Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367645 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:28:20

345

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilarki: «Kimki ummatimdan qiyinchilikda qolgan (qarzdor) bir kishini, qarzini berishi uchun bosim ko‘rsatsa (qistasa), Alloh taolo unga qabrida bosim ko‘rsatadi (siquvgv oladi)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:28:42

346

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.): «Oldi-sotdida bizni aldagan bizdan emas», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:29:02

347

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Sulaymondan rivoyat qiladi. Abu Sulaymon (r.a.) aytdilar: «Ilk dinorni (oltin pulni) chiqargan Tubba (Asad ibn Karb)dir. 1 bo‘lib fulusni (kumush tanga pulni) chiqarib, odamlar qo‘lida muomalaga kiritgan kishi Namrud ibn Kan’ondir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:29:33

GAROV BO’LIMI

348

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v) yahudiydan taom (don) sotib oldilar va unga sovutlarini garov qilib qoldirdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:30:16

SHUFA’ BO’LIMI

349

Abu Hanifa (r.a.) Abu Muhammaddan rivoyat qiladi. Abu Muhammad aytdi: «Ibn Said ibn Ja’far Sulaymon ibn Abdullohdan rivoyat etib, menga Rasulullohning (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga haqlidir» (Shufa’ - ko‘chmas mulkni aytmay sotganda xaridordan tortib sotib olish. - Tarj.) deganlarini yozib yubordi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:31:01

350

Abu Hanifa (r.a.) Abdulkarimdan, u Misvar ibn Maxramadan rivoyat qiladi. Misvar ibn Maxrama aytdi: «Sa’d uyini sotmoqchi bo‘lganida qo‘shnisiga bunday dedi:
- Menga uyim uchun sakkiz yuz dirham berishmoqchi, uyimni sen yetti yuz dirhamga ol. Uni senga beraman, chunki Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ni olmoqqa eng ko‘p haq sohibidir», deb eshitganman.
Misvar, Rofi’ ibn Hudayjdan qilgan boshqa rivoyatda Rofi’ ibn Hudayj aytdi: «Said menga bir uy ko‘rsatib: «Shu uyni sen sotib ol. Bu uy uchun menga sen beradigan puldan ko‘proq berishmoqchi. Lekin sen uni olishga haqlisan. Chunki men Rasulullohning (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ni olishga eng ko‘p haqdordir», deganlarini eshitganman, dedi».
Misvar, Sa’dning quli Rofi’dan qilgan yana bir rivoyatda: Rofi’ Sa’dga bunday dedi: «Bu uyimni to‘rt yuz dirhamga sen ol. Menga sakkiz yuz dirham beramiz, deyishdi. Biroq meni uni senga sotmoqchiman. Zero, Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga haqlidir», deganlarini eshitganman.
Sa’d ibn Molikdan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday kelgan: Sa’d uyini qo‘shnisiga to‘rt yuz dirhamga sotishni taklif qildi va menga bu uy uchun sakkiz yuz dirham beradigan bo‘lishdi. Lekin men Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga haqlidir», deganlarini eshitganman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:31:22

351

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn Aqmardan, u Masruqdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Sizdan biringizning qo‘shnisi devoriga yog‘och qo‘ymoqchi bo‘lsa, to‘sqinlik qilmasin».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:31:44

MUZOAR’A (SHERIK BO’LIB EKIN EKISH) BO’LIMI

352

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) muayyan ulush evaziga (M. uchdan biri, to‘rtdan biri kabi ma’lum miqdor evaziga) sherik bo‘lib ekin ekishdan qaytardilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:32:13

353

Abu Hanifa (r.a.) Abu Husayndan, u Rofi’ ibn Hudayjdan rivoyat qiladi. Rofi’ ibn Hudayj (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) bir bog‘ni ko‘rdilar va u bog‘ni juda yoqtirdilar.
- Bu kimniki? - deya so‘radilar.
- Meniki, - dedim.
- Qaerdan seniki bo‘lib qoldi?
- Uni ijaraga oldim, - degan edim, Rasuli Akram (s.a.v.)
- Uni daromadidan biror narsa evaziga ijaraga olma, dedilar.
Bir rivoyatda aytilishicha: «Nabiy (s.a.v.) bir boqqa duch keldilar va:
- Bu kimniki? - dedilar.
- Meniki. Uni ijaraga oldim, - dedim.
- Uni, daromadidan biror narsa evaziga ijaraga olma, - dedilar Rasululloh (s.a.v)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:32:38

FAZILAT VA SHAMOIL BO’LIMI

354

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Robi’adan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) 6 uch yoshlarida vafot etdilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.) 6 uch yoshlarida vafot etdi. Hazrat Umar (r.a.) 6 uch yoshlarida vafot etdilar».

Qayd etilgan