Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367578 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:49:08

515

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Osimdan, u Abu Solihdan rivoyat qiladi. Abu Solih bunday dedi: «Al-huqub (davrlar, zamonlar) 8 yildir. Uning olti kuni dunyoning butun kunlari sonichadir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:49:34

516

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan rivoyat qiladilar: «So‘zning eng go‘zaliga ishonsa» oyati Rasulullohga (s.a.v.) o‘qilganida: «La ilaha illallohga ishonsa», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:49:58

VASIYAT

517

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u otasidan, u Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Sa’d ibn Abu Vaqqos aytdilar: «Kasallanib yotganimda Nabiy (s.a.v.) meni ko‘rishga keldilar. Ul zotga:
- Yo Rasululloh, molimning hammasini vasiyat qilayinmi? - degan edim.
- Yo‘q, - dedilar.
- Yarmini vasiyat qilayinmi?
- Yo‘q, - dedilar
Rasululloh (s.a.v) aytdilar:
- Uchdan bir qismi ko‘pdir. Ahli oilangni odamlarga muhtoj qilib qoldirib ketmagin, - dedilar.
Bir rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) kasal yotgan Sa’dni ko‘rish uchun yoniga kirdilar. Sa’ddan:
- Vasiyat qildingmi? - deb so‘radilar.
Sa’d:
- Ha, molimning hammasini vasiyat qilib qoldirdim, - dedi.
Rasululloh (s.a.v.) Sa’dning vasiyat qilib qoldirayotgan molining miqdorini toki u: «Uchdan birini vasiyat qildim», degunga qadar kamaytirdilar va «Uchdan biri ham ko‘p», dedilar.
Bir rivoyatda (Ato otasidan, u bobosidan, u Sa’d Abu Vaqqosdan (r.a.) qilgan rivoyatda) Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) meni ko‘rishga keldilar. Men:
- Yo Rasululloh (s.a.v.), molimning hammasini vasiyat qilib qoldiraymi? - deya so‘radim.
Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.):
- Yo‘q, - dedilar.
- Yarmini vasiyat etayinmi?
- Yo‘q, - dedilar.
Men:
-Uchdan birini vasiyat qilayinmi? - degan dedim, Rasululloh (s.a.v.):
- Uchdan biri ham ko‘p. Vorislaringga molingni qoldirishing ularni odamlar qo‘liga qaratib, muhtoj holda qoldirishingdan yanada xayrlidir, - dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:50:36

518

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Musulmon xristiandan meros olmaydi. Quli yoki joriyasi bo‘lsa, mustasnodir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:51:08

519

Abu Hanifa (r.a.) Tovusdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Faroizni (hissalarni, ulushlarni) egalariga bering. Qolgan mol erkak kishiga (asabaga) tegishli».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:51:31

520

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Abdulloh ibn Shaddoddan rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Shaddod aytdi: «Hamzaning qizi bir qul ozod qildi, qul o‘ldi. Undan bir qiz qoldi. Nabiy (s.a.v.) molning yarmini bu qizga, yarmini Hamzaning qiziga berdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:51:51

521

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Sha’biydan, u Masruqdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) bunday dedilar: «Yetimlar molini zulm bilan yeganlar qorinlariga olov yegan bo‘ladilar. Ular yaqinda jahannamga kirajaklar» mazmunidagi oyat nozil bo‘lgach, yetimlarning mollarini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan insonlarga ularning molini saqlash og‘ir tuyuldi, ular yetimlarning moliga yaqinlashmay qo‘ydilar. O’zlariga gunohga bo‘lishdan qo‘rqdilar.
Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Sendan yetimlar haqida so‘raydilar. Ular uchun islohni (yaxshilikni) o‘ylash siz uchun yanada xayrlidir. Ular bilan muomala qilsangiz, ular dinda sizning birodarlaringizdir». Ushbu oyati karimadan so‘ngra ular ancha yengil tortdilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:52:26

522

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Rushd (balog‘at. - Tarj.) chog‘iga yetishgach, kishi yetim hisoblanmaydi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:52:46

QIYOMAT VA JANNATNING VASFLARI

523

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan rivoyat qiladi. Ummu Honiy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v) bunday dedilar: «Qiyomat pushaymonlik va hasrat kunidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:53:13

524

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: «Jannatda Alloh o‘tkir mushkdan, suvi salsabil, daraxtlari nurdan, ichida har birining 7kokili bor go‘zal hurlar aylanib yuradigan shahar yaratgan. U hurlardan bittasi yer yuzida ko‘rilsa edi, g‘arb va sharqni yoritar edi. Uning xushbo‘y hidi osmon va yer yuzini to‘ldirar edi.
So‘rashdi:
- Yo Rasululloh!.. Bu (shahar. - Tarj) kim uchun?
- Bu oladigan qarzini xushmuomalalik va yumshoqlik ila so‘ragan kishi uchundir, - deya marhamat qildilar Rasuli Akram (s.a.v.)».
Bir rivoyatda: «Shoyad bu hurlardan bittasi ko‘rinsaydi, g‘arb bilan sharq orasini yoritardi. Osmon va yer u muattar hid bilan to‘lar edi», deyiladi.
Yana bir rivoyat: «Ummu Honiy bunday dedi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v) marhamat qildilar: «Allohning arshi ostida ochilgan o‘tkir mushkdan yaratilgan bir shahri bor. U shaharning daraxtlari nurdir. Suvi salsabildir. Yirik ko‘zli hurlar yaratib qo‘yilgan. Har biri 7kokillidir. Ulardan birortasi sharqda bo‘lsa ham, g‘arbni yorug‘ qilar edi».

Qayd etilgan