Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368742 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:13:30

465

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh va Rasuliga ishongan mo‘minning hammomga ihzor (lungi, peshtomol)siz kirishi mumkin emas. Kim avratini insonlardan yashirmasa, Allohning, farishtalarining va butun maxluqotning la’natida bo‘ladi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:13:58

466

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh nazdida ismlarning eng sevimlisi Abdulloh va Abdurrahmondir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:14:12

467

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Yaxshilik chirimaydi, yomonlik unutilmaydi»

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:14:29

468

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) dedilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganimizda majlisning biz bilan yakun topadigan joyiga o‘tirdik».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:15:04

469

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Insonlarga tashakkur etmagan Allohga shukr qilolmaydi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:15:25

470

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Muhorib ibn Dasordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Zulm qilishdan saqlaning, chunki zulm Qiyomat kunida zulmlar bo‘ladi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:16:07

471

Abu Hanifa (r.a.) Osim ibn Burdadan rivoyat qiladi. Ibn Burda (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) ansordan bir jamoaning uylariga borib ziyorat etdilar. Ular Hazrati Payg‘ambarga bir qo‘y so‘yib, undan ovqat tayyorladilar.
Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) u go‘shtdan bir bo‘lak olib ancha chaynadilar, ammo luqmani yutolmadilar.
- Bu qanaqa go‘sht? - deb so‘radilar.
- Bu falon kishining qo‘yi edi. U kelgach, pulini berib, uni rozi qilamiz, - deyishdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Uni asirlarga yediring, - dedilar».
Bir rivoyatda (Osim ibn Kulayb, u otasidan qilgan rivoyatda) Osim ibn Kulaybning otasi aytadi: «Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) ashobidan bir odam ovqat tayyorladi va Payg‘ambarni (s.a.v.) chaqirdi. Ul zot (s.a.v.) o‘sha sahobaning uyiga bordilar. Biz ham Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bordik va ovqatlanishga o‘tirdik. Taom keltirildi. Nabiy (s.a.v.) u taomdan bir go‘sht parchasi oldilar, uzoq payt chaynadilar. Ammo yeyolmasdan og‘izlaridan chiqardilar va taomdan qo‘llarini tortdilar. Rasulullohning (s.a.v.) bu hollarini ko‘rgach, biz ham yeyishdan to‘xtadik. Nabiy (s.a.v.) uy egasini chaqirib undan so‘radilar:
- Bu go‘sht qaerdan keldi? Menga gapirib ber.
234 Yo Rasululloh, - dedi uy egasi, - bu birodarimizning qo‘yi edi. Sotib olay desak o‘zi yonimizda yo‘q edi. Shoshilib turgan edik. So‘yib sizga taom pishirdik. Birodarimiz kelgach, qo‘yning pulini unga beramiz.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Ovqatni ko‘taring, uni asirlarga yediring, - deb amr etdilar.
Abdulvohid deydiki, men Abu Hanifaga (r.a.) aytdim:
- Bir odam egasi rozi bo‘lmagan molni olib uning foydasidan sadaqa beradi, deysiz. Buni qaerdan oldingiz?
- Osimning hadisidan oldim, - dedilar Abu Hanifa (r.a.).

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:26:20

472

Abu Hanifa (r.a.) Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Yaxshilikka dalolat qilgan yaxshilikni qilgan kimsa kabidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:29:10

473

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Yaxshilikning qilinishiga yo‘l ko‘rsatgan (sababchi bo‘lgan - Tarj.) o‘sha yaxshilikni qilgan kabidir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:29:38

474

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Nabiydan (s.a.v.) bir odam ulov so‘rab keldi. Rasululloh (s.a.v.):
- Yonimda seni mindiradigan bir ulovim yo‘q, biroq seni mindiradigan bir kishini ko‘rsataman. Falonchi o‘g‘illarining qabristoniga bor. U yerda ansordan bir yigit bor, o‘rtoqlari bilan birga otish mashqini o‘tkazayapti. Uning bir tuyasi bor, o‘shandan so‘ra, seni mindiradi, - dedilar.
U odam o‘rtoqlari bilan otish ta’limi o‘tkazayotgan kishini topdi. Unga Payg‘ambarning (s.a.v.) gaplarini yetkazdi. Ayni paytda uni Rasululloh (s.a.v.) yuborganlari haqida uch marta qasam ichdi. Shundan so‘ng yosh yigit uni tuyasiga mindirib Rasululloh (s.a.v.) yoniga olib keldi. Bo‘lib o‘tganlarni aytib berdi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qildilarki: «Yaxshilikka yo‘l ko‘rsatgan o‘sha yaxshilikni qilgan kabidir».
Boshqa bir rivoyat: «Bir odam Hazrat Payg‘ambardan (s.a.v.) bir ulov so‘rash uchun keldi. Rasululloh (s.a.v.):
- Qasamki, yonimda seni mindirajak bir narsa yo‘q, faqat seni falonchi o‘g‘illarining qabristoniga yuboraman. U yerda o‘rtoqlari bilan otish mashqi o‘tkazayotgan bir ansor yigitni topasan. Undan ulov so‘ra, seni mindiradi. Shu odam Rasululloh (s.a.v.) aytgan joyga keldi va bo‘lgan voqeani u yerdagi yigitga aytib berdi. Yigit qasam ichishni talab qildi.
U odam: «Allohga qasam ichamanki meni senga Rasululloh (s.a.v.) yubordilar», dedi. Bu qasamdan so‘ng yigit unga bir tuya berdi. Birga Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga keldilar. Rasululloh (s.a.v.) esa: «Yaxshi ishga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan u ishni bajargan kishi kabidir» (ya’ni, shuncha savobga ega bo‘ladi - Tarj.), dedilar».

Qayd etilgan