Bola tarbiyasida tayoqning roli, yoki siz qanday fikrdasiz?  ( 43609 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


ibnUyayna  18 Avgust 2010, 19:44:24


  Bolani qande tarbiya qilishi ota-ona o`zi tanlidi.Kimdir uradi,kimdir urmidi,kimdir erkator qilib o`stiradi,kimdir aksincha...
  Eng muhimi bolani islomiy ruhda tarbiyalash...

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 00:38:00


  Bolani qande tarbiya qilishi ota-ona o`zi tanlidi.Kimdir uradi,kimdir urmidi,kimdir erkator qilib o`stiradi,kimdir aksincha...
  Eng muhimi bolani islomiy ruhda tarbiyalash...

Tabiiy, har bir ota-ona o'zi tanlaydi buni. Biz ham shu uslublarni qaysi biri to'g'ri yoki noto'g'riligini tahlil qilyabmizda uka : )

Qayd etilgan


JaviK  23 Avgust 2010, 12:23:25

Bola tarbiyasida Bog`chaning ro`li, Siz bog`chaga borganmisiz, YOki bog`chaga borihiga qarshimisiz? Sizning fikringgizcha bog`chada to`g`ri tarbiya oladimi? Bog`chada o`sgan bolada ko`proq odam ovilik, Qo`rquvu kuchli bo`lib o`sadi deyishadi siz bunga qanday qaraysiz??

Qayd etilgan


Billur  24 Avgust 2010, 10:07:48

Javik Rahmat. Juda ham kerakli savolni beribsiz.
Bizni hozir shu bog'cha muammosi qiynayotgani uchun ko'pchilik bu haqda fikr bildirishsa juda yaxshi bo'lardi.
3 yoshli qizim bog'chaga boradi. 1yil bo'ldi. Lekin bog'chaga o'rganishi juda-juda qiyin bo'lyapti.  Boshida deyarli har kuni yig'lab borar edi. Yarim yil o'tib sal o'rgangandey bo'ldi. Yaqinda oyimlarnikida 1-2hafta turib bog'chaga bormaganiga yana shu moammo boshlandi. Hozir esa yig'lamasligi uchun yo'lda albatta nimadir olib beraman. Yoki qiziqroq voqealar ertaklar aytib qayoqqa ketayotganini bildirmasdan olib boraman.
Aslida farzandlarimizga o'zimiz ya'ni onalar qaragani ming marta yaxshi. Chunki ularning psihologiyasini nima hohlayotganinni onachalik hech kim bilmaydi. Lekin ishga chiqqanligim sababli bog'chaga berishga majburman.
Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bir. Bog'chada qizim juda ko'p narsalar o'rgandi. Uyda onasidan ham o'rgansa bo'ladi deyishingiz mumkin. Lekin bog'chada tengdoshlari bilan muloqotda bo'ladi. Har hil sharoitlarga o'rganadi. Bog'chaga bormagan paytlari qo'shni qizchalar bilan ham o'ynagisi kelmay, oyijon yuring man bilan kechelya uching deb, faqat man bilan yurardi ko'chada ham.
Eng asosiysi bog'cha opalar tajribali, bolajon bo'lishsa bog'chaga borgan bola ham siz ham qiynalmaysiz. Aksincha bo'lsa bolaning psihologiyasiga, tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Qayd etilgan


JaviK  26 Avgust 2010, 08:01:05

Rahmat javobiz uchun lekin :
Hozir esa yig'lamasligi uchun yo'lda albatta nimadir olib beraman. Yoki qiziqroq voqealar ertaklar aytib qayoqqa ketayotganini bildirmasdan olib boraman.


Bolamizga yoshligidan aldasak keyinchalik bizga ishonmay qo`ysachi. keynchalik boshqa yerga boramiz desa sizga ishonmasachi.

Lekin ishga chiqqanligim sababli bog'chaga berishga majburman.
Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bir. Bog'chada qizim juda ko'p narsalar o'rgandi. Uyda onasidan ham o'rgansa bo'ladi deyishingiz mumkin. Lekin bog'chada tengdoshlari bilan muloqotda bo'ladi. Har hil sharoitlarga o'rganadi.

Bizni buvam katta qilganlar shuning uchun bog`chaga 1 oycha borganman holos. Bog`chada to`g`ri muloqotni, fikrlashi o`sadi lekin bola bu yoshda taqlid qilishga moyil, yangi eshitgan so`zlarini yodlashga qiziqadi. ayrim bolalardan chiqayotgan "Uyatsiz so`zlarni " ham yodlay boshlayddi. Bog`chada bu so`zlar ishlatilmaydi deb hechkim kafolat bermaydi.


 Aksincha bo'lsa bolaning psihologiyasiga, tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Bu bilan bog`chaga bormasa tarbiyasiga salbiy ta`sir etad demoqchimisiz. Agar shunday bo`lsa hato(100%). Men bog`chadan ko`ra uydagi tarbiyani maqullayman.

Shahsiy fikrim.

Qayd etilgan


Billur  26 Avgust 2010, 09:33:13

Aksincha bo'lsa salbiy ta'sir ko'rsatadi deganim bog'cha opalarga qaratilgan. Chunki qizimning birinchi bog'cha opasi juda tajribali,mehribon edi. Qizim ham unga o'rgana boshlaganida bir muammo chiqdi. Ya'ni bog'cha opasi hijobda bo'lganligi uchun Mudira unga echishni buyuribdi. Hijobini echmasa ishlamagin degani uchun u ishdan ketti. O'rniga esa birinchi bog'cha opasining tamoman teskarisi keldiyu......
Lekin hudoga shukr avvalgi hijobli bog'cha opasi 1 yildan keyin yana ishga keldi, ro'molini orqasidan o'rab yurish sharti bilan. Bog'chadan chiqqandan keyin yana hijobini o'raydi...
Hullas sizning uyda, buvijonlar bilan tarbiya topishi haqidagi fikringizni mutlaqo ma'qullayman. Afsuski bizda bu sharoit yo'q. 2ta buvijonisi ham bizdan uzoqda turishadi. Turmush o'rtog'im, men va qizim yashaymiz.
O'zim ham 5 yoshgacha bog'chaga borganman. Shunaqa yoqmasdi. Ayniqsa hammani uhlatganda hech uyqum kelmasdi. Shunda musichalarning ku-kulashi eshitilardi. Tinch bog'chada bu ovoz shunaqa qo'rqitardi mani. Fikrim sharoiti bor onalar o'zlari qarashgani ma'qul.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  14 Sentyabr 2010, 15:54:23

Tunov kuni bir qori akamizni ma'ruzalarini eshtib o'tirsam, juda ajoyib gapni aytib qoldilar.

Axir bolalar piyolaga to'qishtirib ichishni kimdan o'rganayapti?

-Bola loy. Ota-ona kulol. Chiroyli qilib yasasa ko'za bulishi mumkin bumasa garshok bo'ladi, teginmasdan bir chetga qo'ysa kesak bo'p qotib qoladi...


Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2010, 12:56:57

Tunov kuni bir qori akamizni ma'ruzalarini eshtib o'tirsam, juda ajoyib gapni aytib qoldilar.

Axir bolalar piyolaga to'qishtirib ichishni kimdan o'rganayapti?

-Bola loy. Ota-ona kulol. Chiroyli qilib yasasa ko'za bulishi mumkin bumasa garshok bo'ladi, teginmasdan bir chetga qo'ysa kesak bo'p qotib qoladi...



Menimcha kulol loyni urmaydi, SİLAYDİ : )

Qayd etilgan


Abu Muso  18 Sentyabr 2010, 13:15:43

Menimcha kulol loyni urmaydi, SİLAYDİ : )

 :as:

Nafaqat sialydi, g'ijimlab ezadi ham... :D

Qayd etilgan


JaviK  18 Sentyabr 2010, 18:31:54

Menimcha kulol loyni urmaydi, SİLAYDİ : )

 :as:

Nafaqat sialydi, g'ijimlab ezadi ham... :D

Lekin hech bir Kulolni qalbida Loyga nisbatan nafrat bo`lmaydi.

Qayd etilgan