Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367610 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:25:12

86

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Yahyodan, u Buraydadan rivoyat qiladi. Burayda (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Asr namozini erta vaqtida o‘qing», deya marhamat qildilar.
Bir rivoyatda Burayda Aslamiy (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: «Kun bulutli bo‘lganida asr namozini erta vaqtida o‘qing. Chunki quyosh botib, asr namozini vaqtida o‘qimaganning amali bekor ketadi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:25:20

87

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Yahyodan, u Ibni Buraydadan rivoyat qiladi. Ibni Burayda (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Asr namozini vaqtida o‘qimagan kishi, oilasiga zulm qilgandek bo‘libdi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:25:28

88

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quzoa’dan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi: Abu Said (r.a.) aytdilar. «Rasululloh (s.a.v.): «Bomdod namozidan keyin quyosh chiqquncha namoz o‘qilmaydi. Asr namozidan so‘ng quyosh botguncha namoz o‘qilmaydi. Ikki kunda - Qurbon va fitr hayiti kunlari ro‘za tutilmaydi. Uch masjid - Masjidi Haram, Masjidi Aqso, va mening bu Masjidimdan boshqa joyga (savob qasdida - Tarj.) safar qilinmaydi. Ayol kishi, yonida bir mahrami bo‘lmay ikki kunlik yo‘lga safar qilmasin», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:25:39

89

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, Alqama Ibni Buraydadan rivoyat qiladi. Ibni Burayda (r.a.) aytadi: «Ansoriylardan biri Rasulullohning (s.a.v.) yonlaridan o‘tganda Ul zotni xafa holda ko‘rdi. Bu ansoriy ovqatni ko‘pchilik dasturxoni bilan yerdi. Rasulullohning (s.a.v.) ahvolini ko‘rib, mahzun bo‘lib, ovqatini yemay yoniga kelganlarni qoldirib masjidga kirdi, namoz o‘qirkan uni uyqu bosdi. Unga tushida bir odam bunday dedi:
- Sen Rasulullohning mahzunliklari sababini bildingmi?
- Yo‘q.
- Namozga azon aytishni o‘ylayaptilar. Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) bor. Bilolga azon aytishni buyursinlar, - dedi va ansoriyga azon chaqirishni o‘rgatdi:
«Allohu akbar - to‘rt marta
Ashhadu alla ilaha illalloh - ikki marta
Ashhadu anna Muhammadar rasululloh - ikki marta
Hayya ‘alal solah - ikki marta
Hayya ‘alal falah - ikki marta.
Allohu akbar, Allohu akbar
La ilaha illalloh».
Keyin shu tartibda iqomatni o‘rgatdi. Keyingisida kishilarning azon va takbirlaridagidek «qod qomatis solah» - ikki marta. «Allohu akbar, Allohu akbar. La ilaha illalloh» dedi. Ansoriy masjiddan chiqdi va Rasulullohning (s.a.v.) eshiklari oldida o‘tirdi. Abu Bakr (r.a.) uning yonidan o‘tdilar. Ansoriy Hazrati Abu Bakrga: «Ichkariga kirish uchun menga ruxsat olib bering», dedi.
Ansoriy ko‘rgan tushni Abu Bakr ham ko‘rgan va Rasulullohga aytgan edi. So‘ngra Abu Bakr ansoriyga ruxsat oldi. U Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kirib ko‘rgan (tush)ni aytib berdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bunday dedilar: «Hazrati Abu Bakr (r.a.) ham shunga o‘xshashini menga so‘zladi», dedilar va Bilolga shunday azon aytishni buyurdilar.
Boshqa bir rivoyatda: «Ansoriylardan biri Rasulullohning (s.a.v.) yonlaridan o‘tganda Ul zotni xafa holatda ko‘rdi. Bu odamning ozuqasi serob bo‘lib o‘sha oqshom kishilarga ovqat berardi. Rasulullohni (s.a.v.) xafa ekanliklarini ko‘rgach, ovqatni qoldirib, uyning namoz o‘qiladigan bo‘limiga namoz o‘qish uchun o‘tdi. Ittifoqo, uyqu bosdi. Uyqu asnosida birov keldi va bunday dedi:
- Rasulullohni (s.a.v.) nima xafa qilganini bilasanmi?
- Yo‘q.
Shunda u:
- U nidodir. Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) bor, Bilolga buyursin, - dedi va menga azonni o‘rgata boshladi:
«Allohu akbar - to‘rt marta
Ashhadu alla ilaha illalloh - ikki marta
Ashhadu anna Muhammadan Rosululloh - ikki marta
Hayya ‘alal solah - ikki marta
Hayya ‘alal falah - ikki marta
Allohu akbar, Allohu akbar
La ilaha illalloh».
Keyin iqomatni ham shu tarzda o‘rgatdi. So‘ng oxirida ikki marta kishilarning azon va takbirlaridagidek «Qod qomatis - solah» dedi. Ansoriy uyg‘onib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib eshik oldida o‘tirdi. Shunda Abu Bakr (r.a.) kelib qoldilar. Ansoriy unga: «Menga ruxsat olib bering», dedi. Abu Bakr kirib Rasulullohga u ko‘rgan kabi holni aytdilar. So‘ng ansoriy kirib ko‘rganini aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «Abu Bakr bizga aytdi, Bilolga shuni ayt», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:25:48

90

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan rivoyat qiladi. Abdulloh dedi: «Men Ibni Umardan (r.a.) eshitdim. Bunday dedi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) azon aytilayotganda muazzin aytayotgan so‘zlarni takrorlar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:02

91

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Abu Avfadan rivoyat qiladi: U: «Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim», dedi: «Kim Alloh uchun bedana uyiday bo‘lsada bir masjid bino qilsa, Alloh taolo unga jannatda bir uy bino qiladi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:11

92

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibni Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) masjidda yo‘qolgan tuyasini so‘rab baqirayotgan kishi ovozini eshitib: «Topmagin», deya duo qildilar.
Bir rivoyatda, yo‘qolgan narsasini qidirayotgan odam gapini eshitib bunday dedilar: «Topmagin. Bu masjidlar ibodat uchun qurilgan».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:20

93

Abu Hanifa (r.a.) Osimdan, u otasidan, u Voil ibn Hujrdan (r.a.) rivoyat qiladi. U naql etadi: «Nabiy alayhissalom qo‘llarini quloq yumshog‘igacha ko‘tarar edilar». Voil bir rivoyatda Rasulullohni namozda qo‘llarini quloqlari yumshog‘igacha ko‘targanlarini ko‘rganini aytdi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:27

94

Abu Hanifa (r.a.) Osimdan, u Abduljabbor ibn Voildan, u otasidan rivoyat qiladi. U: «Rasulullohning (s.a.v.) takbir paytida qo‘llarini ko‘targanlarini, (namoz oxirida) o‘ng va chap tomonga salom berganlarini ko‘rdim», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:36

95

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, Hammod Ibrohimdan rivoyat qiladi. Ibrohim Voil ibn Hujr haqida Ibrohim bunday dedi: «U a’robiydir. Rasululloh (s.a.v.) bilan undan oldin aslo namoz o‘qimagan. U Abdulloh va birodarlaridan bilimdonroqmi? Qo‘llarni ko‘tarishni eslab ular eslolmaydilarmi?»
Bir rivoyatda Voil ibn Hujrning hadisi zikr etilgandi. «Bir a’robiydir. Undan oldin Nabiyning (s.a.v.) unday namoz o‘qiganini bilmayman. UAbdullohdan bilimdonroqmi?» dedi.
Boshqa bir rivoyatda Ibrohimning oldida Voil ibn Hujrning u Rasulullohning (s.a.v.) ruku va sajda paytida qo‘llarini ko‘targanlarini ko‘rgani haqidagi hadis zikr etildi. Ibrohim: «U a’robiydir. Islom shariatini bilmaydi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan bor-yo‘g‘i bir marta namoz o‘qigan. Sanoqsiz kishilar menga Abdulloh ibn Mas’uddan Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) faqat namoz boshlanishida qo‘llarini ko‘targanlarini rivoyat etgan».
Abdulloh buni Payg‘ambardan (s.a.v.) naql etgan. Abdulloh Islom shariatining bilimdonidir. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) holini yaxshi o‘rgangan. Muqimlikda va safarda doimo Ul zot (s.a.v.) bilan bo‘lib, birga juda ko‘p namoz o‘qiganlar, dedi.

Qayd etilgan