Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367254 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:35:20

485

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, Hammod Ibrohimdan, u Asvaddan, u Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) qattiq og‘rigan paytda Ul zotning huzurlariga kirdi. Rasuli Akram (s.a.v.) Katavon molidan bo‘lgan aboa (chakmon, kamzul) uustida, izxir to‘ldirilgan jun yostiqda yotardilar. Hazrati Umar (r.a.):
- Ota-onam Sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh! Kisro va Qaysar qirollari sof ipak ichidalar, - degan edi, Rasululloh (s.a.v.):
- Ey Umar!.. Ularga dunyo, bizga oxirat bo‘lishini xohlamaysanmi? - dedilar.
So‘ngra Hazrati Umar (r.a.) qo‘lini Rasulullohga (s.a.v.) tekkizgan edi, Ul zotning kuchli isitmasi borligini bildi va: «Siz Allohning rasuli bo‘lsangiz-da isitmangiz shunday bo‘ladimi?», dedi.
Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar:
- Bu ummatning baloga eng ko‘p duchor bo‘ladigani nabiyidir, keyin xayrli kimsalar, so‘ngra ulardan keyingi yaxshi odamlardir. Bizdan oldingi payg‘ambarlar, alayhimussalom va ummatlari ham ana shunday edilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:35:43

JINOYATLAR BO’LIMI

486

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, Ato Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Kimki qasosni afv etsa (qasosdan voz kechsa. - Tarj.) uning uchun jannat bordir», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:35:58

487

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Said ibn Musayyabdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Yahudiy va xristianlarning diyati (qon jazosi. - Tarj.) musulmonning diyati kabidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:36:34

488

Abu Hanifa (r.a.) Sha’biydan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Tuzalgunga qadar yaradorlarga qasos (jazo. - Tarj.) tadbiq qilmang», deb buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:37:34

HUKMLAR BO’LIMI

489

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Hasan Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Ey Abu Zarr!.. Amirlik, rahbarlik bir omonatdir. U qiyomat kuni pushaymonlik va xafagarchilikdir. Rahbarlikni kim zimmasiga olib, haqqoniy ado etsa, u bundan mustasno. Buni sen qanday ham amalga oshirarding!?»
Abu Hanifa (r.a.) Abu G’assondan, u Hasandan, u Abu Zarrdan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatda Abu Zarr (r.a.) bunday deydi: «Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: «Amirlik, rahbarlik (davlat ishlari) bir omonatdir. U razillik va pushaymonlikdir. Kim uni zimmasiga olsa-yu, haqqoniy ado etsa, bundan mustasno. Bu qanday bo‘ladi (buni eplab bo‘larmidi. - Tarj.), ey Abu Zarr?!»

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:38:06

490

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, Atiyya Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Shubhasiz, qiyomat kunida eng uzun bo‘yin inson odil rahbar bo‘ladi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:38:34

491

Abu Hanifa (r.a.) Hasan ibn Abdullohdan, u Hubayb ibn Sobitdan, u otasidan rivoyat qiladi. Hubayb ibn Sobitning otasi aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Qozi (hokim) uch toifa bo‘lib, ulardan ikki toifasi otashga, biri jannatga tushadi», dedilar. Jahannamga tushgani odamlar ustidan savodsizlarcha hukm chiqaradi. Bir qism insonlarni boshqalar molini yeyishga yo‘llaydi. Boshqa birisi ilmiga amal qilmasdan insonlar ustidan nohaq hukm chiqaradi.3 toifa Alloh taoloning Kitobi bilan hukm beradi va u jannatga tushadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:38:57

492

Abu Hanifa (r.a.) Abdulmalikdan, u Ibn Abu Bakradan, unga otasi Rasulullohdan (s.a.v.) ushbu hadisni eshitganini yozdi. U hadisda Rasuli Akram (s.a.v.) bunday degan ekanlar: «Hokim g‘azablangan paytda hukm berolmaydi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:39:13

493

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha (r.a.) aytdilar: «Hazrati Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Qalam uch kishidan ko‘tarilgan: ulg‘ayib balog‘atga yetgungacha qadar boladan, hushiga kelgunicha majnundan (telbadan), uyg‘ongunga qadar uxlagan kishidan».
Hammod Said ibn Jubayrdan, u Huzayfadan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatda Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlari aytiladi: «Uch kishidan qalam ko‘tarildi: uyg‘ongunicha uxlab yotgan kishidan, o‘ziga kelgunga qadar hushidan ketgan kishidan, ehtilom bo‘lgunga qadar (aqli bolig‘ bo‘lgunga qadar) boladan».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:39:37

494

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Sha’biydan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Dalil bo‘lmagan paytda da’vo qilinuvchi qasam ichishga haqlidir».

Qayd etilgan