Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367242 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 75 B


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:09:01

296

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan rivoyat qiladi. Asvad aytadi: "Horis Aslamiyaning qizi Subayataning eri o‘ldi. Ayol yigirma besh kechadan so‘ngra tug‘di. Abu Sanobil ibn Ba’kak Subayata oldiga keldi va:
- Bezanganingga qaraganda turmushga chiqmoqchisan, shekilli. Allohga qasamki, "Ikki iddaning ko‘pi o‘tguncha kutasan. (Tug‘ishi bilan ayolning iddasi tugaydi. Eri o‘lgan ayol esa to‘rt oy o‘n kun muddatigacha idda saqlaydi.)
Ayol bu holni kelib hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) xabar berdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- U yolg‘on so‘zlabdi, kelganida menga xabar ber, - deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:09:15

297

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud aytdilar:
231 Kim istasa, u bilan qarg‘ashaman (la’natlashaman).
Qisqa bo‘lgan Taloq surasidagi "Homilador xotinlar tuqqach, iddalari tugaydi" oyati Baqara surasidagi "O’lganlaringiz ortda qoldirgan xotinlari to‘rt oy-u o‘n kun kutadilar" oyatidan keyin nozil bo‘ldi".
Abdulloh ibn Mas’uddan bo‘lgan rivoyatda hazrati Payg‘ambarimiz bunday marhamat etdilar: "Qisqa bo‘lgan Taloq surasining "Homilador xotinlarning, xoh ajrashgan bo‘lsin, xoh eri vafot etgan bo‘lsin, iddalari ko‘z yorishlari bilan tugaydi" oyati har qanday idda muddatini nash etdi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:09:24

298

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: "Mahr belgilanmay va jimo’ qilinmay o‘lgan ayol haqida so‘raldi".
Ibn Mas’ud (r.a.) bunday dedi: "Ayol o‘sha hududning ayollari olayotgan miqdorda mahri misl oladi. Unga meros tegadi, ayni paytda bu ayol idda saqlashi kerak bo‘ladi". Ma’qil ibn Sinon Ashjaiy dedi: "Guvohlik beramanki, Rasululloh (s.a.v.) Vosiqning qizi Birva haqida sen chiqargan hukm kabi hukm chiqardilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:09:31

299

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan (r.a.) rivoyat qiladi. Alqama (r.a.) aytadilar: "E’lo qilgan kishi (xotini bilan yotmaslikka qasam ichgan kishi)ning qasamdan qaytishi jimo’ qilishi bilandir. Uzr sababli jimo’ qilolmasa, tili bioan qasamdan qaytganini aytishdir".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:09:41

300

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan(r.a.), u esa Ayyub as-Sahtiyondan (r.a.) rivoyat qiladi. Ayyub as-Sahtiyon aytdi: "Sobit ibn Qaysning xotini Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldi va:
- Men va Sobit kelisholmaymiz, yo Rasululloh, - dedi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Senga mahr sifatida bergan bog‘ evaziga (bog‘ni unga qaytarib) xulu’ qilasanmi (talog‘ingni olasanmi - Tarj.)? - dedilar.
- Ha, hatto yanada orttiraman, - dedi ayol.
- Oshiqchasining keragi yo‘q, - dedilar hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.)".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:09:53

NAFAQA

301

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytadi: "Rasululloh (s.a.v.): " Alloh taolo nazdida sizdan biringizning oila ta’minotini o‘ylab qayg‘urishi Alloh yo‘lida qilich bilan ming zarba urganlikdan xayrliroqdir", deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:10:08

302

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u otasidan, u esa Sa’ddan (r.a.) rivoyat qiladi. Sa’d (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taoloning roziligini istab qilgan har bir nafaqang uchun ajr (savob) olasan. Bu xotining og‘ziga uzatganing bir luqma bo‘lsa ham", deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:08:02

MUDABBAR QUL VA VALO
(Qulni ozod qilgani uchun uning mulkidan meros olish)

303

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: "Ibrohim ibn Nuaym Nahhamning bir quli bor edi. Uni mudabbir (xo‘jayini o‘lgandan so‘ng ozod bo‘ladigan qul) qildi. Keyin pulga ehtiyoj sezdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uni sakkiz yuz dirhamga sotdilar".
Bir rivoyatda: "Nabiy (s.a.v.) mudabbir qulni sotdilar", deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:08:40

304

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. "Oisha onamiz (r.a.) Barirani sotib olib ozod etmoqchi bo‘ldi. Bariraning xo‘jayinlari hazrati Oishaga (r.a.):
- Valo bizda bo‘lishi sharti bilan senga sotamiz, - deyishdi. (Ozod etilgan qul o‘lganida undan qolgan mol uni ozod qilgan zotga yoxud vorislariga qolishi "valo", deyiladi.) Oisha onamiz buni hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga aytganlarida ul Janob:
- Valo uni (qulni) ozod etganga bo‘ladi, - deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:09:48

305

Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Yasordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. "Rasululloh (s.a.v.) Valoni sotishni va uni hadiya qilishni man qildilar».

Qayd etilgan