Türkçe öğreniyoruz  ( 153022 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 20 B


Usmoniy  04 Avgust 2006, 21:37:59

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh

Hurmatli qorindoshlar, ko'ngildoshlar, forumdoshlar,

Forumda Turkiya Turkchasiga qiziqqan do'stlar bormikin, bilmayman. Lek qo'ldan kelguncha Turkiya Turkchasi bilan tegishli ma'lumotni kiritishga harakat qilaman.


Turkiya Turkchasi 1928-yildan e'tiboran Lotin yozuviga asoslangan. Mana mazkur alifbo (Alfabe-Abece)

Turk - O'zbek
Lotin Yozuvlari

A a - A a, O o
B b - B b
C c - J j
Ç ç - Ch ch
D d - D d
E e - E e
F f  - F f
G g - G g
Ğ ğ - G' g'
H h - H h, X x
I ı - İ i (qattiq i)
İ i - İ i
J j - J j
K k - K k, Q q
L l - L l
M m - M m
N n - N n
O o - O o (Turkchada doim olimpiada, avtomat kabi so'zlardagidek, uzoq, cho'ziq a emas.)
Ö ö - O' o'
P p - P p
R r - R r
S s - S s
Ş ş - Sh sh
T t - T t
U u - U u
Ü ü - U u (yumshoq u)
V v - V v
Y y - Y y
Z z - Z z

İkki alifbo ham lotinga asoslangan ammo afsuski o'qib yozganda qiyinchilik chiqaradi. Yo'qsa menimcha ikki til deyarli bir xil.

Bir necha misol:

İnşallah - Insholloh
Yoldaş - Yo'ldosh
Dağ - Tog'
Gün - Kun
Gece - Kecha
Çayhane - Choyxona
Şart - Shart
Ata (Ajdod ma'nasida) - Ota ( Baba mânâsında)
Baba ( Ota ma'nosida) - Bobo ( Dede mânâsında)
Dede ( Bobo, Buva ma'nosida) - Dada ? ( O'zbekchada ishlatilgan so'zmi bilmadim)
vh.

Turkiyada O'zbek alifbosi ishlatilgan bo'lsa;

Istiqlol madhiyasi shunday yozilur edi,

"Korkma sönmez bu şafaklarda yüzen al sancak"

"Qo'rqma so'nmes bu shafaqlarda yuz(g)an ol sanjoq"

Hurmat ila...

Qayd etilgan


zulayxo  05 Avgust 2006, 07:50:01



"Alloh rozi bo'lsin "     "Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin"

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 08:37:54

Assalomu alaykum!

Judayam foydali ishga qo'l uribsiz. O'ylaymanki ko'pchilikka foydali bo'ladi.

Davomini ham kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Usmoniy  05 Avgust 2006, 23:53:42



"Alloh rozi bo'lsin "     "Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin"

Omin ajmoin.
Chin yurakdan rahmat sizga.

Qayd etilgan


Usmoniy  05 Avgust 2006, 23:57:50

Assalomu alaykum!

Judayam foydali ishga qo'l uribsiz. O'ylaymanki ko'pchilikka foydali bo'ladi.

Davomini ham kutib qolamiz.


Va alaykum assalom
Alloh o'zi rozi bo'lsin.
Insholloh davomi keladi.

Qayd etilgan


Usmoniy  06 Avgust 2006, 01:19:06

Fiiller - Fe'llar

Turkiy fe'llar  :) 

Turk - O'zbek

bilmek - bilmoq
okumak - o'qimoq
yazmak - yozmoq
söylemek - so'zlamoq,aytmoq,gapirmoq
demek - demoq
konuşmak - gapirmoq
görmek - ko'rmak
ağlamak - yig'lamoq
anlamak - anglamoq, tushunmoq
düşünmek - o'ylamoq, fikrlamoq
(O'zbek "tushunganda" o'ylamaydi yoki Turk "düşündüğünde" anglamaydi-ku.  :)  :) )
fısıldamak - pichirdamoq
işitmek - eshitmoq
inanmak - ishonmoq, inonmoq
toplamak - to'plamoq
vurmak - urmoq
atmak - otmoq, toshlamoq
("taşlamak - toshlamoq-" Turkchada hajv qilmoq, masxaralamoq)
eğmek - egmoq
eğitmek - tarbiyalamoq
(eğitmek: eg- fe'lidan fe'l yasovchi qo'shimcha bilan...)
temizlemek - tozalamoq ("toza" Turkchada yangi,barra; "tozalamoq" esa yangilamoq.)

Umuman yaqin fe'llarni yozdim yana umuman bunday fe'llar ko'pchilikni tashkil etadi.

Menga qiziqarli narsakim Turkchada qiyin bo'lgan joy O'zbekchada oson yoki buning tom teskarisi. Misol Turkchada O'zbek tiliga nisbatan fe'l ishlatish, birikmalar g'ayat sodda, oson lekin tovish hodisalari, unli uyg'unligi yoki  undosh uyg'unligi vh. qiyinroq...

ŞİMDİKİ ZAMAN - HOZİRGİ ZAMON

çalış-ı-yor-um       ishla-yap-man
çalış-ı-yor-sun      ishla-yap-san
çalış-ı-yor             ishla-yap-di

çalış-ı-yor-uz        ishla-yap-miz
çalış-ı-yor-sunuz  ishla-yap-siz
çalış-ı-yor-lar        ishla-yap-di-lar

Turkchada Hozirgi Zamon qo'shimchasi  "-yor"dir. Bunga ilovatan "-makta/-mekte" va "-mada/mede" ham ishlatiloladi.(-moqta)

Çalış-makta-y-ım   ishla-moqta-man...

"Ölüm indermede gökler, ölü püskürmede yer"    Âkif
"O'lim indirmoqda ko'klar, o'lik purkamoqda yer"  Oqif



Baiznilloh davom etamiz.
Hurmat ila...


Ilova: Butun xato, qusur va nuqsonlarimdan uzr so'rayman.


Qayd etilgan


yabancicek  13 Sentyabr 2006, 01:07:29

Cok güzel olmuş. Teşekkür ederim. Devamını bekliyorum.

Qayd etilgan


Robiya  15 Oktyabr 2006, 03:06:23

Assalomu alaykum!Bu ishni boshlab juda yaxshi ish qilibsizlar.O'zim turk tilini o'rganmoqchi bo'lib yurgandim.Endi muammo yechimi topildi.Buning uchun sizlardan minnatdorman.Albatta davomini kutib qolaman.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2007, 11:03:33

Turkchani o'rganaman deb xursand bo'lgandim.Lekin negadir 15 oktabrdan buyon yangi dars o'tilmayapti.Sayt xodimlaridan shu darsning davomini berishlarini iltimos qilaman.Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


ikbaljohn  09 Fevral 2007, 12:44:20

Yaxshi bo'pti.Ba'zi birovlar Turkcha o'rganish orzusida edilar.Faqat isitmek fe'li xozir Turkiyada uncha ishlatilmaydi.O'shanchun isitmek felini o'rniga duymak fe'lini qo'ysangiz yaxshi bo'lar edi.

Qayd etilgan