Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368895 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:30:13

Rasulullohning (s.a.v.) ota va onalari qabrini ziyorat etishlari

193-hadis
Muslim Abu Hurayradan (r.a.) hadisni quyidagi lafzlar bilan keltirgan: «Onamning qabrini ziyorat etish uchun Rabbimdan ruxsat so‘radim, menga ruxsat berildi. Qabrlarni ziyorat qiling, chunki bu sizga o‘limni eslatadi» («Uqud’ul-javohir», 1-78).

Mutaaxxirin olimlar

Mutaaxxirin olimlar Rasululloh (s.a.v.) ota-onalarining musulmon ekanini isbot qilishgan. Ularning isbotida uch yo‘l bor.
Rasululloh (s.a.v.) ota-onalarining tiriltirilgani xususidagi hadis. Bu hadis aniq zaif bo‘lsa-da, uni sahih deb qabul qilishgan. Bir necha yo‘l bilan uni hasan deyishadi. Go‘yoki, bu ma’lumot ilgarigi olimlardan yashirin edi-yu, Alloh taolo buni keyingi olimlarga ochgandek. Jaloliddin Suyutiy bu mavzuda risola yozib, buni isbotlashga harakat qilgan («Zujajatul-masabih», 1-486).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:30:34

Qabrlar ziyoratining mubohligi

194-hadis
Alqamaning hadisini Hokim Anasdan (r.a.) keltirgan. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim Ibn Buraydaning hadisini rivoyat qilishgan.
Muslim, Nasaiy va Mahomiliy hadisni Ziror ibn Qurro orqali keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-77).

Qabrlarni ziyorat qilgan kishi nima deydi?

195-hadis
Ahmad va Muslim hadisni quyidagi lafz bilan rivoyat qilishadi: «Allohning salomi sizga bo‘lsin, ey ahli maskan mo‘minlar». Hadisning qolgan jumlalari bir xildir.
Hadisni Muslim Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-87).
Ibn Abbosdan (r.a.) shunday rivoyat etiladi: «Nabiy (s.a.v.) Madina qabristoni yonidan o‘tayotganlarida yuzlarini qabristonga qaratib, dedilar: «Sizga Allohning salomi bo‘lsin, ey qabr ahli! Alloh taolo bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Siz bizning salaflarimizsiz (bizdan oldin kelganlarsiz. - Tarj.), biz ham sizning ortingizdan kelamiz».
Bu hadisni Termiziy rivoyat qilgan va: «hasan-g‘arib hadisdir», degan («Zujajatul-masabih», 1-448).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:30:51

ZAKOT

Ma’dan va rikoz haqidagi xabar


196-hadis
«Rikozda beshdan biri beriladi». Hasan ibn Ziyod shunday rivoyat qilgan. Buxoriy va Muslim Abu Hurayraning (r.a.) hadisini keltirgan.
Iroq ahli rikozning tafsirida ixtilof qilib, «U ma’danlardir», deydi. Hijoz ahli esa: «U johiliyatning xazinalaridir», degan. Rikozda har ikki ma’no ham bor.
Abu Hurayraning (r.a.) hadisida «boyga sadaqa berish»: «Shoyad boy bundan ibrat olib, Alloh taolo bergan narsalardan o‘zi ham sadaqa qilsa...» ma’nosida kelgan. Hadis muttafaqun alayhdir («Al-muntaqo», 2-140).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:31:38

Har yaxshilik sadaqadir

197-hadis
«Boy va kambag‘alga qilgan har yaxshiliging sadaqadir».
«Jomiy»da Jobir va Tabaroniydan, u esa Ibn Mas’uddan rivoyat qilgan. Hofiz Iroqiy hadis sanadini zaif deydi. Haysamiy Tabaroniy rivoyat qilgan sanadda Sadaqo ibn Muso Daqiqiy zaif kimsadir, degan («Al-munaviy», 5-23).

198-hadis
Bu Muslim rivoyat qilgan uzun hadisning bir qismidir («Zujajatul-masabih», 2-430).
«Kutubi sitta» sohiblari, Termiziy va Ibn Moja Asvadning hadisidan taxrij etishgan. Hadis «Valo» bahsida keladi («Uqud’ul-javohir», 1-50).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:31:49

RO’ZA

199-hadis
Abu Usoma (r.a.) hadisni rivoyat qilgan. «Kutubi sitta» va Ibn Hibbon hadisni to‘laligicha keltirishgan. Unda: «Ro‘zador og‘zining hidi Alloh taolo nazdida mushki anbardan xushbo‘yroqdir» lafzlari qo‘shilgan («Uqud’ul-javohir», 1-81).
Abu Hurayradan (r.a.): «Kimki iymon keltirib va savobini Allohdan umid qilib ramazon ro‘zasini tutsa, Alloh taolo uning o‘tmishdagi gunohlarini kechiradi» deb rivoyat qilingan. Yana Abu Hurayradan (r.a.) «Odam bolasi amalining savobi orttirilib beriladi» hadisi rivoyat qilingan. Hadis muttafaqun alayhdir («Zujajatul-masabih», 1-543).
Ro‘za Rasulullohning (s.a.v.) Madinaga hijratlarining ikkinchi sanasida farz qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:32:04

Ashuro kunining ro‘zasi vojib edi, nasx qilindi

201-hadis
Ahmad ibn Hanbal, Ibn Hibbon va Ibn Abu Shayba Asmo binti Horisadan hadisni rivoyat etishgan.
Buxoriy, Muslim va Nasaiy Salama ibn Akva’ning hadisini marfu’ tarzda keltirgan.
Salamaning hadisi kechasi ro‘zaga niyat qilmagan kishi ro‘zasining joizligiga dalildir («Uqud’ul-javohir», 1-82).

Ayyomi biyz ro‘zasi

202-hadis
Haysamiyning hadisini Ishoq ibn Rohavayh, Horis ibn Abu Usoma va Bayhaqiy rivoyat qilishgan. Nasaiy shu hadisga o‘xshash hadisni Abu Hurayradan (r.a.) keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-87).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:32:36

Ovqat yeyish harom bo‘lgan vaqt

203-hadis
Abdullohning hadisini «Osor»da Muhammad ibn Hasan va Talha rivoyat
qilgan. Buxoriy, Muslim va «Sunan» sohiblari hadisni mazkur lafzlarda
va yana: «Bilolning azoni hech biringizning saharligiga mone’
bo‘lmasin. Zero, uning azon chaqirishi tunda turadigan kimsalarga bildirish, uxlaganlarni uyg‘otish uchundir» lafzlari bilan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-88).

Ro‘zadorning qon oldirishi joizligi

204-205-206-hadislar
«Rasululloh (s.a.v.) ro‘zador bo‘lganlarida Qohot degan joyda qon oldirdilar» hadisini Buxoriy va Muslim Ibn Abbosdan quyidagi lafz bilan keltirgan: «Rasululloh (s.a.v.) ihromda bo‘lganlarida, qon oldirdilar. Ro‘zador bo‘lganlarida, qon oldirdilar».
Termiziyda: «Rasululloh (s.a.v.) Makka va Madina orasida ihromda va ro‘zador bo‘lganlarida, qon oldirdilar», deya rivoyat etilgan.
Zuhriyning hadisini Buxoriy Homid va Anas orqali rivoyat qilgan.
Abu Saiddan rivoyat etilgan hadis «Ro‘zadorning qon oldirishiga ruxsat berdilar» lafzi bilan marfu’ tarzda rivoyat qilingan. Bu hadisni Nasaiy keltirgan. Roviylari siqodir.
Termiziy: «To‘g‘risi, hadis mavqufdir. Ruxsat faqat taqiqlanganidan so‘ng beriladi», degan («Uqud’ul-javohir», 1-83).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:32:55

Junub bo‘lib tong ottirgan ro‘zadorning hukmi

207-208-209-210-hadislar
Sulaymonning hadisini Hasan ibn Ziyod mazkur tarzda rivoyat qilgan. «Kutubi sitta» sohiblari «U ro‘zasini to‘la ado etadi» lafzini qo‘shib keltirishgan. Bu Ibn Moja va undan boshqalarning lafzidir. «Ro‘zani tutadi» qo‘shimchasi dalil mukammal bo‘lishi uchun lozim. Bu qo‘shimcha Hasan ibn Ziyod rivoyatida tushib qolganga o‘xshaydi.
A’toning hadisini «Kutubi sitta» sohiblari va Tahoviy Abdurahmon ibn Horis ibn Hishomdan, u otasidan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-85).
Hammodning hadisini Ibn Xusrav Fraj ibn Bayon rivoyati bilan keltirgan. «Kutubi sitta»da shu ma’noda hadis rivoyat qilingan. Tahoviy Abu Ishoqdan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-86).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:33:09

Ro‘zador kishi ayolini o‘pishi mubohligi haqida
211-212-213-hadislar
Ziyodning hadisini Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilishgan. Tahoviy esa Shaybondan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-83).
Haysamning hadisini Muslim va Tahoviy Ibn Ishoq Hamadoniydan, u Oyisha onamizdan (r.a.) marfu’ tarzda rivoyat qilgan. Unda bunday deyiladi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ro‘zador bo‘lganlarida, yuzimizdan o‘par edilar» («Uqud’ul-javohir», 1-84).

Safarda ro‘zaning hukmi

214-215-hadislar
Haysamiyning hadisini Ibn Xusrav shunday rivoyat qilgan. «Xul’afot»da Makkiy ibn Ibrohimdan, u Abu Hurayradan (r.a.) qilgan rivoyat keltirilgan.
Hadisda bunday deyiladi: «Rasululloh (s.a.v.) safarda (ovqat yeb) ro‘zalarini ochdilar, odamlar ham u zot (s.a.v.) bilan ro‘zalarini ochishdi».
Bu hadisni Abu Bakr ibn Abu Shayba ham keltirgan. Tahoviy hadisini Ibn Abbos (r.a.), Jobir (r.a.) va Abu Saiddan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-86).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:33:30

Sukut ro‘zasining makruhligi

216-hadis
«Uzuluksiz ro‘za va kun bo‘yi so‘zlamaslik yo‘qdir». Talha va Zubayr hadisni shunday rivoyat qilishgan. Sanaddagi Juvay bir zaif kishidir. Biroq oldingi hadisga qo‘shilib, kuchayadi. Toyalasiy «Musnad»ida faqat birinchi jumlani Jobirdan rivoyat qilgan. Ikkinchi jumlani esa Abu Dovud marfu’ o‘laroq quyidagi lafzlar bilan rivoyat qilgan: «Ibodat qasdi ila kun bo‘yi gapirmasdan ro‘za tutish yo‘q» («Uqud’ul-javohir», 1-87).

Visol ro‘zasining makruhligi

217-hadis
Shaybonning hadisini Talha mazkur holda rivoyat qilgan. Bu hadisni Buxoriy va Muslim Abu Hurayra (r.a.), Oyisha onamiz (r.a.) va Anas (r.a.) rivoyati bilan keltirishgan.
Abu Saiddan faqat Buxoriy rivoyat qilgan. Imom Ahmad Bashir ibn Hasosiyadan hadisning shu qismini marfu’ tarzda rivoyat qilgan. Va: «Nasroniylargina shunday qilishadi» deb qo‘shgan.

Qayd etilgan