Bola tarbiyasida tayoqning roli, yoki siz qanday fikrdasiz?  ( 43616 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


BelleQizcha  16 Avgust 2010, 22:39:37

Tayoq ish beradi lekin hammada har hil. ota-ona bolasini jahli chiqqanda urishi kerak emas aksincha yomon ish qilgan bolani jahli tushgandan kiyin tushuntirib unga ozgina jazo berish kerak shunda bolayam tushunadi va bolani ongiyam ozgaradi. lekin 2 1 3 yoshlik bolani urushdan nima foyda hech narsani chunmasa,,,

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  17 Avgust 2010, 09:24:59



...5 B Sinf eng ashaddiy, shattaxo'r, eti qotib ketgan sinf edi. Va bu borada sinf liderini ismi... Muhammad..:( Sinfga kirgan har bir o'qituvchi shu bolani urmay chiqmasdi...





Имом Абу Довуд Абу Хурайра розисллоху анхудан ривост килинган хадисда куйидагилар айтилади:
«А­й Аллохнинг А асули, гийбат нима?» деб ссрашди.
А асули акрам алайхисоллоту вассалам:
«Биродарингни сзига ёкмаган нарса билан сслашинг», дедилар. Шунда:
«Биродаримда мен айтган нарса бслса-чи, бунга нима дейсиз?» дейишди.
Лайгамбаримиз алайхиссалом:
«Агар айтганинг унда бслса, гийбат килган бсласан, аммо бслмаса, бсхтон килган бсласан», деб жавоб килдилар.


Qayd etilgan


Ansora  17 Avgust 2010, 12:55:02

Shoxruh Mirzo, men ham maktabda ishlaganman 1 yil. Bilasizmi, nima qilishimni bilmay qolganman. Huddi butun sinf kelishib olishgandi to'htamay to'palon qilishga. Darslardan birida doskaga yangi temani yozgunimcha orqamda shunday to'palon boshladiki, qayrilib qaradim va nima ko'rdim, bilasizmi??? Sinfxonani poli yog'langan edi, 8 chi sinf o'quvchilari qiz-erkak aralash partaga qizlarni o'tirg'izib "kataysa" qilishyabdi!!!
8 chi sinfgacha shunday ta'lim olgan bo'lsa, men bundan keyin ularni o'zgartira olmayman, dedim va zarra qadar jahlimni chiqarmadim. Unga bunga baqirganim bilan holat o'zgarmaydi, qolaversa men praktikant o'qituvchi edim.
İshoning shu voqeadan keyin o'qituvchi bo'lishdan voz kechdim va tarjimonlik sohasiga yo'naldim...

Yani Robiyaxon, hammani biladigan gaplarini yozganlar. Xozirgi kunda eng qiyin ish birovga bir narsa o'rgatish. Yana ota-onalari kelishadi shikoyat bilan...

Uzr, mavzudan chetlashdim, niyyatim Robiyaxonni gaplarini tasdiqlash edi.

Qayd etilgan


Ansora  17 Avgust 2010, 14:13:26

Ota-onalardan kaltak yemaslik uchun-(Abu Muso aka eslatganlariday diniy amallar uchun emas, kundalik hayot uchun) albatta yo yakka qiz, yoki birgina o'g'il bo'lish kerak ekanmi deyman : )

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Avgust 2010, 14:16:51

Ota-onalardan kaltak yemaslik uchun-(Abu Muso aka eslatganlariday diniy amallar uchun emas, kundalik hayot uchun) albatta yo yakka qiz, yoki birgina o'g'il bo'lish kerak ekanmi deyman : )

Nega endi? Mana men birgina o'g'ilman...

Vay-vay, ayamdan yegan kaltaklarimni o'rni haliyam og'rib turadi...

Qayd etilgan


JaviK  17 Avgust 2010, 14:24:54

Ota-onalardan kaltak yemaslik uchun-(Abu Muso aka eslatganlariday diniy amallar uchun emas, kundalik hayot uchun) albatta yo yakka qiz, yoki birgina o'g'il bo'lish kerak ekanmi deyman : )

Nega endi? Mana men birgina o'g'ilman...

Vay-vay, ayamdan yegan kaltaklarimni o'rni haliyam og'rib turadi...

Yurist aka agar onanggiz o`sha yoshligizda urmasdan tarbiya berganda shu darajaga erisha olgan bo`larmidiz yoki onanggizni kaltaklari ham sababchimi ?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Avgust 2010, 15:28:18


Yurist aka agar onanggiz o`sha yoshligizda urmasdan tarbiya berganda shu darajaga erisha olgan bo`larmidiz yoki onanggizni kaltaklari ham sababchimi ?

Ex, birodar, men qayerda, kimga o'zim haqimda nimadir aytib beradigan bo'lsam, albatta ushbu darajaga (juda daraja deyish qiyinku, xozirgi holatimga desam to'g'riroq bo'lar) yetishishimda ota-onamning tarbiyamdagi qattiqqo'lligi eng asosiy omil bo'lgan deya aytib beraman.

Ayam uy bekasi bo'lganliklari sababli to'liq mening tarbiyam bilan shug'ullanganlar.

Meni yoshligimdan erkalatishmasdi...

Menga ko'chaga o'ynash uchun deyarli ruxsat berishmasdi, berishsa ham joyi, vaqti aniq belgilab berilardi. Aytilgan  vaqtda uyga qaytmasam, oqibati yaxshi bo'lmasdi...

Dars tayyorlashim qat'iy nazorat ostida edi... Ayamni o'zi yonma-yon o'tirib darsimni qilishimni kuzatib turardi... Agar o'z vaqtida tayyorlamasam, qattiq urushardilar...

5 yoshimgacha har kuni bittadan she'r yodlashim shart edi... Kichkina-kichkina, bolalar she'rlari. Haliyam yodimda ko'pchiligi. Yodlay olmasam yoki aytib berolmasam...o'sha gap...

3 yoshimdan sal oshganimda ayam o'qishni o'rgata boshlaganlar... O'qimasdim, dangasalik qilardim, ayam urishardilar :7 Keyin o'qirdim...

4 yoshdan oshganimda yozishni o'rgata boshladilar... Qo'limdan ushlab, o'zlari yozishni o'rgatganlar. Ertalab vazifa berardilar, o'sha vazifani yozib kechqurun topshirardim, ayam imtihon olardilar :7 Yomon yoki xunuk yozgan bo'lsam, urardilar...

5 yoshga to'lganimda esa, maktabga berishdi... Dastlab 2 sentabrda olib borishganida qabul qilishmadi, yosh deb. Keyin maxsus komissiya chaqirtirishdi... Komissiyadan o'tganimdan keyin noiloj majbur bo'lishdi 5 yoshdan olishga...

Hamma o'zini birinchi ustozini eslasa, mening birinchi ustozim ayam bo'lgan deyman. Chunki men maktabga chiqqanimda o'qishni ham, yozishni ham bilardim...

7 yoshga to'lganimda ilk marta ro'za tutishga o'rgatdilar... Hamma ayamga qarshi chiqdi. Yosh bola narsaga ro'za tuttirishni nima keragi bor, qiynalib qoladi dedilar. Ayam esa parvo ham qilmadi...

Xozirgacha 9 yil maktabda, 3 yil akademik litseyda, 4 yil institutda o'qigan bo'lsam, har doim dars jadvalimni bitta nusxasi ayamda albatta bo'ladi. Qaysi kuni, soat nechida darsim tugaydi, o'qishdan uyga qaytishimga qancha vaqt ketadi, hammasi xisoblangan. Ayniqsa maktab davrimda bunday nazorat qattiq bo'lgan. Darsdan keyin futbolga qiziqib qolib ketgan vaqtlarimda ayamni o'zi maktabga kelib olib ketardi... Olib ketganda ham urib olib ketardi :7

Qo'limga ortiqcha pul berishmasdi hech qachon... Berishsa ham nimaga qancha ishlatganimni hisobotini berardim...

O'sha vaqtlarda ko'p o'ylardim... Nima meni bolaligim shunaqa o'tadimi? Nima meni o'ynashga haqqim yo'qmi? Boshqa oshnalarim maza qilib cho'milishga, kompyuter o'ynashga, baliq tutishga ketishadiyu, men shunaqa o'tiraveramanmi deb rosa alam qilardi... Ba'zida o'zimcha xo'rligim kelardi... Bola bo'lganmizda...

Mana endi, xozir yoshlikdagi o'sha ishlarni, qattiqqo'llikni, ayamning urishlariyu, dadamning tanbehlarini mevasini ko'rayapman...

Nufuzli oliygohda o'qidim, imtiyozli diplom bilan tugatdim, mana endi magistraturaga ham kirdim, "Zakovat" klubida ham ozmi-ko'pmi muvaffaqiyatlarga erishdim. Bularning barchasida ota-onamning 90% hissalari bor...

Shuningdek, ayamning tayoqlarini ham hissasi yo'q emas... :7

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  17 Avgust 2010, 17:15:55

:as:

Imom Termizii rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Yosh bolani yetti yoshida namoz o`qishga buyuring, o`n yoshga yetganda
ham o`qimasa uring
», deganlar.


Abu Muso aka keltirgan hadisni to'g'risi men yozmoqchi edim yozib qo'yibdilar.

Shu hadisni sharxida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ayrim bolalarni tabiati shunaqa bo'ladiki, ularni urmasa gapga solish qiyin degandilar (Hadis va Xayotni 5 juziga qaralsin)

Xo'sh shunday ekan, tabiatan, kaltak yemasa "odam bo'lmaydigan " bollarni urish joiz deb bilaman Vallohua'lam.

It bilan eshakni qancha qilma tarbiya
It bo'lur eshak bo'lur aslo bo'lmas odamiy...

Ayrim joylarda eshitganmiz, ko'rganmiz, uqiganmiz, farzandini mamataloq qilib urib, do'pposlaydigan "ota-onalar" ham bor. Lekin bunday hollarni 70-80%ida "ota onalar" piyonista yoinki tilga olib bo'lmaydigan ...bo'ladi.

Fikri ojizimcha bunday ota-onalarda farzandiga nisbatan zarracha bo'lsa ham mehr yo'q!

Shu o'rinda Yorqinjon qori akamizni bir so'zlarini keltirmoqchiman:

Bolasini bozordan nos obkemagani uchun ham urovursa...

Qayd etilgan


Ansora  18 Avgust 2010, 12:23:58

Eng yomon ko'rgan narsalarimdan biri: Ko'cha-ko'yda bolasini urgan "ota-onalar"...

Qayd etilgan


UzMuslim  18 Avgust 2010, 19:06:49





It bilan eshakni qancha qilma tarbiya
It bo'lur eshak bo'lur aslo bo'lmas odamiy...


Kuchuk  bilan Ho'tikni qancha qilma tarbiya
It bo'lur eshak bo'lur aslo bo'lmas odamiy...


Uzur

Qayd etilgan