Bola tarbiyasida tayoqning roli, yoki siz qanday fikrdasiz?  ( 43646 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Shoxjahon12  16 Avgust 2010, 16:14:23

Menimcha kaltak yegan bola- u kishidan uzoqlashadi, sovuydi...
Masalan, o'g'lim onamlar bilan yotadi. Chunki har kuni onamlar o'g'limga shirinliklar beradilar, yaxshi so'zlar bilan erkalaydilar. "Buving qanaqa?", desam, "Buvijon yashshi, buvijon oppoq", deydi. Onamlar har doim uqtiradilar:"Bolani urma".
Erkin Voxidov qalamiga mansub she'r bor, (Rustam G'oyipov qo'shiq qilgan)

Bolalarni shaytonlardan qo'rqitmangiz,
Bobov keldi, deb ko'rpaga berkitmangiz.
To ulg'ayib duch kelganda bobovlarga,
O'xshamasin itdan qo'rqqan soqovlarga.


Qayd etilgan


Ansora  16 Avgust 2010, 16:19:01

:as:

Imom Termizii rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Yosh bolani yetti yoshida namoz o`qishga buyuring, o`n yoshga yetganda
ham o`qimasa uring
», deganlar.


 :vslm:

Qani endi butun kaltaklar Dinimizni amrini bajar, degan niyyatda bo'lsa edi...

Ajabo, hadisda uring, deyilar ekan, qanday urishdan bahs etilayotgan ekan, hammayog'ini momataloq qil, deyilmagandir illoki...hafifcha to'g'rimi?

Qayd etilgan


Robiya  16 Avgust 2010, 16:23:14

Assalamu alaykum!

Kapalak opa, zo'r mavzu ochibsiz, Alloh rozi bo'lsin!

Mavzuga oid fikrimni aytsam, me'yor borasida forumdoshimiz Habibning fikrlarini ma'qullayman.. Aniqrog'i bu borada neytralman..

Bir yil maktabda ishladim, ta'lim tarbiya, bola psixologiyasini ozmi ko'pmi o'rgandim.. Boshqa maktablarda qanday bilmadimu, bizda boshlang'ichdan urib tarbiyalaydigan o'qituvchilar bor ekan. Hozir o'sha sinf bolalarini o'zi sinfga kirish bilan uzun temir chizg'ichni keltiradi. Ha nega bu desa, bolalar shovqin qilsa, urasiz.. Sizlar hayvon emassizku ursam deyman..

Shoxjahon12 forumdoshning bola tarbiyasi haqida yozganlarini o'qib, menam bir uslubni aytib ketay dedim..:)

5 B Sinf eng ashaddiy, shattaxo'r, eti qotib ketgan sinf edi. Va bu borada sinf liderini ismi... Muhammad..:( Sinfga kirgan har bir o'qituvchi shu bolani urmay chiqmasdi. Men esa darsda uni zveno boshlig'i qildim, sinfkomlikka tavsiya qildim.. Boshqalar shovqin qilganda, uni ibrat qilaverdim.. 2-3 oylarda ijobiy o'zgarishlar ko'rina boshladi alhamdulillah..

Men o'quvchini Sen demayman. Sinfga kirgan kunimda aytganman, men sizlarni urmayman, so'kmayman, tilimdagi Siz senga aylandimi, bilingki o'z qadringizni tushiryapsiz.. Allohga shukr, biror marta o'quvchilarimni Sen demadim, bundan keyin ham aytmay..

Uzoqlashib ketmadimmi? :) Kapalak opa, otasi kaltaklaganda uydan qochgan qizlarni bilaman debsiz.. Haqsiz, bundaylar ham bor.. Men esa ota-ona har qancha kaltaklaganda ham doim kulib turuvchi qizlarni bilaman.. Bunaqalar ham yo'q emas.. Fikrlar nisbiy..

Yakuniy fikrim: bola tarbiyasida kaltakning ham o'rni bor,faqat me'yorda.. Tarbiya jarayonida shirin so'z, ibratli hayot ham kaltakdan kam ta'sir qilmaydi.. :)

Shu o'rinda T. Malikning tayoq haqida yozganlari yodimga tushdi:

Kaltak yegan bolaga tasalli beribdilar:

-Ranjimagin bolakay, tayoq jannatdan chiqqan, aslida yaxshi narsa.
Bolaga bu taskin ta'sir etmay, yig'laganicha debdiki:

-Hechamda! Yaxshi bo'lganida jannatdan chiqarilarmidi?


"Iymonlashish umidi"

Qayd etilgan


Billur  16 Avgust 2010, 16:27:51

Assalomu aleykum,
Juda yaxshi mavzu ochilibdi,rahmat.
Bolani urib tarbiyalash......... Mening ham farzand tarbiyasida atigi 3 yillik tajribam bor holos. Lekin shu qisqa muddat ichida bola psihologiyasini aaancha o'rgandim desam ham bo'ladi. O'zimni qizimni misol qilib yozadigan bo'lsam ba'zan adasi bilan faqat bizni farzandimizi shunaqa talabchan, bir joyda o'tira olmaydigan, ko'p savol bradiganmikan, yo bizaga shunaqa tuyuladimi deymiz :)
Uning har bir savoliga javob berishga harakat qilaman.Lekin mehrim jo'shib ko'proq erkalatib yuborsam, ba'zan sho'hlik qilib turadi. Shunda yaxshi gap bilan tushuntiraman. Agar yana o'z bilganidan qolmasa qattiqroq urishib beraman.
 Lekin bir narsani unutmasligimiz kerakki, yosh bolani ana bo'ri keldi,kimgadir
bervoraman....., deb aslo qo'rqitish kerak emas.Bu ularning ruhiyatiga juda yomon ta'sir qilib, kechalar uhlay olmay, aksincha sizni yanada bezovta qilishi mumkin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  16 Avgust 2010, 18:28:04

Iqtibos
Assalomu alaykum!
Bizni onamiz shu paytgacha urmaganlar.
Lekin dadam...

Negadir menda umuman aksi bo'lgan.

Men oilada yolg'iz farzandman. Akam ham, ukam ham, opa-singillarim ham yo'q. Ko'pchilikka buni aytsam, demak erkatoy ekansan deyishadi. Lekin uydagilar taltaytirib katta qilishmadi.

Ayam uy bekasi bo'lganliklari sababli tarbiyam bilan faqat o'zlari shug'ullanganlar. Urardilar (xozir urmay qo'yganlar :7), o'yardilar... (!) Ayamni ferminniy o'yishi boriydi, ya'ni chimchilardilar... Voy, sonlarim ko'karib ketardi. Biror joyga borganda u-bu ishni qilmoqchi bo'lsam, ayamni ko'zlariga birinchi qarab, g'oyibona ruxsat olgandan keyin qilardim. Agar qilma deb ishora qilsalar, majburlashsa ham qilmasdim... :7 Yo'qsa uyda baloga qolardim ayamdan...

Bir marta hech esimdan chiqmaydi. U paytda ancha yosh bo'lganman. Bir to'yga qishloqqa mehmonga bordik. Bizni dasturxonimizga no'xotsho'rak olib kelishdi. Bola bo'ganmanda xavasim kelib paqqos tushirishni boshlaganman. No'xot shunchalik qop-qora ediki, lekin ko'zimga juda shirin tuyilgan. Shunda ayam bildirmasdan oyog'imdan o'yib olganlar. Ya'ni "bo'ldi qil, yemagin" degan ma'noda. Men bo'sa, baqirib "Nimaga o'yasiz!" deganman... :7
Hamma o'tirganlar, "voy kelin indamang yesin" deyishgan... Ayam ham "Yo'q, mayli, yeyaversin, meni qarshiligim yo'q, shunchaki qo'lim tegib ketdi" degandilar :7

Lekin dadam umuman urmaganlar meni... Shu paytgacha, shu yoshgacha... Dadamning bir og'iz so'zi tugul, bitta nigohlarini o'zi menga ko'p narsalarni anglatardi. Ularni o'tkir nigohlari menga 70 ta darradan og'irroq edi... Xozir ham shunaqa...

Xulosam:

Menimcha tarbiyada kaltak kerak. Me'yorida bo'lsin faqat.

Yana ota qo'l ko'tarmasligi kerak... Otaning oddiy tarsakisi bu o'gil  uchun eng o'gir jazo bo'lishi kerak... Otasini ko'rganda titrab turishi kerak...

Onalarga endi mojno... Urib, o'yib, chimdalab tursa bo'ladi. Baribir ona mehri yana hammasini o'z iziga qaytarib oladi :7

Bularning barchasi o'g'il bolalar uchun xolos.

Qizlarga qo'l ko'tarilishiga mutlaqo qarshiman!!!!

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Avgust 2010, 18:53:48

Uyda bitta qiz bölganim uchun hamma erka qiz bölsang kerak, deyishadi. Lekin ayam pedagog bölganliklari sababli, Robiya aytganlaridek, gap bilan psixologiyaga ta'sir qiladigan gaplar bilan tushuntirardilar va haliyam shunaqa. Dadam-ku, umuman qattiq gapirmaganlar. Tög'ri, yoshligimda-ukam tug'ilgunga qadar oz-moz erkaligim bölgan ekan, lekin ukam tug'ilgach, ota-onani örta farzand bilan ishlariyam bölmay qolarkan.
Endi kaltakka keladigan bölsam, gap ta'sir qilmagan hollarda kaltakning örni muhim, deb öylayman. Lekin baribir bola bola-da, ötmishini eslaganda katta bölib, faqat ota-onasini kaltak kötarib yurgani esiga tushmasin!

Qayd etilgan


Nоdirbek  16 Avgust 2010, 18:59:19

Ota-onam bolaligimizdan tarbiyamizga juda kuchli e'tibor berib kelishgan. Onamdan bolalikda sho'xlik qilganimiz uchun kaltak yer edik. Buni hozir aka-uka o'tirib qolsak, hazillashib eslaymiz. Lekin otam, birontamizni ,biror marta ham urmaganlar. Bolaligimizdan birovni haqqiga xiyonat qilmaslik, o'g'irlik va boshqa gunoh amallar haqida qulog'imizga quyib kelishgan. 5-sinfda o'qir edim. Shu paytgacha o'g'rilik qilmagan edim. Bir kuni shayton yo'ldan urdimi, yoki boshqa sababmi, dadamdan so'ramay uydan pul oldim va o'zimga kerakli narsalarni oldim. Bu holat menga yoqib qoldi va bu holatni 2-3 marta takrorladim. Bir marta pul olayotgan paytimda onamni ko'zlari tushib qolgan ekan. Ana shunday kunlarning birida, kechki ovqatdan keyin, dasturxon uchun duo qilindi va hamma o'z xonasiga dars tayyorlashi uchun kirib ketdi. Men ham kirib endi darslarimni boshlamoqchi edim, onam kirib, dadam meni chaqirayotganliklarini aytdilar. Hayron bo'lib chiqdim. Dadam oldilariga chaqirdilar va O'g'lim senga men shunday tarbiya berdimmi, bu nima ish, axir, pul kerak bo'lsa mendan so'ramaysanmi, dedilar. Men esa, qanaqa pul, deb o'zimni bilmaganga oldim. Shunda dadamni jahllari shunaqangi chiqdiki, Sen o'g'rilik qilganing yetmaganiday endi, yolg'on gapirishni ham o'rgandingmi?
Qo'lingni stol ustiga qo'y dedilar, men dahshatga tushib qoldim, bu buyruq yana bir bor takrorlangach noiloj qo'limni stol ustiga qo'ydim. Shunda Dadam stol ustidagi pichoqni panjalarim ustiga qo'ydilar va Hozir qo'lim bilan pichoqni bir ursam, barmoqlaringni yerdan terib olasan dedilar, men dahshatga tushdim va dod deb yig'lab, pulni men olganimni aytdim va dadamdan kechirishlarini so'ray boshladim,  bu orada onam ham o'rtaga tushdilar, shundan keyin otamga qayta o'g'rilik qilmaslikka so'z berdim. Bu voqeadan keyin, o'g'rilik haqida eshitib qolsam, shu voqea ko'z oldimga kelardi.

Qayd etilgan


Nоdirbek  16 Avgust 2010, 20:07:57

Onamdan kaltak yeyishimizga asosiy sabab, haddan tashqari sho'xligimiz bo'lgan. Ko'chaga, o'ynagani chiqqanimda, albatta bitta bolani birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun uyga olib kelardim. Qo'shnilar uyimizga shikoyat qilib ko'p kelishardi. Yoz oylarida ko'chaga o'ynagani chiqib, lablarimiz ko'karguncha cho'milardik.

Qayd etilgan


UzMuslim  16 Avgust 2010, 21:41:38

 :bsm:
Ota Ona Hech Qachon Bu Dunyoda Farzandiga Yomonlikni Ravo Ko'rishmeydi Hech Qachon Yomon Bo'l NImaga Yuvosh Yuribsan Nimaga Bollarni(yani O'zi Tengxo'rlarni)urmeysan Deb Urushmeydilar,Qachonki Bola O'zidan Yangilik Yani Yomon tarafdan Yangiliklar qila Boshlasa O'sha Payt OTa Ona O'sha IShni Boshqa Qilmasligi Uchun Uradi...Albatta Yoshligimda man Bitta O'gil bo'ganim uchun Erkaroq Bo'lganman Shuni Uchun Mani Kamroq Urushishgan Deymi :7,Yo'q Qilgan Aybim uchun qattiq Jazolanar Edim Shuni UChun Bir martda qilgan Xato  IShimni Qayta Qilmaslikka Harakat Qilardim,Lekin Singillarim Qilgan Aybni Doim berkitishga Yoki O'z Bo'ynimga Olishga O'rganganman...
Aniq Javob Shuki Ota Ona Hech Qachon Farzandini Yomon Bo'sin demeydi...

Qayd etilgan


shirin_a  16 Avgust 2010, 21:51:21

 :bs1:
 :as:
Aslida xar tomonlama qarasak ham O`zbeklarchalik hech kim  bolasini tarbiyalamas ekan. Ayniqsa buni Musofirlar yaxshiroq bilsa kerak. masalan olaylik: ruslar farzand tug`ilishi bn tashab qo`yadi, o`zi katta bo`ladi o`zi hayotini tzadi. AQSH liklar esa farzand 16 yoki 18 ga to`lguncha qarashadi, uni tarbiyasi uni kiyinishi uni yurishi, hamma hammasiga ota onasi qaridi, 16 18 dan keyin chemadanini yeg`ishtirishga yordam beradi va ko`chaga chiqazvoradi. Bizdachi.......? Allohga shukur qilaman o`zbekligimga. Bizda farzand tug`ildimi, bas, unga toki ota ona o`tib ketguncha unga qarashadi. tarbiyasi, kuyunishi, odobi, muomalasi. Alhamdulillah. bola tarbiyasini ota ona beradi ko`proq.
Endi tayoq masalasiga kelsak,  :-[ bilmadim bunisini. Hali bola tarbiyalab ko`rmaganmanu lek tayoq orqali tarbiyalash manimcha beraxmlik bo`sa kere. Vallohu A`alam. :3 :3 :3

Qayd etilgan