Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368783 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 75 B


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:01

266

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Oisha onamiz (r.a.) o‘z yonida o‘stirgan yetim qizni turmushga berdi. Qizning sepini esa Rasululloh (s.a.v.) o‘z mollaridan tayyorladilar».

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:11

267

Abu Hanifa (r.a.) Shaybon ibn Abdurahmondan, u Yahyo ibn Abu Kasiyrdan, u Muhojirdan, u ibn Ikrimadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bokira qiz faqat ruxsati (roziligi. - Tarj.) olingandan keyin turmushga beriladi. Bokiraning roziligi jim turishidir. Tul xotin faqat izni og‘zaki (ayolning o‘z og‘zidan) olingandan so‘ng turmushga beriladi", deb marhamat qildilar".
Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Bokira qiz faqat izni (ruxsati) olingandan keyin turmushga beriladi. Bokiraning izni jim turishidir (sukut saqlashi). Tul xotin esa uning og‘zaki izni olingandan so‘nggina uzatiladi".
Yana bir rivoyatda: "Bokira ruxsati olinmaguncha nikohlanmaydi. Jim tursa, bu ruxsat (rozi. - Tarj.), demakdir. Tul ayol esa og‘zaki izn olinmaguncha nikohlanmaydi", deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:20

268

Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Mujohiddan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Bir xotinning eri o‘lgan edi. Bolasining amakisi (ya’ni, qaynakasi. - Tarj.) keldi va unga turmushga chiqishni taklif qildi. Qizning otasi qizini unga berishdan bosh tortdi. Ayol hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) yonlariga keldi. Voqeani aytdi. Rasululloh (s.a.v.) uning otasiga xabar yubordilar. Qizning otasi keldi.
- Bu ayol (qizing. - Tarj.) nima deyapti? - deya so‘radilar Rasululloh (s.a.v.).
- To‘g‘ri gapiryapti, biroq men uni u odamdan ham xayrli birisiga berdim, - dedi ota.
Shunda Alloh rasuli (s.a.v.) bu turmushni (nikohni. - Tarj.) bekor qildilar. U ayolni bolasining amakisiga (nikohlab) berdilar".
Ibn Abbosdan (r.a.) bo‘lgan boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Asmoning o‘ziga bolasining amakisi va boshqa bir odam otasiga sovchi bo‘lishdi. Asmoning otasi Asmoni u odamga nikohlab berdi. Qiz hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib bu holatdan shikoyat qildi. Rasuli akram (s.a.v.) uning boshqa odam bilan bo‘lgan nikohini bekor qildilar, bolasining amakisiga turmushga berdilar".
Yana bir rivoyatda quyidagicha keladi: "Bir ayolning eri vafot etdi. Bolasining amakisi ayolga sovchi bo‘lib keldi. Biroq qizning otasi qizining roziligisiz uni boshqa bir odamga turmushga berdi. Qiz hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bordi va bu voqeani tushuntirdi. Hazrati Payg‘ambar qizning otasini chaqirtirdilar va:
- Uni (qizingni. - Tarj.) yanada xayrli birisiga uzatdingmi? - deya so‘radilar.
U:
- Yanada xayrli birisiga uzatdim, - deya javob berdi. Rasululloh (s.a.v.) ayol bilan haligi odamni ajratdilar, u ayolni bolasining amakisiga nikohladilar".
Bir rivoyatda esa quyidagicha keltiriladi: "Bir ayolning eri vafot etdi. Uning bir o‘g‘il farzandi bor edi. Bolaning amakisi u ayolga sovchi bo‘lib otasi oldiga bordi. Ayol otasiga: "Meni u odamga turmushga bering", dedi. Qizning otasi bundan bosh tortdi. Ayolning roziligini olmay, uni boshqa bir odamga berdi. Ayol esa hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bordi. Bo‘lib o‘tganlarni hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) qizning otasidan so‘radilar. U:
- Men qizimni bolasining amakisidan-da xayrli bir kishiga uzatdim, - deya javob berdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ayol bilan u turmushga chiqqan odamning orasini ajratdi. U ayolni bolasining amakisiga nikohlab berdilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:28

269

Abu Hanifa (r.a.) Atiyya U’fiydan, u Abu Said Xudriydan rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy aytdi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Ayol ammasi va xolasining ustiga nikohlanmaydi (amma va xola jiyani bilan birga bir kishining nikohi ostida turmaydi)", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:38

270

Abu Hanifa (r.a.) Shabiydan, u Jobir ibn Abdullohdan, u Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ayol ammasining va xolasining ustiga nikohlanmaydi. Katta kichikning ustiga nikohlanmaydi. (Xola - singlisining qizi, amma esa aka yo ukasining qizi ustiga nikohlanmaydi)", deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:44

271

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytadi: "Nabiy (s.a.v.) mut’a nikohini man etdilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:04:55

272

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.) Haybar kuni mut’a nikohini man qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:07

273

Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.) ayollar bilan mut’a nikoh qilishni man etdilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:15

274

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Sarrot ahlidan (bo‘lgan) bir odamdan rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kunida ayollar bilan mut’a nikoh qilishni man etdilar".
Bir rivoyatda: "Makka fath qilingan yili qaytardilar", deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:23

275

Abu Hanifa (r.a.) Yunus ibn Abdullohdan, u otasidan, u Rabe’ ibn Sabrata Juhaniydan, u otasidan rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kunida ayollar bilan mut’a nikoh qilishni ta’qiqladilar".
Bir rivoyatda «Haj qilingan yili mut’ani man qildilar», deyiladi.

Qayd etilgan