Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367625 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 75 B


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:47:19

56

Abu Hanifa (r.a.) Abdulkarim ibn Abu Umayyadan, u Ibrohimdan, u Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi. Jarir aytadi: «Moida surasi nozil bo‘lgandan keyin Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) mahsiga mash qilishlarini ko‘rdim».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:47:26

57

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Hammol ibn Harsdan rivoyat qiladi. Hammol ibn-Hars Jarir ibn Abdulloh al- Bajaliyning (r.a.) tahorat olib mahsiga mash tortganini ko‘rib bu haqda undan so‘radi. Jarir shunday dedi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) shunday qilganlarini ko‘rdim. Moida surasi nozil bo‘lganidan keyin ul zotga ergashgan edim».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:47:34

58

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Sha’biydan, u Ibrohimdan, u Abu Muso Ash’ariydan, u Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qiladi. Mug‘iyra ibn Shu’ba Rasululloh (s.a.v.) bilan safarga chiqdi. Rasululloh (s.a.v.) bir joyga o‘tib hojatlarini chiqarib qaytdilar. Ustlarida tor yengli Vizantiya (Rum) jubbasi bor edi. Rasululloh (s.a.v.) yenglarini shimardilar. Mug‘iyra aytdi: «Men idishdan suv quyib turdim. Rasululloh (s.a.v.) namozga olinadigandek tahorat oldilar, mahsilarini yechmay unga mash tortdilar, so‘ng o‘tib namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:47:43

59

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, Hammod Sha’biydan, Sha’biy Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qiladi. Mug‘iyra aytdilar: «Men Rasulullohni (s.a.v.) tahorat oldirdim. Ustlarida tor yengli jubba bor edi. Rasuli Akram (s.a.v.) qo‘llarini (englarini shimarib. - Tarj.) uning ichidan chiqardilar va mahsilariga mash tortdilar».
Bir rivoyatda, Rasulullohning (s.a.v.) ustlarida tor yengli Shom jubbasi bor edi. Qo‘llarini (englarini shimarib. - Tarj.) jubbaning yengidan chiqardilar, mahsiga mash tortdilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:47:50

60

Abu Hanifa (r.a.) Sha’biydan, u Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qiladi: Mug‘iyra: «Rasulullohni (s.a.v.) mahsilariga mash tortganlarini ko‘rdim», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:47:59

61

Abu Hanifa (r.a.) Abu Bakr ibn Abu Jahmdan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar aytdilar: «Iroq g‘azvasiga borganimda Sa’d ibn Molikni mahsiga mash tortganini ko‘rib:
- Bu qanaqasi? - deya so‘radim. Sa’d bunday javob berdi:
- Ey Ibni Umar! Otangning oldiga borsang, bu haqida so‘ra.
Otamdan so‘radim.
- Rasulullohning (s.a.v.) mahsiga mash qilganlarini ko‘rdim, - dedilar otam.
Bir rivoyatda: « Iroqqa G’azvaga bordim. Qarasam, Sa’d ibn Molik mahsiga mash qilyapti.
- Bu nimasi? - dedim.
Sa’d:
-Hazrati Umarning oldiga borsang, undan so‘ragin, - dedi. Hazrati Umar oldiga borganimda so‘radim. U kishi aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) mash qilayotganlarini ko‘rdim va biz ham mash qildik».
Yana bir rivoyatda: «Iroqqa G’azvaga bordim. Sa’d ibn Abi Vaqqosni mahsiga masx qilayotganini ko‘rib:
- Bu nimasi, ey Sa’d? - dedim. U:
- Mo‘minlarning amiri bilan ko‘rishganingda undan so‘ra, - dedi.
Umar (r.a.)ni uchratib Sa’d qilgan narsani yetkazdim. Hazrati Umar (r.a.):
- Sa’d to‘g‘ri qilibdi. Rasulullohning (s.a.v.) shunday qilayotganlarini ko‘rdim, so‘ng biz ham shunday qildik,- dedilar.
Bir rivoyatda: «Iroq g‘azvasiga bordik. Sa’d ibn Abi Vaqqosning mahsiga mash tortayotganini ko‘rib, uni koyidim. Menga:
- Hazrati Umarning (r.a.) yonlariga borganingda, bu borada u zotdan so‘rab ko‘r! - dedim.
Hazrat Umar (r.a.) oldilariga borganimda shu xususda so‘radim, unga Sa’d qilgan ishni aytdim.
«Amaking sendan faqihroqdir. Biz Rasulullohni (s.a.v.) mash qilganini ko‘rdik va mash tortdik», dedilar hazrati Umar (r.a.).

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:48:08

62

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, U Solim ibn Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Umar va Sa’d ibn Abi Vaqqos mash tortish xususida bahslashib qoldi. Sa’d: «Mash qilaman», dedi. Abdulloh: «Mash qilishni xush ko‘rmayman», dedi.
Sa’d: «Hazrati Umarning huzurlarida to‘plandik. Hazrati Umar dedilar: «Amaking sunnatni sendan yaxshi biladi».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:48:15

63

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Dinordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Rasulullohni safarda mash tortganlarini ko‘rdim, mashni bir vaqt bilan chegaralamadilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:48:24

64

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abdulloh al Jadliydan, u Huzayma ibn Sobitdan rivoyat qiladi. «Hazrati Payg‘amg‘ambar (s.a.v.) mahsiga mash tortish muddati haqida: «Mahsiga mash tortish uni tahoratli kiysa muqim uchun bir kecha bir kunduz, musofir uchun uch kecha uch kunduzdir», deya marhamat qildilar.
Yana bir rivoyatda: «Mahsiga mash tortish muddati mahsini tahoratli kiygan musofir uchun istasa uch kun, muqim uchun bir kun bir kecha», deganlar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:48:37

65

Abu Hanifa (r.a.) Saiddan, u Ibrohim at-Taymiydan, u Amr ibn Maymun Avdiydan, u Abu Abdulloh al-Jadliydan, u Huzayma ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qiladi. Huzayma (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) mahsiga mash tortish haqida so‘raldi. «Musofir uchun uch kun uch kecha, muqim uchun bir kun bir kecha», dedilar.

Qayd etilgan