yo'q. O'zi namozni o'qishga zo'rg'a vaqt topishadi. Kerak bo'lsa ishlari zarur bo'lsa, namozni ham tark qilvorishadi[/u]. Nima ham derdik? Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...

Дсстим, сиз бу айтганларингизга шахсан гувоҳ бслдингизми? Агар гувоҳ бслмаган бслсангиз, туҳмат бслиб қолмасин.

Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas. O'zi O'z baytini himoya qilib oladi. Buni johiliyat davrida AbdulMuttalib bilgan, nahotki bunga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarning aqli yetmasa?), masjidga yarim-yalang'och ayollar bemalol kirib chiqishadi (boshqa masjidlarda hijobli ayollar ham masjid ma'muriyatining ruxsati bilan kirgiziladi), masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan. Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi. Bu masjidmi, yoki istirohat bog'imi? Siz O'zbekiston bo'yicha atrofida mana shunday ishlar bo'layotgan yana bitta masjidni misol qilib keltirolasizmi?   

Men diniy idoraning yangi binosiga 2007-2008 yillarda 2-3 marta borganman va u yerdagi holatlarga shaxsan guvoh bo'lganman. Bundan tashqari shaxsan guvoh bo'lgan bir emas, bir nechta kishidan shu haqida (diniy idora xodimlarining namozni tark qilishlari) eshitganman. O'sha guvoh bo'lganlardan biri mana shu forumda taniqli bir akamiz bo'ladilar.

Keyin men hech kimga tuhmat qilmoqchi emasman. Bu yerda aniq nomlarni keltirishim ham mumkin edi. Faqat ortiqcha gap ko'paymasin, deb umumiy gap bilan cheklandim.

 :bs1: :as:
Avvalam bor Alloh hohlagan ishlar bo`ladi, dindosh bu bo`lib o`tvotgan ishlaga imomlani ayblamaslik tayillangan edi eshtgan bo`sez, Qola Rasulullohi s.a.v.: EHTIYOTKORLIK BU QO`RQOQLIK EMAS   :)

Qayd etilgan