500
Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Jullasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jullas (r.a.) aytdi: «Men Abdulloh ibn Shayboniyning juda katta gapini eshitganlardan biri edim. Uni bo‘yniga urib Hazrati Aliga (r.a.) olib keldik. Hazrati Ali (r.a.) hovlida oyoqlarini chalkashtirib osmonga qarab yotgan ekanlar.
Hazrati Ali (r.a.) undan nimalar deb gapirganlarini so‘radilar. Abdulloh ibn Shayboniy aytgan so‘zini (yana bir bor) gapirib berdi.
- Bu so‘zni Allohdan, uning Kitobidan yoki Allohning Rasulidan rivoyat qilyapsanmi? - so‘radilar Hazrati Ali (r.a.).
- Yo‘q, - dedi Abdulloh ibn Shayboniy.
- Unda qaerdan?
- O’zimdan.
Hazrati Ali (r.a.):
«Sen bu so‘zni Allohdan, Kitobidan yoxud elchisidan xabar berayotganingni aytsang edi, kallangni uzib tashlardim. Agar mendan rivoyat qilganingni aytsang, senga azob berardim. Sen yolg‘onchisan. Men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman. Qiyomatdan oldin o‘ttizta yolg‘onchi payg‘ambar chiqadi, sen ham o‘shalardansan».
Bir rivoyatda Abu Jullasning bunday degani keltirilgan: «Men Abdulloh Shayboniydan juda katta gap aytganini eshitganlardan biri edim. Uni Hazrati Aliga (r.a.) olib keldik.
Hazrati Alini (r.a.) masjidning hovlisida bir oyog‘ini 2si ustiga qo‘yib, osmonga qarab yotgan holda topdik.
Hazrati Ali (r.a.) undan qanday so‘zlar so‘zlaganini so‘radi. U gapirganlarini aytib berdi.
- Bu so‘zlarni Allohdan, Kitobidan yoki Allohning rasulidan rivoyat qilyapsanmi? - deya so‘radilar Hazrati Ali (r.a).
- Yo‘q, - dedi u.
- Unda kimdan?
- O’zimdan.
Hazrati Ali (r.a.).
- Sen Allohdan, Kitobidan yoxud elchisidan naql etganingni aytganingda, bo‘yningni uzardim. Agar mendan rivoyat qilganingni aytayotgan bo‘lsang, senga azob berardim, yolg‘onchisan. Men Rasulullohdan (s.a.v) eshitganman, Qiyomat vaqtidan oldin o‘ttizta yolg‘onchi payg‘ambar paydo bo‘ladi, sen ham o‘shalardan bittasisan, - dedilar».