Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368381 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:44:33

385

Abu Hanifa (r.a.) Dovud ibn Abu Hinddan, u Omirdan rivoyat qiladi. Omir (r.a.) yig‘inda Rasulullohning (s.a.v.) mag‘oziylari haqida so‘zlab berardi. U jamoat ichida Ibn Umar (r.a.) ham bor edi. «Omir voqealarni go‘yo urushlarda qatnashgan kabi naql etardi», deydi Ibn Umar (r.a.)

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:45:34

386

Zufar aytadi: «Men Abu Hanifadan (r.a.) eshitdim. U aytdi: «Hammoddan eshitdim, u aytdi: «Ibrohimga qarab, uning ravshini (muomalasi, xatti-harakati. - Tarj.) ko‘rgan har kishi «Uning ravshi Alqamaning ravshidir», der edi. Alqomaning ravshini ko‘rgan esa: «Abdullohning ravshi», der edi. Abdullohning ravshini ko‘rsa: «U xuddi Rasulullohning ravshidir», deyishar edi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:45:59

387

Abu Hamza Ansoriy aytadi: «Abdulloh ibn Dovudning Abu Hanifaga (r.a.) bunday deganini eshitdim:
- Ulug‘lardan kimni ko‘rdingiz?
- Qosim, Solim, Tovus, Ikrima, Abdulloh ibn Dinor, Hasan Basriy, Amr ibn Dinor, Abu Zubayr, Ato, Qatoda, Ibrohim, Sha’biy, Nofiy va shularga o‘xshashlarni ko‘rdim, - dedilar (Abu Hanifa (r.a.)»

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:46:32

HAZRATI MUHAMMAD (S.A.V.) UMMATINING FAZILATI KITOBI

388

Abu Hanifa (r.a.) Abu Burdadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Burdaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilarki: «Qiyomat kunida barcha maxluqot sajda qilishga chaqiriladi. Ular sajda qilolmaydi. Ummatim boshqa ummatlardan oldin ikki marta uzoq muddat sajda qiladi. Ularga: «Boshingizni ko‘taring. Do‘zaxdan qutilishingiz uchun sizning sanog‘ingizcha yahudiy va nasoroni fido etdim», deya xitob qilinadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:47:21

389

Abu Hanifa (r.a.) Abu Burdadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Burdaning otasi aytdi. Rasululloh (s.a.v) bunday dedilar: «Qiyomat kunida musulmonlardan har bir odamga yahudiy va nasorolardan bir odam beriladi va: «Bu sening otashdan qutulishing uchun fidyangdir», deyiladi».
Bir rivoyatda: «Qiyomat kunida Alloh taolo bu ummatdan har bir odamga kofirlardan birini beradi va u musulmonga: «Bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun fidyangdir», deyiladi.
Bir rivoyatda kelishicha: «Qiyomat kuni bu ummatdan har bir kishiga Ahli kitobdan biri beriladi. «Bu sening otashdan qutulishing uchun fidyangdir», deyiladi.
Bir rivoyatda: «Bu ummat rahmatga sazovor bo‘lgan bir ummatdir. Azobi qo‘llaridadir (dunyodadir)», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:47:32

390

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bir kuni ashobiga bunday dedilar:
- Jannat ahlining to‘rtdan biri bo‘lishni xohlaysizmi?
- Ha, - deyishdi sahobalar.
- Jannat ahlining uchdan biri bo‘lishni xohlaysizmi?
- Ha.
-Jannat ahlining yarimi bo‘lishni xohlaysizmi?
- Ha.
Hazrati Payg‘ambar marhamat qildilar:
- Sizga mujdalar bo‘lsin - Jannat ahli bir yuz yigirma safdir. Bulardan 8 safi ummatimdir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:47:49

391

Abu Hanifa (r.a.) Abu Burdadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Burdaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Mening ummatim rahmat etilgandir. Ularning azobi qo‘llarida - dunyodadir».
Bir rivoyatda quyidagi lafz ilova etildi: «Qatldadir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:48:01

392

Abu Hanifa (r.a.) Ziyoddan, u Yazid ibn Horisdan, u Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Muso (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) dedilarki:
- Ummatimning halokati ta’n va tou’ndadir.
So‘raldiki:
- Yo Rasululloh, ta’nni bildik: yaralash va o‘ldirish. Biroq to’un nima?
- Jinlardan bo‘lgan dushmanlaringizning sizni urishlaridir. Ularning har birida shahidlik bordir, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.)».
Bir rivoyatda: «Har birida shahidlar bor», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:48:39

393

Abu Hanifa (r.a.) Xolid ibn Alqamadan, u Abdulloh ibn Horisdan, u Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Muso (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.):
- Ummatimning halokati ta’n va to’undadir, - dedilar.
- Yo Rasululloh!.. Ta’nni (yaralamoq va o‘ldirmoq) bilamiz, biroq to’un nima?
Dedilarki:
- Jinlardan bo‘lgan dushmanlaringizning sizni urishidir. Har birida ham shahidlik bor».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:49:02

YEYISH-ICHISH, QURBONLIK, OVCHILIK VA HAYVON SO’YISH KITOBI

394

Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) hamma yirtqich hayvonlarni yeyishni man etdilar».

Qayd etilgan