Siz Qanday Duo Qilasiz ?!  ( 51811 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

Zamiraxon  17 Avgust 2010, 23:14:31

Bismillohir rahmonir rohiym.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Forumimizning deyarli barcha a'zosi taqvodor, namozxon, iymoni butun muslim va muslimalar. Barchamiz namozimizdan, tanovulimizdan keyin va boshqa joylarda chiroyli qilib duo qilamiz.
Keling, shu mavzuda barchamiz özimizning öqiydigan duolarimiz bilan baham körsak, örgansak, örgatsak, inshaAlloh duolarimiz maqbul bölsa!

Qayd etilgan

Zamiraxon  17 Avgust 2010, 23:39:22

Mening namozdan keyin öqiydigan duoim:
"Ey Alloh, Parvardigorim, ey Xudo, özingga mingdan ming shukronalar, hamdu-sanolar bölsin. Bergan har bir ne'matingga, osuda kunu-tuningga va shu kunda Sen uchun qilgan ibodatlarimizni Özing nasib etganing hamda bizga ravo körganing, bizni musulmon qilib yaratganingga shukronalar, hamdu-sanolar bölsin.
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga (sav) salomu-salavotlar hamda rahmatlar bölsin. U zotga ergashgan sahobalar, tob'einlar va salafi-solihlarga Özingning rahmatlaring, mag'firatlaring bölsin.
Ota-bobolarimiz, momolarimizning ruhlarini shod aylagin, qabrlarini keng qilib, nurlarga töldirgin.
Ota-onam, aka-ukam, qarindoshlarim va barcha mömin-musulmon bandalaringni Öz panohingda asragin, xidoyat yölini körsatgin va shu yölda sobitu-qoim qilgin. Iymon, e'tiqodimizni kuchaytirgin, taqvomizni baland qilgin. Ibodatlarimizga xuwu' va xuzu'lik, hamda sobitqadamlik ato etgin. Sabr-toqat, kuch-quvvat, iymon-e'tiqodimizdan ayirmagin. Sabr, hayo, iffat liboslari ila burkagin. Xotirimizni jam, könglimizni keng, luqmamizni halol, xulqimizni chiroyli qilgin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz barakali bölsin.
Jahannam azobi, shayton vasvasasi, nafsga qullik va yomon illatlardan hamda qabr azobidan Özingdangina panoh tilovchi, Özingdangina najot istovchi bandalaringni xor qilmagin.
Özing bandam degin,
Payg'ambarimiz ummatim desin,
Tört choryor döstim desin,
Öqigan namozlarimizni dargohingga qabul qilgin, xato va kamchiliklarini Özing kechirgin. Gunohlarimizni mag'firat, duolarimizni ijobat, tavbalarimizni qabul qilgin.
Jannatning Firdavs bog'larida Payg'ambarimiz bilan birgalikda Sening yuzingni körguvchilardan bölaylik, omin Allohu Akbar!

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  18 Avgust 2010, 02:02:20

Amin!

Qayd etilgan

UzMuslim  18 Avgust 2010, 04:00:49

Amin,Amin,Amin...

Qayd etilgan

UzMuslim  18 Avgust 2010, 04:15:45

 :bsm:
Mani Doim O'qiydigan Duoim..

Ey Parvardigoro O'qigan Namozlarimizini O'zing Dargohingda Qabul etgin,Qilgan Barcha Kamchiligu Hatolarimizni O'zin Kechirgin.Ota ONamni,Qarindosh Urug'larimni Barcha Do'stu Brodarlaimni Doim O"z Panohingda Asragin.Man UChun Eng Qadrli Insonimni ham O'zin O'z Panohingda Arasing.Ibodatlarda Sobid Bo'lishlikni Nasib Aylagin,Haromdan Qaytargin,Halolda Rizq Bergin.Kofirlar Hiylasidan,Shayton Vasvasasidan,Nafsga Qullikdan O'zin Asragin.To'ri Yo'lindan Adashtirmagain Allohim,Bracha Mo'minu Muslimlarni Har Hil Baloyu Ofatlardan,suv Balosi,O't Balosidan O"zin Asragin.Qalbimizni Iymon Nuri Bilan Yoritgin.Qalbimizni Ko'r,Be NAMOz Munofiq Bandalrdan qilib Qo'ymagin.
Qabr Azobidan,Jahhannam Azobidan O'zin Asragin,O'tgan Barcha Buvim,Opoqimlarni Ruhlarini Shod Etgin,Borlarini Umrlarini Uzun Qilgin.Ikki dunyo Saodat Eshigini Ochgin.Songi So'zimiz La Ilaha Il Alloh Muhammadun Rasululloh Bo'lishnikni Nasib Aylagin.Qilgan Ojizona duolarimzni O'z dargohingda Qabul etgin...Assalamu Aleykum Va Rahmatullahi Va Barakatuhu..

Amin

Qayd etilgan

Ansora  19 Avgust 2010, 01:02:22

 :bs1:

Ey yer-ko'kning yagona sohibi, Yaratgan Egam...
Yana bo'ynimni bukib huzuringga keldim, eshiklaringni och menga Yo Rabbim...

Allohim, duosi qabul bo'lganlardan ayla, bo'yin bukib duo qila olganlardan ayla...

Avvalo olamlar Sarvari Payg'ambarim Muhammad Alayhissalom boshda bo'lgan holda, butun Payg'ambarlarga salotu-salom bo'lsin...

Bizdan oldin o'tgan barcha-aziz avliyolarga salom bo'lsin...

Vafot etgan, bizdan duo kutganlarni ham rahmatingga ol, Rabbim...

Ota-onalarimizni, aka-uka, singillarim, kelinayalarim va jiyanlarimni salomat ayla, iymonlarini kuchaytir. Shu yolg'onchi, sinov dunyoda hor-zor qilma Yo Rabbim...

Dunyodagi butun Musulmonlarga birlik-barobarlik nasib et.

Yo Rabbim, butun sifatlaring bilan Senga yalvoraman, Bizlarni O'ZİNGga qul ayla, so'ng nafasimizda iymon bilan ketishlikni nasib ayla Rabbim...

Ramazonni qadriga yetib, haqqini berganlar safida bizni Ro'zalarimizni ham qabul ayla Rabbim...

Ey Rabbim SENi eshigingdan boshqa boradigan joyimiz yo'q, SEN'i huzuringdan boshqa bosh egadigan sajdamiz yo'q, faqat SENgina bizlarga huzur, sokinlik berasan....

Gunohlarimizni avf ayla, tavbalarimizni qabul ayla....

Farzandimni ham O'ZİNGni yo'lingda o'sib ulg'ayishida madadkor bo'l Rabbim...

Butun bolalar qatorida meni bolamga ham sog'lik-sihhat ber, meni farzandim bilan imtihon etma Rabbim....

Omin, Omin, Omin....

Qayd etilgan

ibnUyayna  19 Avgust 2010, 01:07:45

Bismillohir rahmonir rohiym.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Forumimizning deyarli barcha a'zosi taqvodor, namozxon, iymoni butun muslim va muslimalar. Barchamiz namozimizdan, tanovulimizdan keyin va boshqa joylarda chiroyli qilib duo qilamiz.
Keling, shu mavzuda barchamiz özimizning öqiydigan duolarimiz bilan baham körsak, örgansak, örgatsak, inshaAlloh duolarimiz maqbul bölsa!

   "Xusnul Muslim" ni tavsiya qilaman.

Qayd etilgan

Robiya  19 Avgust 2010, 01:26:59

:bs1:

Ey Allohim! Ojiz bandang Sendan istig'for tilamoqda.. Ushbu istig'forimizning nuqson kamchiliklari ila qabul et va mag'firatingni darig' tutma!

Sendan boshqa Hamd va maqtovga loyiq emas Rabbim, jamiki maqtovlar Senga bo'lsin!

Bizga Islom irfonidan ta'lim bergan payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salovotu durudlarimiz yetib borsin!

Sahobai kiromlar, ahli bayt, ansoriylar, muhojirlar, butun islom yo'lida jon kechgan bandalaringga Rahmating bo'lsin!

Allohim, har lahzasi fitnali bo'lgan bu dunyo ishlarida bir dam emin qo'yma, O'zing bizni vaqtimizni sarhisob qiladiganlardan qil. Allohim, qalbimdagi Senga oshkor, undanda xayrlilariga yetishtir. O'zingdan begona qilma hech qachon. Jamiki musulmonlar, ular qatorida oila a'zolarim, qarindoshlarim, Sening yo'lingdagi birodarlarimni O'z panohingda asra hamda ularga Nuru jamolingdan bahramand bo'lishni nasib ayla.
Mehribon Allohim, bizdan rahmat, mag'firat, nazaringni darig' tutma..

Hayotda solihlar bilan suhbatdosh qil. Behuda amallar, behuda kishilar davrasidan uzoqda qil. Seni zikringdan, shukringdan chalg'itadigan har ishni bizga yaqinlashtirma.

Ibodatingda qoim bo'lishni va komil iymon ila Seni huzuringga borishni taqdir qilgan bo'lgin!

Yo'lidan adashgan, qalbi Islomga moyillarni Hidoyatingga yo'lla, ularni halovatdan ayirma..

Ey Qodir Allohim, ushbu qilgan duolarimiz ijobatini Sendan tilayman!

Robbano otino fid dunya hasanatav va fil oxirata hasanatav va qino azoban nor birohmatika ya arhamar rohimiyn.. Amiyn..

Qayd etilgan

Chustiy  19 Avgust 2010, 01:41:19

Duoning afzali mahfiysi deyilganimidi yoki bu gap forumdagi duolarga tegishlimasmikan?  ::)

Qayd etilgan

Ansora  19 Avgust 2010, 13:34:28

Duoning afzali mahfiysi deyilganimidi yoki bu gap forumdagi duolarga tegishlimasmikan?  ::)

Chustiy, haqlisiz. Lekin diqqat-nazarimizni orada duoga qaratish uchun ham yaxshi duolarni yozganimiz ma'qulmikan, deb o'ylayman...

Mahfiy duolar serob lekin : )

Qayd etilgan