Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367283 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 75 B


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:50:43

256

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kuni Qasva nomli qoramtir kulrang tuyalari ustida yoylarini taqqan va boshlarida qora salla o‘ragan holda edilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:50:51

257

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) dedilar: «Hazrati Payg‘ambarning qabrlarini mana bunday ziyorat etish sunnatdir: qibla tarafdan hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) qabrlariga, kelib orqani qiblaga, yuzni qabrga qaratib: «Assalomu alayka ayyuhannabiy va rahmatullohi va barakotuh» (Allohning salomi, rahmati, barakoti sizga bo‘lsin, ey Nabiy!), deysiz».

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:02:45

NIKOH BO’LIMI

258

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, Qosim otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga nikoh xutbasini o‘rgatdilar. U quyidagichadir: "Hamd Allohgadir. Biz Allohga hamd aytamiz, Undan yordam so‘raymiz, gunohimizni kechishini so‘raymiz. Undan hidoyat tilaymiz. Alloh taolo kimni hidoyatga erishtirsa, uni adashtiruvchi hech kim yo‘q. Alloh taolo kimni adashtirsa, uni hidoyatga erishtiruvchi kimsa yo‘q. Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va rasuli ekaniga biz iqrormiz.
Ey imon keltirganlar! Allohdan, lozim bo‘lganidek qo‘rqing. Faqat musulmon bo‘lgan holda o‘ling. Allohdan qo‘rqing! Bir biringizdan narsalarni Uning nomini aytib so‘raysiz. Silai rahmni uzmang. U sizni kuzatib turuvchidir.
Ey imon keltirganlar! Allohdan qo‘rqing va to‘g‘ri so‘zni gapiring. Alloh sizning amallaringizni isloh etadi va gunohlaringizni kechiradi. Kim Alloh va rasuliga itoat etsa, shubhasiz, u najot topadi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:02:57

259

Abu Hanifa (r.a.) Ziyoddan, u Abdulloh ibn Harsdan, u Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Muso (r.a.) dedilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Uylaning (turmush quring), men sizning ko‘pligingiz bilan boshqa ummatlar oldida maqtanaman», deya marhamat etdilar».

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:03:07

260

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Dinordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Yosh (bokira, durkun - Tarj.) qizlarga uylaninglar. Zero ular serpusht, og‘izlarining hidi yoqimli, axloqlari go‘zaldir», deya marhamat etdilar».

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:03:16

261

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan rivoyat qiladi. Ibrohim aytdi: «Menga Madina ahlidan keksa bir kishi xabar berdi. U esa Zayd ibn Sobitdan rivoyat qildi. Zayd ibn Sobit hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganda Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) undan:
- Uylandingmi? - deb so‘radilar.
- Yo‘q, - deb javob berdi u.
- Uylangin, iffatli bo‘lgaysan (haromlardan saqlangaysan). Biroq besh ayolga uylanma: "Shahbara", "Nahbara", "Lahbara", "Habdara", "Lafut", - dedilar Rasuli akram (s.a.v.).
- Yo Rasululloh, bu aytganlaringizning birortasini bilmayman.
Rasuli akram aytdilar:
- Shabhara - yirik jussali, moviy ko‘zli ayol, nahbara - zaif (oriq - Tarj.), ingichka, uzun bo‘yli ayol, lahbara - shahvati yo‘q, yoshi o‘tgan ayol, habdara - bo‘yi qisqa yoqimsiz ayol, lafut - sendan boshqa (avvalgi) eridan bola ko‘rgan (tul) ayol».
Shayboniy aytadiki: "Abu Hanifa bu hadisni rivoyat etarkan, uzoq kuldi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:03:26

262

Abu Hanifa (r.a.) Abdul Malikdan, u shomlik bir odamdan, u hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: «Bir odam keldi va:
230 Yo Rasululloh, men falonchiga uylanaman, - dedi.
Allohning rasuli (s.a.v.) unga uylanishdan qaytardilar. Haligi odam yana va yana keldi. Rasuli akram (s.a.v.) yana nahy qildilar va bunday dedilar:
- Qora, ammo tug‘adigan ayol menga chiroyli, tug‘mas ayoldan sevimliroq, yaxshiroqdir».

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:03:37

263

Abu Hanifa (r.a.) Alqama ibn Marsaddan, u Ibn Buraydadan rivoyat qiladi. Ibn Burayda naql qildi: «Bir kuni sahobalar Alloh rasulining (s.a.v.) yonlarida balo haqida suhbatlashdilar. Rasululloh (s.a.v.): "Balo (xosiyatsizlik. - Tarj.) uyda, ayolda, otdadir. Uyning balosi tor bo‘lishi, otning balosi sarkash (qaysar) bo‘lishi, ayolning balosi bepusht bo‘lishidir", deya marhamat qildilar».
Hasan ibn Sufyon mana bu ifodani qo‘shgan: "Yomon axloqli va bepusht bo‘lishidir".
Bir rivoyatda: "Agar balo (xosiyatsizlik) bo‘lsa, uyda, otda va ayolda bo‘ladi. Uyning balosi tor bo‘lishidir. Ayolning balosi badxulq va bepusht bo‘lishidir. Otning balosi sarkash bo‘lishidir", deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:03:44

264

Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.) qizi Fotimaga: "Ali seni eslayapti (so‘rayapti, senga uylanmoqchi)", dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:03:54

265

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Yahyodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) qizlaridan birini turmushga chiqarmoqchi bo‘lsalar: «Falon erkak falon qizni eslayapti», der edilar, so‘ngra uni uzatardilar».
Bir rivoyatda Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Nabiyning (s.a.v.) qizlaridan biriga uylanmoqchi bo‘linsa (birov qizlarining qo‘lini so‘rab kelsa. - Tarj.), ul zot (s.a.v.) o‘sha qizlarining xonasiga kelar, "Falon kishi falon qizni esga olyapti", der edilar. Keyin o‘sha qizlarini turmushga berar edilar".
Yana bir rivoyat quyidagichadir: "Rasulullohning (s.a.v.) qizlaridan biriga sovchi kelganida, uning xonasiga borar, "Falon kimsa falon qizni eslamoqda", der, keyin ketardilar va nikoh o‘qir edilar".

Qayd etilgan