Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367277 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 75 B


Laylo  09 Avgust 2006, 20:46:18

15

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u esa Abdulaziz ibn Rofidan, u Mus’abdan, u Sa’ddan rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: « Alloh taolo har bir jonning kiradigan va chiqadigan joyini va duch keladigan narsalarini belgilab qo‘ygan», dedilar. «U holda amal nechun, ey Allohning rasuli?» deyildi. Marhamat etdilar: «Amal qiling, zero har bir inson nimaga yaratilgan bo‘lsa, shunga muvaffaq bo‘ladi. Kimki jannat ahlidan bo‘lsa, u jannat ahlining amallariga muvaffaq bo‘ladi. Kim do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlining amallariga muvaffaq bo‘ladi». «Endi amal qilish lozim», dedi bir ansoriy.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 05:58:00

16

Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Mus’ab ibn Sa’d ibn Vaqqosdan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Vaqqos bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo har bir jonni kiradigan va chiqadigan joyini va duch keladigan narsalarini belgilab qo‘ygan», dedilar. Ansorlardan bir kishi: «Unda amal nechun, yo Rasululloh?» deya so‘radi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Amal qiling! Har bir inson nimaga yaratilgan bo‘lsa, shunga muvaffaq bo‘ladi. Badbaxtlar badbaxtlarning amaliga, baxtlilar baxtlilarning amaliga muvaffaq bo‘ladi», dedilar. Bir ansoriy: «Endi amal qilish lozim», dedi. Boshqa rivoyatda: «Amal qiling! Har kim muvaffaqdir. Jannat ahli jannatiylar amaliga, jahannam ahli do‘zaxiylar amaliga muvaffaq qilinadi», dedilar. Bir ansoriy: «Endi amal qilish lozim», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 05:58:15

17

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Nafiydan, u esa Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Taqdir yo‘q», deydigan insonlar chiqadi. Ular iymondan chiqib zindiq bo‘ladilar. Ularga duch kelganingizda salom bermang. Kasal bo‘lsa borib ko‘rmang. O’lsalar dafniga qatnashmang. Ular Dajjolning jamoasi, bu ummatning majusiylaridir. Alloh taolo ularni muhaqqaq otashda yoqadi».

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 05:58:25

18

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Taqdir yo‘q deguvchi insonlar chiqadi. Ular imondan ayrilib zindiq bo‘ladilar. Ular bilan uchrashganingizda salom bermang. Kasal bo‘lishsa, ko‘rishga bormang. O’lsalar, janozasida bo‘lmang. Ular Dajjol guruhidandir; bu ummatning majusiylaridir. Ularni majusiylarga qo‘shish Alloh taoloning haqidir».

Qayd etilgan


Laylo  12 Avgust 2006, 11:26:56

19

Abu Hanifa (r.a.) Solimdan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh taolo qadariylarni la’natlasin. Alloh taolo mendan oldin yuborgan har Nabiy ummatini qadariylardan ogohlantirib qadariylarni la’natlagan».

Qayd etilgan


Laylo  12 Avgust 2006, 11:27:32

21

Abu Hanifa (r.a.) Nofe’dan, u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibn Umar aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Qadariylar bu ummatning majusiylaridir. Ular Dajjolning jamoasidir».

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:06:35

22

Abu Hanifa (r.a.) Yazid ibn Suhaybdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.) shafoati ila ahli imonni do‘zaxdan chiqaradi», dedilar.
Yazid: «Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Ular u yerdan, otashdan chiqmagaylar», dedi. Jobir: «Bundan oldingi «Muhaqqaqki, kofirlar"¦», deb boshlangan oyatni o‘qidi. Bu faqat kofirlar haqidadir», dedi. (Yana bir rivoyatda): «Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati tufayli imon ahli do‘zaxdan chiqadi», dedilar.
Yazid aytdiki: «Haq taolo oyatida: «Shubhasiz, ular u yerdan chiqquvchi emaslar», dedim, dedi. Shunda Jobir: «Muhaqqiq kofirlar"¦» deb boshlanadigan oyatni o‘qi, ular kofirlar», dedi. Boshqa bir rivoyatda (Yaziddan rivoyat qilinadi) Yazid aytdi: «Jobirdan shafoat haqida so‘radim. «Alloh imon ahlidan bir jamoatga gunohlari sababli azob beradi, so‘ngra Muhammad alayhissalomning shafoati ila do‘zaxdan chiqaradi», dedi Jobir. Shunda men: «Kalomi majidda nima deyilgan?» deyishim bilan (yuqoridagi. - Tarj) hadisni zikr etdi.

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:06:45

23

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Robe’ bin Xorroshdan, u Xuzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Xuzayfa (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo tavhid ahlidan bir jamoani olovda yoqib ko‘mir bo‘lgandan so‘ng, do‘zaxdan chiqaradi va ularni jannatga kiritadi. Jannat ahli ularni «jahannamiylar» deb nomlaganliklari tufayli ular Allohdan yordam so‘raydilar. Alloh taolo buni ulardan ketkizadi».

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:06:54

24

Abu Hanifa (r.a.) Atiyadan, u Abu Saiddan, u esa Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. «Shoyadki Rabbing seni maqtalgan maqomga yetkazgay» oyatidagi «Maqomi mahmud» shafoatdir. Alloh taolo imon keltirgan insonlardan bir jamoani gunohlari sababidan azoblaydi. Keyin esa Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan azobdan chiqadilar. So‘ng ular abadiy hayot deyilguvchi bir daryoga keltiriladilar. Unda cho‘miladilar so‘ng jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamliklar» deya ataladilar. So‘ng Allohga yolvoradilar. Alloh taolo ulardan u ismni olib tashlaydi».
Bir rivoyatda bunday deyiladi: «Alloh taolo imon va qibla ahlidan bir qavmni Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan do‘zaxdan chiqaradi. Bu shafoat «maqomi mahmud»dir. So‘ngra u qavm «hayovon - abadiy hayot» nomi berilgan bir daryoga olib kelinadilar va unga tashlanadilar. Keyin u yerda qush qo‘nmas o‘simligi kabi o‘sadilar. Keyin u yerdan chiqadilar, jannatga kiradilar. Ular jannatda «jahannamiylar», deya nomlanadilar. So‘ngra ular Allohdan bu nomni o‘zlaridan ketkazilishini so‘raydilar. Alloh ulardan bu nomni ketkizadi. Ular: «Allohning ozod etganlari», deya nomlanadilar».
Abu Hanifa (r.a.) bu hadisni Abu Shaddot ibn Abdurahmondan, u Abu Saiddan rivoyat qildi.

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:07:05

25

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Atiya al-Avfiydan rivoyat qiladi. Al-Avfiy aytadi: «Abu Said al-Hudriyning bunday deganini eshitdim: «Men Rasulullohning (s.a.v.) mana bu oyatni o‘qiyotganlarida eshitdim: «Shoyadki, Robbing seni maqomi mahmudga yetkazgay». Oyatni o‘qigach bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo imon va ahli qibladan do‘zaxga kirgan bir guruhni Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati bilan chiqaradi. Bu «maqomi mahmud»dir. Ular «hayovon» deb nomlangan daryoga keltiriladilar va unga tashlanadilar. So‘ng qushqo‘nmas o‘simligi kabi o‘sadilar. So‘ngra chiqib jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamiylar» deya nomlanadilar. Ular bu ismni ketkizishi uchun Alloh taologa yolvoradilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ketkizadi».

Qayd etilgan